Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoring Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoring Komissiya tomonidan Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari a’zolari, Fan va texnologiyalar Markazi, tasarrufida noyob obyektlar bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda Moliya vazirligining mas’ul xodimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Zarur hollarda Komissiya noyob obyektlarning faoliyatini joylarga borib o‘rganib, nazorat qiladi.
Monitoringning maqsadi noyob ilmiy obyektni ishchi holatda saqlanayotganligi, unga zarur texnik va boshqa xizmatlarning ko‘rsatilayotganligi hamda undan yuqori saviyada unumli foydalanilayotganligi, ajratilgan moliyaviy mablag‘ning samarali va maqsadli sarflanayotganligi, noyob obyekt bo‘yicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning o ‘z vaqtida topshirilayotganligini kuzatishdan iboratdir. Ushbu holatlardan bironta jiddiy nuqson va kamchiliklar yoki moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlangan hollarda Komissiya bu noyob obyektning moliyalashtirilishini davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida Fan va texnologiyalar Markaziga o‘z xulosasini taqdim etish huquqiga ega.
Fan va texnologiyalar Markazi Komissiya xulosasiga asosan noyob ilmiy obyektlarni moliyalashtirishni muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida Muvofiqlashtirish Kengashiga taklif kiritadi. Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga asosan noyob ilmiy obyektni moliyalashtirish, belgilangan tartibda, Moliya vazirligi tomonidan
to‘xtatiladi.
Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlar Noyob ilmiy obyektlar bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
vazirlik yoki idora rahbariyati tom onidan obyektni “ Davlat noyob
ilmiy obyektlari ro‘yxati”ga kiritish uchun ko‘rib chiqish so‘ralgan rasmiy
xati;
obyektning ilmiy nuqtayi-nazardan noyobligiga asosnoma;
obyektning to ‘liq tavsifnomasi;
obyektni tashkil etuvchi asbob-uskunalar, jihozlar, shtam plar va
boshqalar to ‘g‘risida m a’lum ot;
obyektga xizmat ko‘rsatuvchi shtatlar to‘g‘risida ma’lumot;
obyektdan foydalangan holda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tavsifi;
obyektdan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa ilmiy muassasa hamda tashkilotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
obyektning bir yillik xarajatlari to‘liq ko‘rsatilgan smetasi (ilmiy
muassasa rahbari va bosh hisobchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart);
obyekt to‘g‘risida vazirlik yoki idora tomonidan berilgan asoslangan xulosa.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik subyektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo‘lishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikka xorijiy investitsiyalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xamkorliklar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.70 Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini optimallashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, investitsiya faoliyati samaradorligini baholash uslubiyati va mazkur yo‘nalishda risk-menejment tizimini takomillashtirish masalalari borasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsion xavfsizlik – davlat organlarining amaldagi qonunchilik bazasi doirasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidir va u milliy iqtisodiy tizimning raqobatbardoshligini va barqaror o‘sishini belgilaydi.71 Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yurituvchi umummilliy va mintaqaviy venchur kompaniyalari faoliyati va ularni rivojlantirish strategiyalari tahlili venchurli investitsiyalash bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy manbai ekanligi aniqlandi. Bunda venchur kompaniyalari kapitali rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari (50 foizdan yuqori qismi) va xususiy investorlar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi. O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish maqsadida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga mazkur sohadagi faoliyat samaradorligi, avvalo, mavjud resurslardan yetarli darajada samarali foydalanmaslik, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va rentabelligi masalalarining chuqur tadqiq etilmaganligi kabi muammolar mavjud. Qayd etilgan masalalar mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish»72 kabi vazifalar belgilab berildi. Chunki, investitsiyalarning muhim manbai hisoblangan «Xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlar qanday ahvolda ekani tanqidiy tahlilni talab etadi. Bunday investitsiyalarning ulushi 30 foizga tushib qolgan»73 edi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega: - davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushini qo‘yishi, ya’ni qo‘shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish; - mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni xarid etish; - mustaqil yoki milliy xo‘jalik subyektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat obkyektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish. Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xattiharakatlar sodir etilishi mumkin. Investitsiya zavfsizligi har qanday davlatning umumiy iqtisodiy xavfsizligining muhim qismidir. Mahalliy va xorijiy investitsiyalarning ijobiy dinamikasi iqtisodiyotni barqaror va bosqichma-bosqich rivojlantirishi mumkin.74 Mamlakat korxonalarining sanoat mahsulotiga talabni oshirish uchun ushbu jarayonda davlatning asosiy o‘rin egallashidan kelib chiqish zarur. Davlat avvalo imtiyozlar, subsidiyalar berish, soliqlarni kamaytirish kabilar orqali mamlakat uskunalari va texnologiyalariga talabning ortishi uchun sharoit yaratishi lozim. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish zarur. Masalan, Buyuk Britaniyada investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun korxonalarga davlat kafolatlari beriladigan o‘nga yaqin dasturlar mavjud. Respublikamizda investitsiya faoliyatida quyidagi muammolar ham mavjudligini ta’kidlash zarur: YAIMga nisbatan investitsiyalar salmog‘ining xalqaro belgilangan me’yorlarga nisbatan pastligi; Mamlakat hududlarining investitsion jozibadorligi va faolligi talab darajasida emasligi; Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmaganligi; Mamlakat hududlarida samarali investitsiya siyosatining olib borilmasligi va hokazo. Investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarishning amaldagi holatiga baho berishda dastlab investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tarkibi va dinamikasi tahliliga e’tibor qaratsak, investitsiya faoliyatining asosiy vositasi sifatida korxonalarning xususiy mablag‘lari va aholi ixtiyorida moliyaviy resurslarni e’tirof etish mumkin. Xorijiy davlatlar tajribasi va iqtisodiyotimizning milliy xususiyatidan kelib chiqib, innovatsion va ilmiy sig‘imli investitsiya loyihalari, ayniqsa, startaplarni moliyalashtirish uchun venchur fondlarini tuzilmoqda. Hududlarda venchur fondlarini mahalliy hokimiyat organlari, tijorat banklari, investorlar va aholi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Ushbu fondlar moliyaviy resurslaridan hududlar investitsiya salohiyatini hisobga olgan holda foydalanish lozim. Shuningdek, respublikamizda venchurli moliyalashtirishga talab yuqori bo‘lib, ushbu riskli investitsiyalash usuli rivojlanmaganligi tufayli mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun xorijiy venchur fondlarini faol jalb etish zarur. Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog’liqdir. Jahon xufiyona iqtisodiyotida bank va korporativ sohalardagi moliya¬viy iqtisodiy jinoyatlar, narkobiznes, fohishalik, «tirik tovar bilan» savdo qilish, pornobiznes, noqonuniy qurol savdosi, «iflos pullarni yuvish», korrupsiya yetakchilik qiladi. Masalan, XX asr oxirida xalqaro hamjamiyat «global muammo» deb atagan korrupsiyadek murakkab va jiddiy muammo xalqaro uchrashuvlarda muhokama mavzuini tashkil qildi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikka milliy-davlat manfaatlari¬ning amalga oshirilishida izchillikni, xo‘jalik yurituvchi subyekt¬larning barqaror faoliyatini, aholining hayoti va faoliyati uchun normal sharoitni saqlash qobiliyati sifatida qarash lozim. Milliy iqtisodiy xavfsizlik xavf-xatar hamda iqtisodiy manfaatlarga bo‘ladigan tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish tizimini yaratish borasidagi harakatlar majmuidir. Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyodagi 150 dan ortiq davlat tan oldi. O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok eta boshladi. Jumladan, O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi quvonarli holdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va mazkur tashkilot doirasida dunyo dengiz portlari, mamlakatlararo transport tarmoqlari, jahon tovar va capital bozorlariga chiqish imkoniyatini beradigan xalqaro yo‘llarni qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim. Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000- yil 15- noyabr konvensiyasi; – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi 2003- yil 31- oktyabr konvensiyasi; – Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999- yil 9- dekabr xalqaro konvensiyasi. Evropa Kengashi va Evropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: – Evropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘ri-sidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999- yil 27- yanvar); – Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Evropa Ittifoqi¬ning pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002- yil 8- fevral). Muammoning butun dunyoda dolzarbligini anglash korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro tizimi yaratilishiga turtki berdi. Ushbu sohada xalqaro-huquqiy mexanizmning shakllanishi korrup¬siya¬ga qarshi kurashning aniq muammolari bo‘yicha aktlardan, davlat va jamiyat hayotining ayrim sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy vosita va vazifalardan tortib to BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha universal konvensiya-sigacha (2003- yil 31- oktyabr) bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. MDH hujjatlari orasida «Korrupsiyaga qarshi siyosatga doir qonun¬chi¬lik asoslari to‘g‘risida»gi model qonunini ta’kidlab o‘tish lozim (2003- yil 15- noyabrda MDH PAning XXII yalpi majlisida qabul qilingan). Noqonuniy daromadlarni legallashtirish (oshkoralashtirish)ga qarshi kurash choralarini amalga oshirish uchun pullarni «yuvish» muammolari bo‘yicha maxsus moliyaviy komissiya (FATF) tashkil etilgan edi. Uning tarkibi¬ga Evropa, SHimoliy Amerika va Osiyoning asosiy moliyaviy markazlari vakillari kirgan. Ushbu hukumatlararo tashkilot 1990- yilda «Pullarni yuvish muammolari bo‘yicha qirqta tavsiya»ni tayyorlab, jahon jamoatchi¬li¬giga taklif etgan. 1996- yilda bu tavsiyalar o‘tgan yillar mobaynida to‘plangan tajribani hamda pullarni «yuvish» sohasida yuz bergan o‘zgarish-larni hisobga olish uchun qayta ko‘rib chiqildi. 2002- yilda FATFning tavsiyalari terrorizmni moliyalashtirishga bog‘liq operatsiyalarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy muassasalar uchun qabul qilindi. Barqaror iqtisodiy o‘sish va xavfsizlikni ta’minlash hamda jahon xo‘jalik tizimida mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish uchun qyidagi makroiqtisodiy shart-sharoirtlar yaratilishi lozim bo‘ladi: yillik inflyatsiya darajasini 3-4 foizga tushirish; iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada pasaytirishga erishish; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash; bank tizimi va iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni davom ettirish; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish asosida iqtisodiyotda davlat ulushini 15-18 foizgacha kamaytirish, xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga erishish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 60foizga yetkazish; erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish; davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirib boorish orqali iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlarini uyg’unlashtirish; intitutsional islohotlarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni ma’muriy asosda boshqarishdan voz kechib, uni iqtisodiy vosita va dastaklar orqali tartibga solish mexanizmini shakllantirish; milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jalik tizimida mustahkam o‘rin tutishiga erishish, milliy mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish; mamlakat eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash. Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 1) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi; 2) xalqaro hamjamiyatda AQSH yetakchiligidagi rivojlangan mamlakat-larning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi; 3) xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovar¬larni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda. Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyat¬chi¬lik – kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj mani¬pulyasiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi. Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat jihatdan yangicha hodisa. Bu korrupsiya, jinoiy qatlamlar va davlat apparati¬ning birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik mamlakatlararo iqtisodiy munosabat¬larni aks ettiruvchi hamda milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanuvchi murakkab iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi Shu jihatdan ham milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, barqarorligi, doimiy yangilanish va o‘zini takomillashtirib borishga inti¬li¬shini ta’minlovchi shartsharoitlar va omillar majmui sifatida e’tirof etiladi. Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari va davlat xizmatchi¬larining ish haqi davlatga eng malakali mutaxassislarga ega bo‘lish uchun kurashda iqtisodiyotning xususiy sektori bilan raqobat qilishga imkon berishi kerak. Amaldor mehnatiga yuqori darajada haq to‘lansa, u ishini yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq muqobil xarajatlar xizmat mavqeidagi g‘ayriqonuniy foydalanish orqali oladigan foydasidan ortiq bo‘ladi. Ya’ni «biznes»ning ushbu turi salbiy foyda keltirib, o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan bo‘lar edi. Ammo ko‘pchilik korrupsiyani eng quyi darajaga yetkazish uchun amaldorlar ish haqini ancha oshirishga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashning faqat shu yo‘lidan foydalanadigan bo‘lsa, bu mamlakat byudjetiga qimmatiga tushishi va qo‘yilgan maqsadga erishilmasligi mumkin. Hatto ish haqi yuqori bo‘lgan taqdirda ham, barcha amaldorlar korrupsiya evaziga uni ko‘paytirishdan voz kechmagan hollar mavjud. Control Risks Group konsalting firmasining xabar berishicha, xalqaro kompaniyalarning deyarli yarmi raqobatchilari pora berish yordamida ularning biznesini sindirganligi tufayli oxirgi besh yil ichida boshqa mamlakatlarga investitsiya kiritishdan voz kechishlariga to‘g‘ri kelgan. Korrupsiyaning yuqori darajadaligi investorlarga solinadigan qo‘shimcha soliqqa tenglashtiriladi. BMTning huquqiy maslahatchisi Xans Korell korrupsiya – universal hodisa, ammo u rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ayniqsa, halokatlidir, deb hisoblaydi: «Korrupsiya huquqiy jamiyat qurish, 174 investitsiyalarni jalb qilish va aholining, ayniqsa, uning kambag‘al qatlam¬larining farovonligini oshirish borasida barcha harakatlarini yo‘qqa chiqaradi». «Transparency International» firmasining sobiq bosh direktori Piter Aygen fikricha, «odamlar ushbu muammoning qanchalik muhimligi va unga qarshi kurash qanchalik qiyinligini tushuna boshladilar. Xalqaro aksilkorrupsiyaviy koalitsiyaga o‘xshash nimadir paydo bo‘ldi». Shu bilan birga, konvensiya qabul qilinishining umuman korrupsiyaga qarshi kurash uchun katta ahamiyatga egaligini ta’kidlagan bir qator qashshoq mamlakatlar vakillari har holda Konvensiyada nazarda tutilgan maqsad¬lardan biri bo‘lgan avvalgi davlat boshliqlari xorijga olib chiqib ketgan pul mablag‘larini qaytarish mumkinligiga shubha bildirmoqdalar. Shunchalik ko‘p yuridik to‘siqlar mavjudki, qashshoq mamlakatlarda ularni engish uchun mablag‘lari yetmaydi. Ayni vaqtda konvensiya qabul qilinganligi sababli mansabdor shaxslar, birinchi navbatda, korrupsiya keng yoyilgan mamlakatlarning mansabdor shaxslariga ta’sir ko‘rsatishining yangi siyosiy dastagi paydo bo‘layotganligini tan olmaslik mumkin emas. Endilikda jahon jamoatchiligining fikrini birlashtirish va harakatlarni dunyoning bunday mamlakatlari hukumatlariga qarshi muvofiqlashtirish mumkin bo‘ladi. Ularning oldilarida faqat bitta yo‘l – korrupsiyaga qarshi kurashni iloji boricha kuchaytirish yo‘li turibdi. Shu jihatdan qaraganda Xitoyning «Jenmin Jibao» gazetasida bildirgan fikr e’tiborga loyiq. Unda mamlakat BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasini imzolagani haqida xabar e’lon qilingan bo‘lib, odil sudlov organlarida ishlayotgan korrupsionerlarga qarshi kurashda erishilgan katta yutuqlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Endi ko‘p davlatlar, birinchi navbatda, Konvensiyani imzola¬gan, ratifikatsiya qilgan davlatlar xalqaro hamjamiyat oldida korrup¬siya bilan bog‘liq vaziyat haqida oshkora hisobot berishiga to‘g‘ri keladi. BMT Bosh kotibining korrupsiyaga qarshi konvensiyaning imzolanishiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi siyosiy konferensiya ochilishi munosabati bilan yuborgan maktubida aytilishicha, korrupsiya ko‘pchilik mamlakatlarda qashshoqlikning chuqurlashtirishga olib keladigan va hammamizga daxldor bo‘lgan va kutilmagan oqibatlarga olib keladigan ofat. Ushbu Konvensiya¬ning imzolanishi bu zulmga qarshi kurashimizda erishilgan yirik g‘alaba¬dir. Har yili bu kun BMTning korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan kuni sifatida nishonlanadi. Konvensiyada korrupsiya¬ni yo‘q qilish uchun davlatlarning o‘zlari mas’ul ekanligi aniq belgilangan. Konvensiyada ularga barcha mamlakatlar o‘zlarining davlat boshqaruvi rejimlarini va korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi institutlarini mustahkamlashlarda foydalanishlari mumkin bo‘lgan keng qamrovli standartlar paketi taklif qilingan.