Toshkent davlat stomatologiya instituti
Mavzu: Jahonda va O'zbekistonda transplantatsiya tarixi, tajribasi va istiqbollari.
Transplantatsiya — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Qon quyish- transplantatsiyaning alohida turi.
Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Hozirgi buyrak Tranplantatsiyasi juda keng yoʻlga qoʻyilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, endokrin bezlar, oʻpka va boshqa organlarni koʻchirib oʻtqazish maxsus klinikalarda bajariladi.
Jarrohlik doirasida rivojlangan transplantologiyaning haqiqiy ilmiy tarixi 19-asrda boshlangan.
Ma’lumki, tibbiyotning boshqa tarmoqlari qatori jarrohlikning ham taraqqiyoti doimo tabiatshunoslik fanining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. 19-asrning birinchi yarmida tabiatshunoslikning turli sohalari - kimyo, fizika va biologiyadagi yangi kashfiyotlar tabiatning dialektik qarashini, tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar va hodisalar oʻrtasida universal bogʻliqlik mavjudligini tasdiqladi.
Tabiatshunoslikning yirik yutuqlari tibbiyotning barcha sohalariga, jumladan, jarrohlik sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, to'qimalarni transplantatsiya qilish bo'yicha birinchi ishlar paydo bo'ldi. Xullas, 19-asr boshlarida italyan jarrohi G. Varonio (1804) tomonidan qoʻylarga teri koʻchirib oʻtkazish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribalar natijalari eʼlon qilindi; nemis jarrohi F. Reisinger (1818) gavhar transplantatsiyasi bo'yicha birinchi tajribalarni o'tkazdi; nemis jarrohi S. Bunger (1823) rinoplastika paytida klinikada terini ko'chirishni muvaffaqiyatli foydalangan.
Rossiyada 19-asrning boshlarida jarrohlik katta muvaffaqiyatlarga erishdi.Jarrohlik klinikalari ochilib, ular ilmiy-ma’rifiy markazlarga aylandi. Ushbu amaliyot jahonga yuz tuta boshladi fan bo'yicha original mahalliy qo'llanmalar va ilmiy maqolalar chop etildi.Patologik anatomiyaning rivojlanishi tufayli jarrohlik patologiyasi morfologik va fiziologik nuqtai nazardan talqin etila boshlandi. Shu bilan birga, jarrohlik anatomiya bilan chambarchas bog'liq edi. I. F. Bush, I. V. Vuyalskiy, E. O. Muxinning ilmiy yutuqlari. X, X. Salomon, I. V. Rklitskiy umumjahon e'tirofiga sazovor bo'ldi. Plastik va rekonstruktiv jarrohlik sezilarli natijalarga erishdi.
Inson uchun salomatlikdan oliy neʼmat yoʻq. Jisman sogʻlom va ruhan yetuk fuqaro har qanday jamiyatning boyligi sanaladi. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.
Tibbiyotning eng murakkab, oʻta masʼuliyatli va ayni paytda ehtiyoj ortib borayotgan yoʻnalishlaridan biri transplantologiya, yaʼni inson organlari va toʻqimalari (hujayralari)ni transplantatsiya qilish masalasi bugungi kunning muhokamali va oʻz yechimini kutayotgan muammolaridan biridir.
Oʻzbekiston Prezidentining shu yil 4-oktyabrdagi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan xirurgiya xizmatini yanada takomillashtirish, tizimning moddiytexnik bazasini mustahkamlash, yurtimizda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish kabi qator masalalarga yechim topildi.
Besh yil oldin bu masala juda ham murakkab edi. Aniqrogʻi, Oʻzbekistonda transplantatsiya mumkin boʻlmagan, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh transplantologi Poʻlat Sultonov. — Mutaxassislar ham yetishmasdi. 2017-yilga qadar yurtimizda jigar transplantatsiyasi umuman oʻtkazilmagan. 2017-yildan bugungi kunga qadar V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy markazida 10 ta jigar transplantatsiyasi, 600 tadan ortiq buyrak operatsiyasini oʻtkazdik. Natijalar yaxshi.
Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida bolalarga buyrak transplantatsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. 13-14 yoshgacha boʻlgan besh nafar bolada buyrak transplantatsiyasi oʻtkazildi. Ular orasida xorijlik bolalar ham borligi yurtimizda jarrohlik amaliyoti sifatli va yuqori saviyada oʻtkazilayotganidan dalolat beradi.
Ayni paytda yurtdoshlarimiz chet elga borib operatsiya qildirishga muhtoj boʻlmayotgani, transplantatsiya amaliyoti va undan keyingi davolash jarayoni shu yerning oʻzida muvaffaqiyatli oʻtkazilayotgani quvonarlidir.
Maʼlumotlarga koʻra, bugun Oʻzbekistonda oʻn minglab bemorning organ va toʻqimalar transplantatsiyasiga ehtiyoji bor. Xususan, buyrak transplantatsiyasiga 3,5 minggacha, jigar transplantatsiyasiga 2 minggacha, yurak transplantatsiyasiga 700-1000 gacha, oʻpka transplantatsiyasiga 500 gacha bemor muhtoj. Navoiy, Samarqand, Xorazm, Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Namangan va Surxondaryoda shunday operatsiyalarni oʻtkazishga muvaffaq boʻlindi
Kelgusida bunday amaliyotlar Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, kelgusida bu kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish yurtimizning turli hududlarida yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa aholining ovora boʻlib, xorijdagi klinikalarga shifo istab borishlariga chek qoʻyadi.