CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
8
SELLAR HOSIL BO‘LISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI
Karimov I.E.
1
Samatova N.R.
2
Burxonov Elnur
3
https://doi.org/10.5281/zenodo.7145964
Annotatsiya.
Sel toshqinlari jarayonlarining turini farqlash, eroziya-siljituvchi
sel oqimi, sochilgan sel hosil bo‘lish o‘chog‘i, qoyali sel kuluarlari va jarliklar
haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Hamda sel havzasi doirasida ajralib turadigan
elementlar haqida, sel toshqinlarining geografik tarqalishi, O‘zbekistonda sel
toshqinlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.
Kalit so’zlar:
sel, eroziya-tashuvchi, eroziya-siljituvchi, jala, muzlik, kuluar,
glyatsial, ko‘l, sel toshqinlari, sellar yilnomasi, yomg‘ir, qor.
Аннотация.
Состояние данных о дифференциации типа паводковых
процессов, эрозионно-смещающего паводкового становления, рассеянного
очага паводка, скальных кулуаров паводка и оврагов. Также по поводу
бассейнов пойм, загруженных поймами, обсуждалось качество причины
пойм в Узбекистане.
Ключевые
слова:
паводок,
эрозионно-несущий,
эрозионно-
перемещающий, сели, ледник, кулуар, ледниковый, озерный, паводок,
паводковая летопись, дождь, снег.
Annotation.
Information on differentiating the types of flood processes, erosion-
displacement flood flow, scattered flood formation center, rocky flood couloirs
and ravines is presented. It was also discussed about the different elements
within the flood basin, the geographical distribution of floods, and the factors
that caused the occurrence of floods in Uzbekistan.
Keywords:
flood, erosion-carrying, erosion-shifting, torrent, glacier, couloir,
glacial, lake, flash floods, flood chronicle, rain, snow.
Ma‘lumki, sel toshqinlari deganda, daryo havzasiga yog‘gan jala yomg‘irlar
natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez sur‘atlarda ortishi va
shunday keskin kamayishi tushuniladi. Sel toshqini o‘zining qisqa muddatliligi,
oqim hajmining nisbatan kattaligi hamda qulay gidrometeorologik sharoitlarda
ayni bir daryo yoki soyda butun yil davomida kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
Sel toshqinlari jarayonlarining 3 turini farqlash lozim: eroziya-tashuvchi,
eroziya-siljituvchi va siljituvchi. Ushbu turlarning birinchisi suv-oqiziqlar
oqimlarining paydo bo‘lishi va o‘tishi bilan bog‘liq, qolgan ikkitasi yuqori
zichlikka ega loyli va loy-toshli oqimlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Ushbu
har uch turdagi jarayonlar o‘zini xavfli tarzda namoyon etishi bilan ma‘lumdir
Eroziya-tashuvchi sel jarayoni. Yetarli darajada yaxshi o‘rganilmagan. Suv
oqiziqli sel oqimlari xususiyatlarini o‘rganish, jala yomg‘irlardan bo‘lgan
toshqinlar, yomg‘ir suvlarining yer yuzasida shakllanishi, suv to‘plash
Dostları ilə paylaş: |