Ilmiy muassasa va ob’ektlarni “Davlat noyob ilmiy ob’ektlar ro’yxati”ga kiritish va monitoringini olib borish
Reja;
Noyob ilmiy obyektlar tadqiqi
Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar.
Noyob ilmiy obyektlar tadqiqi
Ilmiy faoliyat uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan, ilmiy tadqiqot ishlarining saviyasini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishda muhim o ‘rin tutadigan hamda o ‘rnatilgan tartibda «Davlat noyob ilmiy obyektlar ro ‘yxati»ga kiritilgan ilmiy muassasalar, asbob-uskunalar, kolleksiyalar, kutubxonalar, muzeylar, nodir jamg‘armalar va boshqa obyektlar noyob ilmiy obyekt, deb hisoblanadi.
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha ishlar quyidagilami o ‘z ichiga oladi;
Matbuotda hamda Fan va texnologiyalar Markazining internet saytida noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha takliflar berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish;
Fan va texnologiyalar Markaziga taqdim etilgan noyob obyektlar bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish;
Noyob ilmiy obyektlar bo ‘yicha tegishli tavsiyalar, hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
Qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish, ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng m uhim obyektlarni aniqlash va tanlab olingan har bir obyektga ajratiladigan bir yillik moliyaviy mablag' hajmini belgilash;
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha materiallarni komissiyada ko'rib chiqib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;
Har bir obyektga ajratiladigan moliyaviy mablag‘ hajmi ko'rsatilgan noyob obyektlar ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilm iy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan ’’Davlat noyob ilmiy obyektlar ro‘yxati” sifatida tasdiqlangandan keyin bu obyektlar joylashgan ilmiy muassasa bilan Fan va texnologiyalar Markazi o ‘rtasida shartnoma tuziladi.