38-Mavzu: To’g’ri burchakli to’lqin. Reja: To’lqin qarshiligi



Yüklə 85,29 Kb.
tarix04.10.2022
ölçüsü85,29 Kb.
#64534
38-mavzu


38-Mavzu: To’g’ri burchakli to’lqin.
Reja:

  1. To’lqin qarshiligi.

  2. To’lqin chastotasining ishchi kuchini tanlash.

Detsimetrli va santimetrli diapazonlarda asosan yopiq turdagi uzatish liniyalari qo’llaniladi. Bu liniyalarda barcha energiya tashqi muhitdan metall qobiq bilan ajratilgan bo’ladi.
Koaksial, to’g’ri burchakli, aylanali va ellipssimon to’lqin o’tkazgichlar keng qo’llaniladigan yopiq turdagi asosiy uzatish liniyalaridir.
Yo’naltiruvchi tizimlarda T sinfli to’lqinlar (ko’ndalang elektromagnit to’lqinlar), H sinfli to’lqinlar (magnit to’lqinlar), E sinfli to’lqinlar (elektr to’lqinlar) tarqalishi mumkin. Shuni qayd etib o’tish kerakki, T sinfli to’lqinlar faqat bir-biridan ajratilgan (o’zgarmas tok energiyasini uzatsa bo’ladigan) ikkita o’tkazgichga ega yo’naltiruvchi tizimlarda tarqaladi.
Har qanday yo’naltiruvchi tizimda E va H turkumlariga mansub to’lqinlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lishi mumkin. Ularning miqdori li ishchi to’lqin uzunligini tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Ammo to’lqin uzunliklarining shunday bir sohasi mavjudki, unda to’lqin tarqalmaydi. Bu rejim ajratilgan rejim deb ataladi va unda li to’lqin uzunligi qiymati asosiy turga mansub to’lqinining lkr kritik uzunligiga teng va undan katta qiymatlarga ega bo’ladi. (l³ lkr) bo’ladi. Maksimal kritik uzunlikka ega bo’lgan to’lqin to’lqin o’tkazgichdagi asosiy to’lqin deb ataladi. To’lqin o’tkazgichni to’ldiruvchi materialning nisbiy dielektrik singdiruvchanligini hisobga olgan holda to’lqinning ishchi uzunligi quyidagi shartdan keltirib chiqarilishi lozim
(38.1)
bu erda l - generator to’lqinining uzunligi (erkin fazodagi to’lqinning uzunligi).
Havoda e = 1 va l= l.
38.1 va 38.2-rasmlarda to’g’ri burchakli va aylanali to’lqin o’tkazgichlarda H10 va N11 turiga mansub asosiy to’lqinlar uchun, 38.3-rasmda esa – koaksial to’lqin o’tkazgichda T sinfli to’lqin uchun elektr va magnit maydonlarining oniy tarqalish manzaralari keltirilgan. Bu rasmlarda «bizdan» ketayotgan kuchlanish chiziqlari krestchalar bilan, «bizga» qarab keluvchi chiziqlar esa – doirachalar bilan ko’rsatilgan.


38.1-rasm
H10 to’lqin tuzilishi

38.2-rasm
H11 to’lqin tuzilishi

38.3-rasm
T to’lqin tuzilishi

Bir to’lqinli rejimda to’lqin o’tkazgichdagi to’lqin qarshiligi Zt, faza vf va guruh vgr tezliklari hamda to’lqin uzunligi L miqdorlarini quyidagi formulalar bo’yicha hisoblash mumkin:
- to’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgich uchun:
(38.2)
(38.3)
(38.4)
(38.5)
- koaksial to’lqin o’tkazgich uchun:
(38.6)
(38.7)
(38.8)
(38.9)
bu erda c – vakuumdagi yorug’lik tezligi;
a – to’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgich keng devorining ichki o’lchami;
b – to’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgich tor devorining ichki o’lchami;
D – koaksial kabel to’qimasining ichki diametri;
d – koaksial kabel asosiy simining tashqi diametri.
To’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgichdagi to’lqin uzunligi L erkin fazodagi to’lqin uzunligi l dan kattaligi quyidagi oddiy fizik holat bilan izohlanadi. Elektromagnit to’lqinlar to’lqin o’tkazgichda uning devorlariga urilib qaytishi natijasida tarqalib (38.4-rasmga qarang), to’lqin fronti bir vaqtning o’zida to’lqinning tarqalish yo’nalishi bo’ylab li va L masofalarni bosib o’tadi.

38.4-rasm. To’lqin o’tkazgichdagi to’lqin uzunligi tushunchasi
38.5…38.7-rasmlarda to’g’ri burchakli, aylanali va koaksial to’lqin o’tkazgichlar uchun li shkalasi bo’yicha to’lqinlar kritik uzunliklarining taqsimlanishi keltirilgan.


38.5-rasm
Tog’ri burchakli to’lqin o’tkazgichdagi to’lqinlar

38.6-rasm
Aylanali to’lqin o’tkazgichdagi to’lqinlar

38.7-rasm
Koaksial to’lqin o’tkazgichdagi to’lqinlar

Bir to’lqinli rejim holatida to’lqin o’tkazgich bo’ylab asosiy to’lqin tarqaladi. 38.5-rasmdan ko’rinib turganidek, kritik uzunligi lkrH10=2a bo’lgan H10 to’lqin to’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgich uchun asosiy to’lqin hisoblanadi. To’g’ri burchakli to’lqin o’tkazgichda oliy tartibdagi birinchi to’lqin – kritik uzunligi lkrH20=a bo’lgan H20 to’lqinidir. Binobarin, bir to’lqinli rejim quyidagi shart bajarilgan holda kuzatiladi:
a < l < 2a. (38.10)
Aylanali to’lqin o’tkazgich (38.6-rasm) uchun N11 to’lqini asosiy to’lqin (lkrH11=3,41R), E01 to’lqini esa – oliy tartibdagi birinchi to’lqin (lkrE01=2,61R) hisoblanadi. SHunday qilib, bir to’lqinli rejim quyidagi shart bajarilgan holda kuzatiladi:
2,61RKoaksial to’lqin o’tkazgichda (38.7-rasm) T turkumiga mansub to’lqin asosiy to’lqin (lkrT=¥), kritik uzunligi lkrH11»p(D+d)/2 bo’lgan H11 to’lqini esa – oliy tartibli birinchi to’lqin hisoblanadi. Demak bir to’lqinli rejim quyidagi shart bajarilgan holda kuzatiladi:
p(D+d)/2< l < ¥. (38.12)
Amalda, odatda, nisbatan uzun to’lqinlar, ya’ni asosiy turga mansub to’lqinning kritik uzunligiga yaqin sohada yutilish ko’p bo’lganligi uchun, to’lqinning ishchi uzunligi miqdori to’lqinning kritik uzunligidan 20...30% kam olinadi.
Yüklə 85,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin