330
CHET TILINI INTENSIV O‘QITISHNING AFZALLIKLARI
B.Qahhorov (Sam DCHTI magistranti)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi
kun yoshlarini har tomonlama
mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni
chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar
sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masaladir. Shu sababli,
yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan bilimlaridan kelib chiqib
tajribasini oshirishdan
to‘xtamasligi lozim”[Mirziyoyev, 56].
Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "CHet tillarni o‘rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim muassasalarida
xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan
avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda. Bu soxada zamonaviy lingvistik
tadqiqotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash aloxida axamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘lida
yangicha yondashuv tizimi joriy etildi.Shubhasiz,bu islohotlarning markazida talabani
ta’lim jarayonining sub’ekti-faol ishlovchisiga aylantirish yotadi.Nemis tili darslarini
intensiv o‘qitish davomida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalar yana bir karra
o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, ijodiy
tafakkur va yaratuvchanlik, ya’ni har bir
darsga nisbatan ijodiy yondashuvni ta’minlashiga mustahkam zamin yaratadi. Zamonaviy
o‘qitish metodlarini darslarda to‘g‘ri tadbiq etish – yoshlarning zamonaviy texnika va
texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda fikriy teranlik, mantiqiy
saviyaning yuqoriligi, ziyraklik, etuk mushohada layoqatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan zamonaviy an’anaviy metodga aylanib borayotgan “Aqliy hujum”, “Bumerang”,
“Charxpalak” Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni
dars jarayonida, darsdan
tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab
qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga
ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni
baholay olishga qaratilgan.
Kartochka Ushbu mashg‘ulot talabalarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu
bo‘yicha yakka holda fikrlash hamda o‘zlashtirilgan
bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan
fikrlarni umumlashtira olish qobiliyatini aniqlaydi
Xotira tex. Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni o‘tilgan mavzularni yodga
olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va
o‘z – o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha
talaba (yoki o‘quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Bu yangi pedagogik texnologiyalar o‘qitish sifatini oshirishni ta’minlaydi. Hozirgi
kunda bir qator metodlar
ham kirib kelmoqdaki, ulardan qay birini tanlab foydalanish
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. Masalan “bevosita metod” orqali
o‘quvchi biror chet tilini vositachi tilsiz, ya’ni ona tili yordamisiz o‘rganadi. Bunga
poydevor assosiativ metoddir.Ma’lum tushuncha va tovushlar ma’lum mazmun bilan
mustahkam bog‘lanadi.
Til keng qamrovli hodisa bo‘lganrligi tufayli chet tili jarayonida turli didaktik
o‘yinlardan foydalanishga imkoniyat katta. Ularning turlarini quyidagicha ajratamiz: o‘yin
maqsadlarga ko‘ra: a) til materiallarini o‘zlashtirish va uni nutqda qo‘llash
uchun
ko‘nikmalarni shakllantirish: leksik o‘yinrlar, grammatik o‘yinlar va fonetik o‘yinlar; b)
nutqiy malakalarni shakllantiruvchi o‘yinlar: tinglab tushunish, dialog va monolog nutq
331
malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar, o‘qish turlari (ovoz chiqarib o‘qish, matnning asosiy
va to‘liq mazmunini tushunib o‘qish) bo‘yicha nutqiy malakalarni taqomillashtiruvchi
o‘yinlar, yozuv malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar; s) nutqiy ko‘nikma va malakalar
darajasini aniqlashga mo‘ljallangan o‘yinlar; d) o‘quvchilarning umumiy dunyoqarashini
kengaytiruvchi, xususan, mamlakatshunoslikka oid bilimlarni boyitishga qaratilgan bilimlar.
Bundan
tashqari, grammatik o‘yin turlaridan foydalanish ham talabalarning bilim
saviyasini yanada oshiradi. Masalan:
-gaplarning bir zamon shaklidan boshqa zaman shakliga o‘tkazish;
-berilgan nutq namunasi yoki ma’lum bir grammatik hodisani iloji bo‘richa ko‘proq
qo‘llab rasm chizish;
-ma’lum grammatik material asosida savol-javob shaklidagi o‘yin;
-gaplarda ataylab yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash;
-berilgan so‘zlardan gap tuzish;
-nuqtalar o‘rniga muvofiq predloglarni qo‘yish
-ma’lum grammatik materialga asoslangan “davra” o‘yini.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, chet tilini o‘rganish o‘zga dunyo bilan
tanishish imkoniyatini tuhfa etar ekan, bu imkoniyatdan o‘z vaqtida oqilona foydalanishning
eng samarali uslublarini qo‘llash hamda ulardan maqsadimiz yo‘lida
oqilona foydalana
olishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Didaktik o‘yinlardan foydalanish: chet tili
o‘qitishning amaliy tarbiyaviy vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Talabalarning chet
tilida muloqot qilishiga nisbatan psixologik salbiy kechinmalari, his-hayajonlarini
yo‘qotishga imkon beradi va mustaqil fikrlashga, nutq faoliyatlarini tezlashtirishga undaydi.
Umuman olganda chet tilini intinsiv o‘qitish tilni tezroq o‘rganishiga imkon beradi va dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi.