Tan olish, xalqaro huquqiy tan olish — yangi davlatlar yoki hukumatlar yoxud boshqa organlarni mavjud davlatlar tomonidan xalqaro huquqqa muvofiq tan olish; bu hol ana shu davlatlar yoki hukumatlar yoxud boshka organlar bilan rasmiy yoki norasmiy, toʻla yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi. Xalqaro huquqiy Tan olishning turli koʻrinishlari bor: davlatni Tan olish, hukumatni Tan olish, qoʻzgʻolon koʻtargan tomonni Tan olish, milliy ozodlik organlarini Tan olish, qarshilik koʻrsatish organlarini Tan olish va boshqa Xoz. diplomatiya amaliyotida u yo bu mamlakat hukumatlari bilan mavjud davlatning yangi hukumati yoxud yangi paydo boʻlgan davlat hukumati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish yoki diplomatik munosabat oʻrnatishga rozilik berish bunday Tan olishning keng tarkalgan shakli hisoblanadi. Xalqaro huquqiy Tan olishning asosiy shakllari deyure va defaktoinr. Bironbir shartlarsiz rasman Tan olish toʻgʻrisida, deyure va defakto Tan olish toʻgʻrisida, diplomatik munosabatlar oʻrnatish yoki bunday munosabatlar oʻrnatishga rozi boʻlish toʻgʻrisida bayonot berish rasmiy tan olish hisoblanadi. Muayyan mamlakat hukumatining boshqa mamlakatning rasmiy tan olinmagan qukumati bilan aloqa oʻrnatishi, bir-birini tan olmaydigan davlatlarning xalqaro anjumanlar yoki xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishi norasmiy Tan olishni bildiradi. Mustaqillikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston Respublikasini jahonning 160 dan ortiq davlati tan oldi. Mamlakatimiz bilan 120 dan ortiq davlat diplomatik aloqa oʻrnatgan.
DE-FACTO - xalqaro huquqda davlat yoki hukumatni tan olish shakllaridan biri bo'lib, rasmiy, ammo yakuniy tan olinishni anglatmaydi. Odatda, DE-FACTO-ni tan olish ma'lum huquqiy oqibatlarning boshlanishini nazarda tutadi, ammo bu odatda vaqtinchalik xususiyatga ega, bu go'yo de-yure tan olinishga o'tish bosqichidir.
De-fakto tan olish — mavjud davlat va hukumatlar tomonidan u yoki bu mamlakatda
yangi paydo bo‘lgan davlat yoki hukumatni tan olishning an’anaviy shakllaridan biri
hisoblanadi. Bunday tan olishning sabablarini ko‘rsatish talab qilinmaydi. Odatda de-fakto tan
olishi tan olayotgan davlat yangi hukumatni yoki davlatning o‘zini yetarli darajada o‘zok,
yashashi mumkinligiga ishonchsizlik bilan Qaraganda qo‘llaniladi yoxud ma’lum vaqt o‘tgunga qadar yangi xalqaro huquq. subyektini yoki uning hukumatini rasman va to‘liq. tan olish niyati
yo‘qligini ifodalaydi. De-fakto tan olishda diplomatik aloqalar o‘rnatish shart emas. De-fakto tan
olish ayrim xollarda konsullik munosabatlarini o‘rnatishga olib kelishi mumkin, lekin bu
majburiy qoida emas. Bu tan olayotgan davlat mazkur hukumatning mavjudligi bilan
hisoblashadi va u bilan biron-bir masala bo‘yicha aloqa qilishi mumkinligini anglatadi. De-fakto
tan olingan davlat bilan hamkorlik turli sohalarda bo‘lishi mumkin, chunki bunday tan olish
natijasida xalqaro munosabatlarda suveren davlat sifatida katnashadi. De-fakto tan olish de-yure
tan olishdan ko‘p farq; qilmaydi (AKSH hukumati tomonidan 1919 yil 7 maydagi Finlyandiyani
de-fakto tan olishi shu bilan xarakterliki, 1920 yil 12 yanvar-da berilgan tushuntirish bo‘yicha bu
to‘liq; tan olish hisoblanadi).
De-yure tan olish — to‘liq» xal qiluvchi tan olishdir. U odatda diplomatik aloqalar
o‘rnatishga olib keladi.
De-yure tan olish — mamlakatda vujudga kelgan yangi davlat yoki hukumatni xalqaro
maydondagi mavjud davlatlar hamda hukumatlar tomonidan rasmiy tan olishning an’anaviy
shakllaridan biridir. Tan olishning bu turi tan oluvchi davlatning mazkur davlat bilan to‘liq;
diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga tayyor ekanligini ifodalaydi.
De-yure to‘liq; rasman tan olishdir. De-yure tan olish okibatida davlatlar oliy toifadagi
diplomatik vakillar bilan almashadilar, tan olinuvchi davlatning xorijda ma’lum mulk va boshqa
kimmatbaxo buyumlarni tasarruf qilish huquqi hamda uni tan oluvchi davlat yurisdiksiyasidan
immuniteti tan olinadi va x,.k. Biroq; ba’zan ma’lum shart (ogovorka) ilova kdlinishi ham
mumkin (ma-salan, tan olinayotgan hokimiyatni e’tirof etishning hududiy chegaralari to‘g‘risida
(1924 yilda Buyuk Britaniya bilan SSSR, 1950 yilda — XXR) yoki xalqaro majburiyatlarga
nisbatan (1947 yilda Buyuk Britaniya bilan Bolgariya Xalq. Respublikasi).
Dostları ilə paylaş: |