Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi Qilichev Nodirbek Sherzod o‘g‘li “O’zbekistonda jahon andozalari asosida zamonaviy binolar loyihalarini qurishga joriy etishning ahamiyati”(Zamonaviy bino maketini yasash) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
RAHBAR XULOSASI
Bitruv malakaviy ishida Chizmachilik darsida murakkab qirqimlarni tushuntirishda o‘quvchilar duch keladigan ayrim qiyinchiliklarni hal qilish va o‘quvchilarni chizmachilikdan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va chizmachilikga qiziqishni oshirish ko‘zda tutilgan. O‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli foydalanish maqsadida amaliy ishga tog‘ sharoitida temir yo‘lni loyihalashtirishda milliylikning ahamiyati mavzusini o‘qitish metodikasi oid masalarda talabalarning bilim olish qobiliyatini faollashtirishga xizmat qiluvchi individual topshiriqlarning sifatini yanada yaxshilash va shu asosda talabalarning bilim olish qobiliyatini shakllantirish lozimligi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida “O’zbekistonda jahon andozalari asosida zamonaviy binolar loyihalarini qurishga joriy etishning ahamiyati”(Zamonaviy bino maketini yasash) mavzusiga oid masalalar tuzishning o‘ziga xos prinsiplari, murakkablik darajasidagi maket ishlashni ahamiyati, ijodkorligini shakllantirish, mustaqil ishlarini tashkil qilish masalalari qaratilgan va bu o‘rinli. Bu esa o‘qitish jarayonida talabalarning bilish qobiliyatlarini faollashtirishga katta yordam beradi. Qilichev Nodirbek Sherzod o‘g‘li tomonidan taqdim etilgan “O’zbekistonda jahon andozalari asosida zamonaviy binolar loyihalarini qurishga joriy etishning ahamiyati”(Zamonaviy bino maketini yasash) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuqorida keltirilgan vazifalarni ijobiy yechimiga bir yechim bo‘lib xizmat qiladi.
BMI Kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bo‘lib, kirish qismida mavzuning dolzarbligi keltirilgan, adabiyotlar tahlil qilingan, tadqiqotning maqsadi va vaszifasi hamda ob’ekti va predmeti, metodlari nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
Ishda kuzatilgan ayrim orfografik va stilistik hatolar ishning umumiy mazmuniga va uning yuqori baholanishiga ta’sir qilmaydi.
Qilichev Nodirbek Sherzod o‘g‘li yuqorida nomi qayd qilingan mavzudagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya qilish mumkin.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik” fakulteti Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi v.b.dotsent
|
N.N.Achilov
|
Dostları ilə paylaş: |