Choynak yopqichi va tagligi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish


Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177096
1   2   3
1-Amaliy

Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak:
Dazmolni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirilishi, ulashda va uzishda qo‘l quruq bo‘lishi kerak.
Elektr dazmol qiziganini barmoq tegizib tekshirmaslik kerak.
Elektr dazmol qizib ketishiga, simining aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas.
Dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek bo‘ladi).
Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
Dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Dazmol, shtepsel rozetkasi, vilka nosoz bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektrmontyorni chaqirish kerak.
Dazmol bilan ishlayotganda oyoq tagida rezina to‘shama bo‘lishi lozim.
Ish tugagandan keyin dazmol shnurini elektrdan uzib qo‘yish lozim.
Dazmolning elektr quvvatiga ulaydigan simlari nosoz bo‘lsa, usta chaqirib sozlatiladi.
Dazmolni tik holda qo‘yish yoki maxsus taglik ustiga qo‘yish lozim.
Dazmolni aslo yoqilgan holda qoldirmaslik kerak.
 
Prеssdа ishlаydigаnlаr quyidаgilаrgа riоya qilishlаri kеrаk:
Ish bоshlаshdаn оldin ish o’rni tаyyorlаb оlinаdi, prеssning ishgа yarоqliligi tеkshirib ko’rilаdi. Buzuq prеssdа ishlаsh mа’n etilаdi. Prеssdа ishlаyotgаndа qo’lni prеss yostiqlаri оrаsidа qоlishidаn ehtiyot qilinаdi. Ishlаyotgаn prеssni nаzоrаtsiz qоldirib bo’lmаydi. Ish tugugаch prеssni to’хtаtib, ish o’rnini yig’ishtirib qo’yish kеrаk.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quruq va ozoda bo‘lishi kerak. Devor va mebellarning rangi gigiyenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo‘yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun‘iy jihatdan yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak.
Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o‘rindiqlar qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasida yana ko‘zgu va kiyimilgichlar hamda kiyib ko‘rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.
Asbob-uskunalar, jihozlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi.
Ustaxonada, albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar bilan ta‘minlangan dori qutisi bo‘lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko‘rsatmalar ko‘rinadigan joylarga yozib qo‘yiladi va o‘rnatiladi:
Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘zlar
Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina
“Texnologiya” fani mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovqin ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12-15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stendlar bilan jihozlanib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin.
Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi. Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli xalqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. “Texnologiya” fani xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyimida bo‘lishi talab etiladi.
Rasmda berilgan fartuklar uchun 70 sm paxta tolali gazlama sarf bo‘ladi.
Choynakpo'sh tikish uchun qalpoq tikmoqchi bo'lgan choynagimiz aylanasi va balandligini o'lchab olamiz.
Olingan o'lchamlar bo'yicha quyidagicha qilib hisob chiqariladi:
(Choynak aylanasi + 6) : 2 = Andoza kengligi
Choynak bo'yi + 3 = Andoza bo'yi
Hisobda chiqqan raqamlar asosida andoza chizib tayyorlab olinadi.
Bichiladigan detallar:
2 ta detal asosiy matodan ustgi qismi;
2 ta detal issiq saqlovchi matodan (Vatin, qavilgan paxta yoki qavilgan sintefon) oraliq qismi;
2 ta detal astar qismi bichiladi.
Astar qismi albatta tabiiy tolali matodan bichilishi shart. Issiq haroratda sun'iy tolali mato erib ketishi mumkin.
Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin