Demaografika va ijtimoiy statistika fanidan mavzu: aliment undiriladigan manbalar. Topshirdi: sultonova kamola



Yüklə 158,5 Kb.
tarix28.11.2022
ölçüsü158,5 Kb.
#70927
SULTONOVA KAMOLA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIYISH FAKULTETI
21/1-GURUHTALABASI SULTONOVA KAMOLANING
DEMAOGRAFIKA VA IJTIMOIY STATISTIKA FANIDAN

MAVZU:ALIMENT UNDIRILADIGAN MANBALAR.


TOPSHIRDI: SULTONOVA KAMOLA
QABUL QILDI: IBROXIMOV FARXOD
CHIRCHIQ-2022
MAVZU: ALIMENT UNDIRILADIGAN MANBALAR.
REJA:
Kirish.
Asosiy qisim.
1. Aliment olish huquqi.
2.Aliment kimlardan undiriladi.
3. Aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Aliment (lot. alumentum – qaramogʻidagi, boqimidagi) – bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda toʻlaydigan nafaqasi. A. toʻlash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, far-zandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi. Ota-onalar hamda bolalarning A. borasidagi huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi (1998-yil 30-aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ularga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Mazkur majburiyatini ixtiyoriy ravishda ba-jarmagan ota-onadan sudning hal qiluv qaroriga asosan A.undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga A. toʻlash haqida ota-onalar oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki A. ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham A. undirish toʻgʻrisida sudga da’vo bilan mu-rojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda A. undirish toʻgʻrisida da’vo qoʻzgʻatishga haqlidir. Voyaga yetmagan bolalariga A. toʻlash va ularga, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot uchun A. toʻlash tartibi va shakli haqida ota-ona 325oʻrtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak.Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’-minot berish haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, ularning ta’mino-ti uchun A. sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) b. daro-madning 1 bola uchun – 1/4 qismi; 2 bola uchun – 1/3; 3 va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Bu toʻlovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa e’ti-borga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan A. miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak.Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot be-rish ham ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi, kelishuvga erishil-magan taqdirda esa nizo sud tartibida hal qilinadi. Bunday bolalarga undiriladigan A. miqdori A. toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli sud tomonidan hisobga olinib, har oyda pul bilan toʻlanadigan kat’iy sum-mada belgilanadi. Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning ogʻir shikastlanishi, kasal boʻlishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishi shart. Qoʻshimcha harajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota(ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qoʻshimcha hara-jatlarni qisman pul bilan toʻlanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan A. ushlab qolinadi. Ota-onadan bolalarga undiriladigan A. miqdori A. toʻlovchining oylik ish haqiga va (yoki) b. daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan toʻlanadigan qatiy sum-mada belgilanishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 96-104-moddalar).Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli far-zandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻz ota-onasiga ta’minot be-rishlari va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari karamogʻida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularga moddiy yordam koʻrsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ular bunday yordam berishdan boʻyin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga aso-san belgilanadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan A. miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 1/3 qismidan kam boʻlmasligi kerak (Oʻzbekiston Respublikasi OK, 109-110-moddalar).Oila a’zolari va boshqa shaxslarning, er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning, qarindoshlar va boshqa shaxslarning A. maj-buriyatlari, A. toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish, A. larni toʻlash va undirish tartibiga oid qonun-qoidalar OKning V boʻlim, 14–18-boblarida belgilab be-rilgan.Ana shunga koʻra, A. toʻlashi shart boʻlgan shaxs A.ni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʻz arizasiga muvofiq ish-lab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʻ olayotgan joyida toʻlaydi. Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan A. arizaga muvofiq ushbu kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi. A. toʻlovchining ish, oʻqish joyi yoki turar joyi oʻzgarganligi haqida xabar qilish majburiyati ham bor. Bu majburiyat boʻyicha A. ushlab qolishi lozim boʻlgan ish beruvchi (tashkilot ma’muriyati) uch kun muddat ichida xabar berishi kerak. Shuningdek A. toʻlashi shart boʻlgan shax-sning qoʻshimcha ish haqi yoki boshqa daro-madi toʻgʻrisida sud ijrochisi hamda A. 326oluvchi shaxs yuqorida koʻrsatilgan muddatda xabardor qilinadi. A. toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JK 122 va 123-moddalarida koʻrsatilgan. Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash, ya’ni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami 3 oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaganlikda ayb-li deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda ja-rima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan shunday boʻyin tovlashi ham yuqoridagicha jazolanadi.
Prezidentning „Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan 2021-yil 1-martdan aliment undirish tartibi oʻzgardi. Mazkur farmon bilan 1-martdan boshlab ijro hujjatlari boʻyicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi. Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob varagʻi bilan birlashtiriladi. Bunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank plastik kartasi ochiladi hamda aliment pullari, shu jumladan, qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob varagʻi orqali mazkur bank kartasiga oʻtkaziladi[1].
Fuqarolarning hujjatlarsiz ishlaydigan qatlami bilan aliment undirilish tartibi belgilangan. Unga koʻra, noqonuniy tartibda ishlovchi (bozor, chet eldagi, daromadi roʻyxatga olinmaydigan) fuqarolar daromadlari axborot tarmoqlariga koʻra monitoring qilinadi. Fuqaroning toʻlayotgan soligʻi, bankka topshirgan naqd pullaridan kelib chiqib uning oʻrtacha daromadi hisoblab chiqiladi. Xorijdagi ishchilar daromadi xorijdagi hamkorlar orqali muayyan davrdagi daromadlarni aniqlash ishlari amalga oshiriladi. Umumiy daromadlardan kelib chiqib, aliment toʻlovchining qarzdorligi aniqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shunimngdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartligi aniq belgilab qo‘yilgan.
Voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv tuziladi, bunday kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da‘vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga etmagan bolaning ta‘minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir. Bundan tashqari aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab, farzand 18 yoshga yetgunga qadar ayrim holarda voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarga ham undirilishi mumkin.
Aliment qarzi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi,pensiya, stipendiya va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli bo‘lmaganda, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘idan, tijorat va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o‘tkazilgan pul mablag‘idan undiriladi, mulk huquqining o‘tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno hisoblanadi. Bu mablag‘ yetarli bo‘lmaganda undirish aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning qonun bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.
Amaldagi Oila Kodeksining 99-moddasiga asosan, aliment sud tomonidan belgilanganda ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
- bir nafar bola uchun – to‘rtdan bir qismi;
- ikki nafar bola uchun – uchdan bir qismi;
- uch va undan ortiq nafar bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin. Alimentning ixtiyoriy ravishda to‘lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi. Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin. Shuningdek, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi. Bundan tashqari Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma’muriyati aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsga ish haqi to‘langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, 3 kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to‘lashi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning hisobidan unga o‘tkazishi shart hisoblanadi.
Alimentlarni oldindan to‘lash oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadga nisbatan ulushlar hisobida belgilangan bo‘lsa, oldindan to‘langan alimentlar uchun keyingi davrlarda aliment to‘lovchining oylik ish haqi va (yoki) boshqa daromadi ko‘payishi natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha aliment to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilmaydi. Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o‘zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli. Shuningdek, aliment miqdorini o‘zgartirishda yoki uni to‘lashdan ozod qilishda sud taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga mumkin. Taraflar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini to‘lashdan ozod qilish yoki uni kamaytirishga taraflarning o‘zaro roziligi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lanadigan hollar bundan mustasno. Agar sud aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra aliment to‘lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yig‘ilgan aliment qarzni to‘lashga imkon bermaydi deb topsa, aliment to‘lovchining da’vosiga binoan uni aliment qarzlarini to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etishga haqlidir. Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq o‘zi ta’minot berishi lozim bo‘lgan aliment oluvchilar bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishi shart hisoblanadi. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o‘limi, mazkur kelishuv muddatining o‘tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tugatiladi.

  • Aliment to‘layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa;

  • aliment to‘layotgan ota (ona) nogiron bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa;

  • aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin

  • Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin