Dars o‘uv maqsadi



Yüklə 252,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü252,69 Kb.
#42658
  1   2   3
YEVROPADA ISLOM DINI(1)



 

 

 



3.5.  YEVROPADA ISLOM DINI 

Dars o‘uv maqsadi: Magistratura talabalariga Yevropa davlatlarida 

islomning  ta'siri,  Yevropaning  ilk  musulmonlari,  Yevropada  musulmon 

axolisining o„sish omillari, to„g„risida batafsil ma‟lumotlar berish. 

Tayanch  iboralar:  Yevropa  davlatlarida  islom,  zamonaviy 

Yevropada  islom  tarixi,  Yevropalik  musulmonlar  soni,  Yevropada 

musulmon axolisining o„sish omillari. 

Reja: 

1. Yevropa davlatlarida islomning o„rni. 

2. Zamonaviy Yevropada islom tarixi. 

3. Yevropalik musulmonlar soni. 

4. Yevropada musulmon axolisining o„sish omillari 

Hozirgi  kunda  islom  dini  Yevropada  tabiiy  holatga  aylangan. 

Yevropaning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanuvchi Fransiyada islom 

asosiy  dinga  aylandi,  bu  yerda  Yevropadagi  eng  ko„p  sonli  musulmon 

jamoasi joylashgan bo„lib, ularning miqdori 6 mln dan ko„proqni tashkil 

qiladi  (Germaniyada  -  4,5  mln,  Buyuk  Britaniyada  –  taxminan  3  mln, 

Italiyada  -1,5  mln,  Ispaniayada  -1mln  Niderlandiyada  -1  mln  Avstriya, 

Shvetsiya va Norvegiayada 1 mln dan ko„proq). 

Statistik  ma‟lumotlarga  qaraganda,  islom  –  oxirgi  100  yil  ichida 

tarafdorlari  13  dan  19,5  foizga  ko„paygan  yagona  dindir.  Agar  Yer 

sayyorasida  dinga  e‟tiqod  qilmaydiganlar  soni  oshib  bormaganda  edi, 

o„tgan  yuz  yillikni  islom  va  musulmonlar  asri  deb  yuritish  mumkin. 

Islom  o„sishining  ko„p  qismi  Yevropa  davlatlari  va  AQShga  to„g„ri 

keladi. 


Taxminan  XX  asr  o„rtalarigacha  Yevropa  va  AQSh  faqatgina 

xristian  axolili  davlatlar  edi.  Avval  islom  faqat  Albaniya,  Bosniya, 

Kosovo,  Turkiyaning  yevropa  qismida,  Bolgariyaning  janubida  va 

Qrimda  o„rin  egalladi.  Yevropaning  boshqa  qismida  va  AQShda 

musulmonlar  kam  sonli  edi,  islom  esa  noodatiy-ekzotik  din  sifatida 

qabul qilingan. 

Bu  davlatlarda  musulmonlar  sonining  oshishiga  ilk  qadamlar 

Ikkinchi  jaxon  urushidan  shakllana  boshlandi.  Yevropa  davlatlari  va 

AQSh urushdan keyingi iqtisodiyoti tashqi ishchi kuchi oqimiga muxtoj 

edi.  Buning  yechimi  islom  diniga  e'tiqod  qiluvchi  Osiyo  va  Afrika 

davlatlari emigrantlarida topildi. 



 

 

Yangi  kelgan  musulmonlar,  qoidaga  ko„ra  bir  biriga  yaqinroq 



yashashga  va  bu  bilan  kuchli,  etnokonfessional  jixatdan  birlashgan 

jamoaga  aylandi.  Yangi  davlatlar  fuqaroligini  olib  ular  AQSh  va 

Yevropa  kontinentiga  kelgan  vatandoshlarini  unutmadilar.  O„z  o„rnini 

egallab bo„lgan musulmonlar o„z qarmdoshlari va vatandoshlarini taklif 

qilib,  ularga  uy-joy,  fuqarolik  va  ish  topishda  yordam  berdilar.  Ilk 

emigrantlar  notanish  muxitga  tushib,  maxalliy  an‟analarni  o„zlashtirib, 

qolgan  axoli  bilan  birlashishga  xarakat  qildilar.  Biroq  musulmon 

emigrantlar  soni  ortib  borgan  sari  ular  o„z  madaniyati,  tili  va  albatta 

dinini  qo„llab  quvvatlashga  intila  boshladilar.  Yangi  sharoitlarda 

musulmonlar  demografik  qadriyatlarni  saqladilar  va  ularning  oilalari 

ko„paya  boshladi.  Shimoliy  Afrika  davlatlarida  masalan,  tug‟ilish 

fransuz yoki nemislarga qaraganda ko„proq. Fransiya yoki Germaniyada 

tu?ilgan  xar  bir  bola  esa  avtomatik  tarzda  shu  davlat  fuqarosiga 

aylanadi. 

Oxirgi  ming  yillikda  Fransiya  respublikasida  musulmonlar  soni 

1945  yilga  nisbatan  4  milliondan  oshib  ketdi.  XIX  asr  o„rtalarida 

Fransiyada  birinchi  masjid  qurilgan  bo„lsa,  xozirda  ularning  soni  3 

mingtaga yetgan. Yangi masjidlar qurilishiga Saudiya Arabistoni xar yili 

millionlab franklar xayriya vositalari ajratadi. 

Hisob-kitob  ma‟lumotlari  bo„yicha:  150  dan  ortiq  masjidlar 

qurish  dasturlari  bugungi  kunda  amalga  oshirishning  har  xil  darajasida 

turibdi,  anchagina  qismi  hozirgi  kunda  barpo  etilayotgan  bir  paytda 

Fransiyada  katolik  cherkovi  so„nggi  10  yil  ichida  atigi  20  ta 

ibodatxonani bunyod etdi. Buning ustiga-ustak shu davr ichida cherkov 

60 ta ibodatxonani berkitishga majbur bo„ldi, ularning ko„pchiligi yaqin 

kelajakda  masjidlarga  aylanadi  yokida  shunday  inshootlarga  aylanib 

bo„lgan.  

Fransiya  musulmonlar  majlisi,  kengashi  prezidenti  Muhammad 

Mussavi  2011-yilning  avgust  oyida  RTL  milliy  radiostansiyasidagi 

intervyuda masjidlar bo„yicha ma‟lumotlar berdi. Fransiyadagi masjidlar 

soni  oxirgi  10  yil  ichida  ikki  barobarga  ortdi  hamda  bugungi  kunda  2 

mingtadan  oshdi.  Ular  ichidagi  eng  yangisi  2  ming  nafar  toat-ibodat 

qiliuvchilarga  mo„ljallangani  oldingi  Ramazon  oyida  Strassburgda 

ochildi. 7 ming nafar odam sig‟adigan masjid tez orada Marsel shaharida 

ochilishi  kerak,  mazkur  shaharda  aholining  25  %  ini  musulmonlar 

tashkil qiladi (250 ming nafar). 

Hozirda 

o„ng 


siyosatchilar 

mamlakatga 

musulmonlarning 

emmigratiyasini  ta‟qiqlash  to„g„risida  hamda  Faransiya  bo„ylab 




 

 

islomning  tarqalishi  yokida  uning  hududida  masjidlar  qurilishini 



cheklash bo„yicha gapirishlaridan ma‟no-mantiq yo„q.  

Hozirda  Marin  Le  Pendan  boshlab  hamda  Prezident  Sarkozigacha 

bo„lgan  fransuz  siyosatchilari  prezidentlik  saylovlari  chog„ida  ,,islom‟‟ 

mavzusidan  foydalangan  holda  musulmonlarning  ko„chalarda  namoz 

o„qishlarini  hazm  qilib  bo„lmaydi  deya  ta‟kidlab,  ovozlar  to„plashga 

urinishmoqda. 

Yokida 

ularni 


iste‟lochilar 

deb 


atashmoqda. 

Musulmonlarni  bunday  tarzda  chiqishtirmaslik  orqali  siyosatchilar 

qandaydir  ko„zga  ko„rinarli  natijaga  erisha  olishlari  amrimaholdir. 

Bunday  holat  islomga  e‟tiqod  qiluvchilarning  alamzadaligini  va 

qarshiligini  keltirib  chiqaradi  hamda  zamonaviy  Yevropadagi  o„z-

larining  ahvollaridan  norozi  bo„lgan  musulmonlar  o„rtasida  islom 

mafkurachilarning  ommalashuviga  va  ularning  ta‟sirlarining  oshishiga 

olib keladi.  

Shuningdek,  Fransiyada  hamda  umuman  olganda  Yevropada 

vujudga  kelgan  vaziyatning  teskari,  aks  tomoni  ham  bor.  Yevropada 

yashovchi  ko„plab  musulmonlarga  qit‟aning  demokratik  qonunlari 

hamda undagi muhit manzur kelmoqda. Demokratik jamiyatning barcha 

imkoniyatlaridan 

foydalanishlari 

natijasida 

ular 


bunday 

qulay 


sharoitlarda hayot kechirishga o„rganib qolishdi. Bularga misol sifatida, 

ishsizlik  bo„yicha  yokida  yolg‟iz  onalarga  to„lanadigan  nafaqalarni 

keltirish mumkin.  

Shuning  uchun  radikal  islomiy  ruhoniyat  Yevropa  mamlakatlarida 

hokimiyat  tepasiga  kelsa  hamda  musulmonlarning  qulay  shart-

sharoitlarga  ega  to„kin  hayotlarini  yangi  Pokiston,  Yaman  yoki  Eronga 

aylantiradigan  bo„lsa,  ular  xursand  bo„lmasliklari  turgan  gap.  Shu 

sababli  quyidagicha  savol  kelib  chiqadi:  Yevropa  butunlay  islomiy 

bo„lishidan Yevropalik musulmonlar qanchalik manfaatdor bo„ladilar? 

 

  Germaniyada  4  millionga  yaqin  musulmonlar  iste'qomad  qiladi. 



Ikkinchi  jaxon  urushigacha,  u  davrda  xali  natsist  davlatda  o„ndan  ortiq 

masjidlar 

bo„lgan, 

xozirda 


ularning 

soni 


2  mingdan 

ortiq. 


Germaniyaning  deyarli  xar  bir  shaxarida  musulmon  jamoachiligi 

mavjud.  Tarixan  musulmonlarning  ko„p  sonli  jamoalari  davlatning 

xarbiy  shaxarlarida  shakllangan,  u  yerlarda  xatto  musulmon  rayonlari 

xam bo„lgan. 

   

Buyuk  Britaniyada  3  milliondan  ortiq  musulmonlar,  asosan  sobiq 



ingliz  mustamlakalaridan, xamda Britaniya Xamdo„stligidan iste'qomad 

qiladi. 



 

 

   



Shunisi  e'tiborga  molikki,  xatto  kichik  Bel'giyada  xam  1975  yil 

"Bryussel'  islom  markazi"  ochilgan.  Bu  markazning  ilk  faoliyati  turk 

o„qituvchilari  va  vakillari  tomonidan  qo„llab-quvvatlangan.  Uning 

yaqinida  Yevropadagi  eng  katta  masjidlardan  biri  qurilishini  Saudiya 

Arabistoni moliyalashtirgan. 

   


1995  yil  o„rtalarida  Rimda  Italiyadagi  yirik  masjid  tantanali 

ochilishi  bo„lib  o„tdi.  O„tgan  yuz  yillikning  30-yillarida  italiyalik 

diktator  Benito  Mussolini  bunday  masjid  qurilishiga  faqat  Makkada 

katolik  xramining  qurilishi  sharti  bilan  rozi  bo„lgan.  Endilikda  vaziyat 

butunlay  o„zgargan  va  rim  masjidi  nafaqat  Italiyadagi,  balki  butun 

dunyodagi  musulmonlar  va  xristian-katoliklar  o„rtasida  dialog 

o„rnatilishi ilinjida qurildi. 

   


XX  asr  tarixining  murakkab  chorraxalarida  Albaniya,  Bosniya, 

Kosovo, Bolgariya, Qrim va Sobiq sovet ittifoqining yevropa qismidagi 

musulmonlari  qoldi.  Yevropaning  bu  qismida  o„tgan  yuz  yillik  soxta 

ayblovlar  bilan  musulmonlarni  ta'qib  qilish,  cheklash  va  diniy  omilni 

qo„llashda  aks  etuvchi  ko„pgina  fojeali  to„qnashuvlarga  boy.  Bularning 

barchasi  ko„pgina  qurbonliklarga  olib  keldi  va  natijada  musulmonlar 

soni  va  islom  chuqurligi  va  sofligiga  putur  yetdi.  Yevropaning  bu 

qismida  islomni  qayta  uyg‟otish  uchun  xarakatlar  qilingan  va  bu  Qrim 

tatarlari misolidan ayon. Biroq kelajakda xam ko„pgina ishlar sodir etish 

lozim, masjid va madrasalar qurilishi, diniy va milliy da'vatlar o„tkazish, 

gumanitar yordam va iqtisodiy qo„llab quvvatlash davom etishi kerak. 

   


O„tgan  asrning  oxirgi  o„n  yilligida  AQShda  Sharqdan  chiqqan 

ko„pgina  islom  tarafdorlari  shakllandi.  AQSh  tomonidan  ilgari  surilgan 

model, ya'ni ko„pgina xalqlar, madaniyatlar va dinlarni yagona Amerika 

millatiga  birlashtiruvchi  "suzib  yuruvchi  o„choq"  modeli  o„zini 

oqlamadi. Va xozirda bu davlat o„zidan turli etnomadaniy jamoachilikni 

namoyon etadi, unda musulmon dunyosi 5 foizdan ko„pini tashkil etadi. 

   

Yevropaning ilk musulmonlari. Ilk musulmonlar Yevropa yerlariga 



711 yillarda, zamonaviy Yevropa millati umuman shakllanmagan davrda 

qadam  qo„yganlar.  Ular  general  Torik  ibn  Ziyodning  (uning  nomi 

Gibraltar,  ya‟ni  Jabbal at-Torik  ya‟ni “Toriq tog„i”  ma‟nosini bildiradi) 

mavritaniyalik  askarlari  edi.  Musulmon  desanti  noqonuni  ravishda 

german-vestgotlar  o„rdasi  tomonidan  okkupatsiya  qilingan  Rim 

Ispaniyasi xududida tushgan. 

   

Mavrlar  avval  Rim  imperiyasining  (Rum)  fuqarolari  bo„lganlar, 



shuning uchun ular germanliklar qo„l ostidagi ispan vatandoshlari oldida 

javobgarlikni  xis  qilganlar.  (Shu  o„rinda  ta'kidlash  joizki  zamonaviy 




 

 

ispan  tili  roman,  ya'ni  rim  tillari  guruxiga  kiradi).  Vestgotlar  qiroli 



Roderik tor-mor etilgan va 718 yilga kelib Ispaniya ozod etilgan. 

   


Taxminan  800  yil  Ispaniya  musulmon  davlati  bo„lgan,  biroq 

Inkvizitsiyaning  qonli  terrori  bilan  XVII  asrga  kelib  musulmon  axolisi 

qirib  tashlangan,  surgun  qilingan  va  zo„ravonlik  bilan  katolitszmga 

o„tkazilgan.  Biroq  ispan  madaniyati  xozirda  xam  islom  qadriyatlarini 

saqlab qolgan: Algambra arxitektura majmuasi dunyoga mashxur, ispan 

adabiyotining  eng  mashxur  asari  Servantesning  "Don  Kixot"  asari, 

obro„li  adabiyotshunoslarning  fikriga  qaraganda  (Borxes  bilan  birga), 

arab-ispan  avtori  Said  Axmad  Ben-Inxali  asarining  badiiy  qayta 

ishlanganidir. Ispan ritsarlik eposining eng mashxur qaxramoni esa arab 

ismiga ega, ya'ni Sid - Saiddan (arabchadan -"janob"). 

   


Yüklə 252,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin