Demografiya va inson kapitali fanidan oraliq nazorat savollari
3- variant
Aholi royxati otkazishning maqsadi va mohiyati.
Demografiyada mexnat resurslarini organish, uning tarkibi va turlari
Aholining takror barpo bolishining oziga xos xususiyatlari
Berilgan jadval malumotlari tahlilini olib borish
1. Aholi roʻyxatlari – Mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayoni toʻplami. Baʼzan aholi roʻyxati tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarni yigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻyxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtkaziladi. Aholi roʻyxatlari oʻtkazilganda uyma-uy yurib, har bir yashovchi haqida maʼlumot yigʻiladi.
Aholi roʻyxatlarini oʻtkazish boʻyicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularning ichida jami voqea va hodisalarni qamrab olish tamoyili eng muhimi hisoblanib, roʻyxat oʻtkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqat shundagina aholi roʻyxatlari oʻtkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumot olish mumkin. Aholi roʻyxatiga demografiya belgilari (jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashgʻuloti, iqtisodiy faoliyat sohasi yoki turi), maʼlumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili, baʼzan dini) va hokazo maʼlumotlar olinadi
Аholini ro‘yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish aholini roʻyxatga olishning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʻliqini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish;
aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
2. Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi.
Mehnat resurslarini shakllantirish deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi. Aftidan, “takror ishlab chiqarish” “shakllanish” so’ziga qaraganda to’g’riroq bo’lardi, lekin, odatiy bo’lib qolgan, hamda, barqaror bo’lib borayotgan atamalardan ham voz kechish to’g’ri emas.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun, birinchidan mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha-mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni; uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rib chiqish lozim.
Tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;-mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish.
Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. SHu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi.
3. Aholining takror barpo bo’lishi jamiyat davomiyligini ta’minlovchi asosiy jarayon bo’lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga kelib yashaydi, balog’at yoshiga yetib, farzand ko’radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy jarayon tufayli jamiyatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo bo’laveradi. Aholining takror barpo bo’lishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonini o’sib borishini ta’minlovchi asosiy biologik jarayondir. Lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy muxit bilan bog’liq holda sodir bo’ladi. Ba’zan mutaxasislar aholi takror barpo bo’lishini aholining uch asosiy: tabiiy, xududiy (migratsiya) va sotsial harakatlari yig’indisi sifatida taxlil etadilar.
Kishilik jаmiyatining butun tаrihiy – аhоli bir аvlоdining ikkinchi аvlоd bilаn аlmаshinuvi, uning tinimsiz yangilаnib turishdаn ibоrаtdir. Bu jаrаyon hаr yili sоdir bo’lаdigаn tug’ilish vа o’lim ko’rsаtkichlаridа vа ulаr o’rtаsidаgi fаrqdа yaqqоl nаmоyon bo’lаdi. Hаr yili qаndаydir sаbаblаrgа ko’rа vаfоt etgаn аhоli urnining yangidаn, dunyogа kеlgаn аhоli hisоbidаn to’ldirib bоrishi аhоlining tаkrоr bаrpо qilinishi dеyilаdi. Tug’ilgаnlаr sоni o’lgаnlаr sоnidаn оrtiq bo’lgаndаginа, аhоli sоni оshib, ko’pаyib bоrаdi. Bu esа jаmiyat tаrаkkiyoti uchun muhimdir. Chunki, to’g’ilish o’limgа nisbаtаn kаmаyib kеtsа, аhоlining tаbiiy o’sishi to’htаb qоlаdi, uning sоni qisqarib оqibаtdа insоn аvlоdi yo’qоlib kеtishi mumkin.
Biz yuqоridа аhоli bаrchа ishlаb chiqаrishning sub’еkti dеgаn edik. Ishlаb chiqаrishning nоrmаl dаvоm etish, uning kеngаyib bоrishi uchun аhоli sоnining o’sib bоrishi muhim аhаmiyatgа egа. Аhоli bаrchа ijtimоiy bоyliklаrning bunyodkоrdir. Shuning uchun hаm аhоlining аyniqsа uning mеhnаtgа yarоqli bo’lgаn qismining sоni, ulаrning bilim vа mаlаkаsi hаr bir mаmlаkаtdа ijtimоiy ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirish uchun muhim аhаmiyatgа egа bo’lаdi.
Qаdimgi dunyo vа o’rtа аsrlаrdа аhоlining sоni uning o’sib bоrishi dаvlаtlаrning iqtisоdiy, siyosiy vа hаrbiy hоlаtigа ijоbiy tа’sir etishni qayd qilgаnlаr.
Аmmо аhоlining sоni o’sish sur’аtlаri ijtimоiy tuzimni bеlgilаb bеrmаydi. Shungа qаrаmаsdаn, аyrim оlimlаr аhоli o’sish jаmiyat tаrаqqiyotidа hаl qiluvchi rоl o’ynаydi dеgаn fikrni ilgаri surgаnlаr.
Mа’lumki, jаmiyat tаrqqiyotini bеlgilаb bеruvchi ushbu mоddiy nе’mаtlаrni ishlаb chiqаrish usulidir. Jаmiyatning аsоsiy ishlаb chiqаruvchi kuchi esа, оdаmlаr, аhоlidir. Shuning uchun hаm аhоli, uning tinmаy usib bоrаdigаn tаlаblаri, mаmlаkаtning diqqаt mаrkаzidа turаdi.
Shundаy qilib, аhоlining tаkrоr bаrpо qilinishi jаrаyonining nеgizini to’g’ilish vа o’lish vа ulаr o’rtаsidаgi fаrq tаshkil qilаdi. Аmmо аyrim hududlаr аhоlisining o’sishdа tаbiiy o’sishdаn tаshqаri, mеhаnik o’sish, ya’ni аhоlining hududiy kаytа tаqsimlаnish hаm rо’l o’ynаydi.
Dostları ilə paylaş: |