3.5. YEVROPADA ISLOM DINI
Dars o‘uv maqsadi: Magistratura talabalariga Yevropa davlatlarida
islomning ta'siri, Yevropaning ilk musulmonlari, Yevropada musulmon
axolisining o„sish omillari, to„g„risida batafsil ma‟lumotlar berish.
Tayanch iboralar: Yevropa davlatlarida islom, zamonaviy
Yevropada islom tarixi, Yevropalik musulmonlar soni, Yevropada
musulmon axolisining o„sish omillari.
Reja:
1. Yevropa davlatlarida islomning o„rni.
2. Zamonaviy Yevropada islom tarixi.
3. Yevropalik musulmonlar soni.
4. Yevropada musulmon axolisining o„sish omillari
Hozirgi kunda islom dini Yevropada tabiiy holatga aylangan.
Yevropaning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanuvchi Fransiyada islom
asosiy dinga aylandi, bu yerda Yevropadagi eng ko„p sonli musulmon
jamoasi joylashgan bo„lib, ularning miqdori 6 mln dan ko„proqni tashkil
qiladi (Germaniyada - 4,5 mln, Buyuk Britaniyada – taxminan 3 mln,
Italiyada -1,5 mln, Ispaniayada -1mln Niderlandiyada -1 mln Avstriya,
Shvetsiya va Norvegiayada 1 mln dan ko„proq).
Statistik ma‟lumotlarga qaraganda, islom – oxirgi 100 yil ichida
tarafdorlari 13 dan 19,5 foizga ko„paygan yagona dindir. Agar Yer
sayyorasida dinga e‟tiqod qilmaydiganlar soni oshib bormaganda edi,
o„tgan yuz yillikni islom va musulmonlar asri deb yuritish mumkin.
Islom o„sishining ko„p qismi Yevropa davlatlari va AQShga to„g„ri
keladi.
Taxminan XX asr o„rtalarigacha Yevropa va AQSh faqatgina
xristian axolili davlatlar edi. Avval islom faqat Albaniya, Bosniya,
Kosovo, Turkiyaning yevropa qismida, Bolgariyaning janubida va
Qrimda o„rin egalladi. Yevropaning boshqa qismida va AQShda
musulmonlar kam sonli edi, islom esa noodatiy-ekzotik din sifatida
qabul qilingan.
Bu davlatlarda musulmonlar sonining oshishiga ilk qadamlar
Ikkinchi jaxon urushidan shakllana boshlandi. Yevropa davlatlari va
AQSh urushdan keyingi iqtisodiyoti tashqi ishchi kuchi oqimiga muxtoj
edi. Buning yechimi islom diniga e'tiqod qiluvchi Osiyo va Afrika
davlatlari emigrantlarida topildi.
Yangi kelgan musulmonlar, qoidaga ko„ra bir biriga yaqinroq
yashashga va bu bilan kuchli, etnokonfessional jixatdan birlashgan
jamoaga aylandi. Yangi davlatlar fuqaroligini olib ular AQSh va
Yevropa kontinentiga kelgan vatandoshlarini unutmadilar. O„z o„rnini
egallab bo„lgan musulmonlar o„z qarmdoshlari va vatandoshlarini taklif
qilib, ularga uy-joy, fuqarolik va ish topishda yordam berdilar. Ilk
emigrantlar notanish muxitga tushib, maxalliy an‟analarni o„zlashtirib,
qolgan axoli bilan birlashishga xarakat qildilar. Biroq musulmon
emigrantlar soni ortib borgan sari ular o„z madaniyati, tili va albatta
dinini qo„llab quvvatlashga intila boshladilar. Yangi sharoitlarda
musulmonlar demografik qadriyatlarni saqladilar va ularning oilalari
ko„paya boshladi. Shimoliy Afrika davlatlarida masalan, tug‟ilish
fransuz yoki nemislarga qaraganda ko„proq. Fransiya yoki Germaniyada
tu?ilgan xar bir bola esa avtomatik tarzda shu davlat fuqarosiga
aylanadi.
Oxirgi ming yillikda Fransiya respublikasida musulmonlar soni
1945 yilga nisbatan 4 milliondan oshib ketdi. XIX asr o„rtalarida
Fransiyada birinchi masjid qurilgan bo„lsa, xozirda ularning soni 3
mingtaga yetgan. Yangi masjidlar qurilishiga Saudiya Arabistoni xar yili
millionlab franklar xayriya vositalari ajratadi.
Hisob-kitob ma‟lumotlari bo„yicha: 150 dan ortiq masjidlar
qurish dasturlari bugungi kunda amalga oshirishning har xil darajasida
turibdi, anchagina qismi hozirgi kunda barpo etilayotgan bir paytda
Fransiyada katolik cherkovi so„nggi 10 yil ichida atigi 20 ta
ibodatxonani bunyod etdi. Buning ustiga-ustak shu davr ichida cherkov
60 ta ibodatxonani berkitishga majbur bo„ldi, ularning ko„pchiligi yaqin
kelajakda masjidlarga aylanadi yokida shunday inshootlarga aylanib
bo„lgan.
Fransiya musulmonlar majlisi, kengashi prezidenti Muhammad
Mussavi 2011-yilning avgust oyida RTL milliy radiostansiyasidagi
intervyuda masjidlar bo„yicha ma‟lumotlar berdi. Fransiyadagi masjidlar
soni oxirgi 10 yil ichida ikki barobarga ortdi hamda bugungi kunda 2
mingtadan oshdi. Ular ichidagi eng yangisi 2 ming nafar toat-ibodat
qiliuvchilarga mo„ljallangani oldingi Ramazon oyida Strassburgda
ochildi. 7 ming nafar odam sig‟adigan masjid tez orada Marsel shaharida
ochilishi kerak, mazkur shaharda aholining 25 % ini musulmonlar
tashkil qiladi (250 ming nafar).
Hozirda
o„ng
siyosatchilar
mamlakatga
musulmonlarning
emmigratiyasini ta‟qiqlash to„g„risida hamda Faransiya bo„ylab
islomning tarqalishi yokida uning hududida masjidlar qurilishini
cheklash bo„yicha gapirishlaridan ma‟no-mantiq yo„q.
Hozirda Marin Le Pendan boshlab hamda Prezident Sarkozigacha
bo„lgan fransuz siyosatchilari prezidentlik saylovlari chog„ida ,,islom‟‟
mavzusidan foydalangan holda musulmonlarning ko„chalarda namoz
o„qishlarini hazm qilib bo„lmaydi deya ta‟kidlab, ovozlar to„plashga
urinishmoqda.
Yokida
ularni
iste‟lochilar
deb
atashmoqda.
Musulmonlarni bunday tarzda chiqishtirmaslik orqali siyosatchilar
qandaydir ko„zga ko„rinarli natijaga erisha olishlari amrimaholdir.
Bunday holat islomga e‟tiqod qiluvchilarning alamzadaligini va
qarshiligini keltirib chiqaradi hamda zamonaviy Yevropadagi o„z-
larining ahvollaridan norozi bo„lgan musulmonlar o„rtasida islom
mafkurachilarning ommalashuviga va ularning ta‟sirlarining oshishiga
olib keladi.
Shuningdek, Fransiyada hamda umuman olganda Yevropada
vujudga kelgan vaziyatning teskari, aks tomoni ham bor. Yevropada
yashovchi ko„plab musulmonlarga qit‟aning demokratik qonunlari
hamda undagi muhit manzur kelmoqda. Demokratik jamiyatning barcha
imkoniyatlaridan
foydalanishlari
natijasida
ular
bunday
qulay
sharoitlarda hayot kechirishga o„rganib qolishdi. Bularga misol sifatida,
ishsizlik bo„yicha yokida yolg‟iz onalarga to„lanadigan nafaqalarni
keltirish mumkin.
Shuning uchun radikal islomiy ruhoniyat Yevropa mamlakatlarida
hokimiyat tepasiga kelsa hamda musulmonlarning qulay shart-
sharoitlarga ega to„kin hayotlarini yangi Pokiston, Yaman yoki Eronga
aylantiradigan bo„lsa, ular xursand bo„lmasliklari turgan gap. Shu
sababli quyidagicha savol kelib chiqadi: Yevropa butunlay islomiy
bo„lishidan Yevropalik musulmonlar qanchalik manfaatdor bo„ladilar?
Germaniyada 4 millionga yaqin musulmonlar iste'qomad qiladi.
Ikkinchi jaxon urushigacha, u davrda xali natsist davlatda o„ndan ortiq
masjidlar
bo„lgan,
xozirda
ularning
soni
2 mingdan
ortiq.
Germaniyaning deyarli xar bir shaxarida musulmon jamoachiligi
mavjud. Tarixan musulmonlarning ko„p sonli jamoalari davlatning
xarbiy shaxarlarida shakllangan, u yerlarda xatto musulmon rayonlari
xam bo„lgan.
Buyuk Britaniyada 3 milliondan ortiq musulmonlar, asosan sobiq
ingliz mustamlakalaridan, xamda Britaniya Xamdo„stligidan iste'qomad
qiladi.
Shunisi e'tiborga molikki, xatto kichik Bel'giyada xam 1975 yil
"Bryussel' islom markazi" ochilgan. Bu markazning ilk faoliyati turk
o„qituvchilari va vakillari tomonidan qo„llab-quvvatlangan. Uning
yaqinida Yevropadagi eng katta masjidlardan biri qurilishini Saudiya
Arabistoni moliyalashtirgan.
1995 yil o„rtalarida Rimda Italiyadagi yirik masjid tantanali
ochilishi bo„lib o„tdi. O„tgan yuz yillikning 30-yillarida italiyalik
diktator Benito Mussolini bunday masjid qurilishiga faqat Makkada
katolik xramining qurilishi sharti bilan rozi bo„lgan. Endilikda vaziyat
butunlay o„zgargan va rim masjidi nafaqat Italiyadagi, balki butun
dunyodagi musulmonlar va xristian-katoliklar o„rtasida dialog
o„rnatilishi ilinjida qurildi.
XX asr tarixining murakkab chorraxalarida Albaniya, Bosniya,
Kosovo, Bolgariya, Qrim va Sobiq sovet ittifoqining yevropa qismidagi
musulmonlari qoldi. Yevropaning bu qismida o„tgan yuz yillik soxta
ayblovlar bilan musulmonlarni ta'qib qilish, cheklash va diniy omilni
qo„llashda aks etuvchi ko„pgina fojeali to„qnashuvlarga boy. Bularning
barchasi ko„pgina qurbonliklarga olib keldi va natijada musulmonlar
soni va islom chuqurligi va sofligiga putur yetdi. Yevropaning bu
qismida islomni qayta uyg‟otish uchun xarakatlar qilingan va bu Qrim
tatarlari misolidan ayon. Biroq kelajakda xam ko„pgina ishlar sodir etish
lozim, masjid va madrasalar qurilishi, diniy va milliy da'vatlar o„tkazish,
gumanitar yordam va iqtisodiy qo„llab quvvatlash davom etishi kerak.
O„tgan asrning oxirgi o„n yilligida AQShda Sharqdan chiqqan
ko„pgina islom tarafdorlari shakllandi. AQSh tomonidan ilgari surilgan
model, ya'ni ko„pgina xalqlar, madaniyatlar va dinlarni yagona Amerika
millatiga birlashtiruvchi "suzib yuruvchi o„choq" modeli o„zini
oqlamadi. Va xozirda bu davlat o„zidan turli etnomadaniy jamoachilikni
namoyon etadi, unda musulmon dunyosi 5 foizdan ko„pini tashkil etadi.
Yevropaning ilk musulmonlari. Ilk musulmonlar Yevropa yerlariga
711 yillarda, zamonaviy Yevropa millati umuman shakllanmagan davrda
qadam qo„yganlar. Ular general Torik ibn Ziyodning (uning nomi
Gibraltar, ya‟ni Jabbal at-Torik ya‟ni “Toriq tog„i” ma‟nosini bildiradi)
mavritaniyalik askarlari edi. Musulmon desanti noqonuni ravishda
german-vestgotlar o„rdasi tomonidan okkupatsiya qilingan Rim
Ispaniyasi xududida tushgan.
Mavrlar avval Rim imperiyasining (Rum) fuqarolari bo„lganlar,
shuning uchun ular germanliklar qo„l ostidagi ispan vatandoshlari oldida
javobgarlikni xis qilganlar. (Shu o„rinda ta'kidlash joizki zamonaviy
ispan tili roman, ya'ni rim tillari guruxiga kiradi). Vestgotlar qiroli
Roderik tor-mor etilgan va 718 yilga kelib Ispaniya ozod etilgan.
Taxminan 800 yil Ispaniya musulmon davlati bo„lgan, biroq
Inkvizitsiyaning qonli terrori bilan XVII asrga kelib musulmon axolisi
qirib tashlangan, surgun qilingan va zo„ravonlik bilan katolitszmga
o„tkazilgan. Biroq ispan madaniyati xozirda xam islom qadriyatlarini
saqlab qolgan: Algambra arxitektura majmuasi dunyoga mashxur, ispan
adabiyotining eng mashxur asari Servantesning "Don Kixot" asari,
obro„li adabiyotshunoslarning fikriga qaraganda (Borxes bilan birga),
arab-ispan avtori Said Axmad Ben-Inxali asarining badiiy qayta
ishlanganidir. Ispan ritsarlik eposining eng mashxur qaxramoni esa arab
ismiga ega, ya'ni Sid - Saiddan (arabchadan -"janob").
Dostları ilə paylaş: |