Mavzu: Energetika iste’molini bashorat qilish usullari va iqtisodiy samadorligi
Reja:
1. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish
2. “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
3. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirishni jadallashtirish,
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasi va neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
2020-yil 1-avgustdan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1 MVt gacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan, oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish boʻyicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi isteʼmolchilari darajasida belgilanadi;
sanoat koʻlamidagi (1 MVt yoki undan ortiq) qayta tiklanuvchi energiya manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni aniqlash shaffof auksion (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi;
2020-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVAgacha boʻlgan quvvatda ulangan hamda qoʻshimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi isteʼmolchilar (Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha) uchun tungi davr – sutkaning qorongʻi davrida (yagona elektr energetika tizimining soat 22.00 dan 24.00 gacha va soat 00.00 dan 06.00 gacha boʻlgan minimal yuklamalar soatlarida) foydalanilgan elektr energiyasi boʻyicha hisob-kitoblarda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamaytirish koeffitsiyenti qoʻllaniladi;
yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov kiritish toʻgʻrisidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda potensial investorlarni jalb qilish masalasini oʻrganish uchun axborotni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish hamda foydalanish mumkin boʻlgan boshqa rasmiy usullar yordamida tarqatish, shu jumladan, biznes-tadbirlarda ishtirok etish va xorijda “road-show”lar oʻtkazish orqali tizimli asosda, biroq yiliga kamida bir marotaba belgilangan quvvati 1 MVt gacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar portfelini shakllantiradi.
2. Quyidagilar:
3,3 milliard kVt soat elektr energiyasi, 2,6 milliard m3 tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020–2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Dostları ilə paylaş: |