Mavzu: Model va uning turlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o‘quvchilarga obyekt, obyektning tavsifi va tavsif qiymati, model turlari, matematik model va modellashtirish jarayoni haqida ma’lumot berish, ularda masalaning mohiyatiga qarab model tanlash ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy – o’quvchilarga olinayotgan axborotning insonning bilim va ma’naviy boyliklarning yuksalishiga ta’sirini tushuntirish va teran fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Uslub: aralash
Shakl: jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: darslik, kompyuter, buklet, elektron resurslar
Nazorat: og’zaki, savol-javob, muhokama
Baholash: rag’batlantirish
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish. Fanga oid internet yangiliklari bilan tanishish.
O’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini o’rganish hamda uy vazifalarini nazorat qilish.
II. O’tilganlarni takrorlash:
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari yuzasidan suhbat
III. Yangi mavzu bayoni:
Bizni qiziqtirayotgan va o'rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari, maktabingizdagi kompyuterlar obyektlarga misol bo'ladi. Bir turdagi o'rganilayotgan obyektlar o'zining xususiyatlari - tavsifiga ega bo'ladi. Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi. Masalan, o'rganilayotgan kompyuterlar nomli obyektlarning tavsifi: ishlab chiqargan firma nomi, asosiy plata markasi (motherboard), protsessor nomi, protsessor tezUgi (CPU), vinchester sig'imi, tezkor xotira (RAM) sig'imi, videoxotira sig'imi bo'lsa, aniq kompyuterning tavsif qiymati: ishlab chiqargan firma nomi FUJITSU SIEMENS, asosiy plata markasi D1170, protsessor nomi Pentium ГѴ, protsessor tezligi 3,06 Ggers, vinchester sig'imi 160 Gbayt, tezkor xotira sig'imi 1 Gbayt, videoxotira sig'imi 512 Mbayt.
Agar o'rganilayotgan obyektlar sayyoralar bo'lsa:
Sayyoralar tavsifi
|
shakli
|
og'irligi
|
radiusi
|
aylanish tezligi
|
Yer uchun tavsif qiymat
|
sharsimon
|
5976-1021 kg
|
6378 km
|
30 km/sek
|
Koptok nomli obyekt uchun:
Koptoklar tavsifi
|
shakli
|
og'irligi
|
radiusi
|
materiali
|
Oddiy koptok tavsif
qiymati
|
sferasimon
|
2,2 kg
|
15 sm
|
rezina
|
Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o'rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaq-moqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to'g'ridan-to'g'ri o'rganishning iloji bo'lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to'liq javob berishi kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |