Choynak yopqichi va tagligi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177096
  1   2   3
1-Amaliy


MAVZU:TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI. TIKUVCHILIK BUYUMLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT BERISH, ULARGA FASON VA GAZLAMA TANLASH, ANDAZA TAYYORLASH, ANDAZAGA FASON CHIZIQLARINI KIRITISH TEXNOLOGIYASI.
QIZ BOLALAR UCHUN OSHXONA FARTUGI VA RO’MOLI UCHUN ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH.
CHOYNAK YOPQICHI VA TAGLIGI UCHUN ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH.
Xavfsizlik texnikasi - mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Tikuvchilik darslarida tikuv mashinalari, dazmollar va qo‘l asboblarini ishlatayotganda qo‘lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazolar natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi sani­tariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi qoi­dalari talablariga javob berish kerak. Xonaning harorati 19- 21°C bo‘lishi lozim. Xona o‘z vaqtida shamollatib turiladi. Xonaning havosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda ventilatordan foydalanib, almashtiriladi. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish tarmoqlari yordamida isitish lozim.
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi yaxshi yoritilishining muhim ahamiyati bor. Yoritish yaxshi bo‘lmasa, mehnat qobiliyati pasayadi, ko‘z toliqadi va shikastlanishi mumkin. O‘quvchilarning mehnat qobiliyatlari yanada yaxshi bo‘lishi uchun xonalarni quyosh tushishiga qarab och ranglarga bo‘yash kerak.
Ish joylari yoniga o‘ziga mos bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari osib qo‘yiladi. Xonada birinchi yordam ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan dori quti, albatta, bo‘lishi kerak. Dori qutisi yonida eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin