Desorbsiya . Ion almashinish jarayon va qurilmalar
Desorbsiya . Ion almashinish jarayon va qurilmalar
Reja
1. Ionlar adsorbtsiyasi. 2. Adsorbtsiyaviy xromatografiya.. 3. Qog’oz xromatografiyasi. 4. Yupqa qatlamda xromatografiya. 5. Gaz-suyuqlik xromatografiyasi. Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bi ryoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g’ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo’lgan modda esa adsorbat deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo’llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin.
Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog`langan bo’ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi. Qattiq jismning yuzasiga ta`sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko’ra adsorbsiya ikki xil bo’ladi: fizik adsorbsiya va xemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o’zaro ta`sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o’zaro ta`sirlanishi orqali yo’z beradi.
Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o’rtasida yo’z beradigan murakkab diffo’zion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) o’zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo’ladi:
1) kationitlar; 2) anionitlar. Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo’lgan ion ionitda yutiladi va sochngra regenerasiya yo’li bilan ajratiladi.