DASTURLASH TILI 7-AMALIYOT MAVZUSI 1.SIMVOLLARNI TAQQOSLASH 2.MATNNI IZLASH 3.SATRLARNI FORMATLASH 4.SATRLAR BILAN ISHLASH FUNKTSIYASI VA UNING TADBIQI PYTHONDA SATRLAR Satrlar – bu belgilar ketma-ketligi. Ko'p hollarda satrlar so'zlar jamlanmasidan tashkil topadi. Pythonda satrlar bilan ishlash juda qulay. Bir qancha satr literallari mavjud. Pythonda satrlar qo’shtirnoq yoki bittalik tirnoqlar bilan ifodalanadi.
1.SIMVOLLARNI TAQQOSLASH
Har bir simvol ASC II – standart kodiga ega. ASC II – ushbu qisqartma so‘z American Standard Code for Information Interchange (Ma’lumotlar almashinish bo‘yicha Amerika standarti) inglizcha so‘zining birinchi harflaridan olingan u simvollarni kodlashtirishning universal sxemasi bo‘lib, shu sohadagi standartni (andozani) belgilaydi.
Ixtiyoriy simvolning ACS II – kodini aniqlash uchun simvolni ord() PYTHON – funktsiyaning argumenti sifatida beradi. Satr harflari “a” dan “z” gacha, 97-122 qiymatlari orasida, bosh harflar “A”-“Z” esa 65-90 gacha bo‘lgan qiymatlar orasida joylashgan.
Satrlarni taqqoslashda har bir simvol ketma – ketligidagi o‘rni bo‘yicha taqqoslanadi, bunda aynan bir simvolni saqlovchi satrlar, turli tartibda joylashgan bo‘lsa, ularning xatoliklari teng bo‘lib qolmasligini kafolatlaydi. Masalan, “ABC” va “BAC” satrlarni taqqoslashda, birinchi satrning birinchi simvoli “A” (65), ikkinchi satrning birinchisimvoli “B” (66) ga qaraganda kichik bo‘ladi, shu sababli, strcmp() funktsiya -1ni qaytaradi, chunki birinchi argument ikkinchisidan kichik.