DIQQATNING NEYROFIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI VA ONTOGENEZDA
O`ZGARISHI.
•
Diqqatning rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshadi :
•
Bola hayotining birinchi hafta va oylarida mo’ljal olish refleksi namoyon bo’lib, u
ihtiyorsiz diqqatni obyektiv tug’ma belgisi bo’lib, diqqatning jamlanishi juda past
darajada bo’ladi.
•
Birinchi yil ohiriga kelib mo’ljal olish – tadqiq etish faoliyati kuzatilib, ihtiyoriy diqqatni
kelajakdagi rivojlanish vositasi hisoblanadi.
•
Bola hayotining ikkinchi yilida ihtiyoriy diqqat negizlari namoyon bo’ladi: kattalar
ta’siri asosida bola diqqatini nomi aytilgan predmetga qaratadi.
•
Bola hayotining ikkinchi yilini ohiri va uchinchi yilida ihtiyoriy diqqatni boshlang’ich
shakli rivojlanadi. Bu yoshda bola ikki predmet yoki harakatga nisbatan diqqatini
taqsimlay olmaydi.
Diqqat buzilishlariga quyidagilar xos :
• - Diqqatni saqlay olmaslik : bola topshiriqni yakuniga
etkaza olmaydi;
• - Diqqat ko’chuvchanligini buzilishi, ma’lum predmet
yoki hodisada diqqatni yig’a olmaslik ;
• Chalg’ishni o’sishi : topshiriqni bajarishda bola tinch
o’tirmaydi, ko’pincha bir ishdan ikkinchisiga o’taveradi
• - Noodatiy sharoitda diqqatni pasayishi.
• Diqqat buzilish turlari : chalg’uvchanlik,
giperharakatchanlik, inertlik, turg’unsizlik va h.z.
• Diqqat - psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun
ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan ob’ekt ustida
to’planishidan (barqaror yoki situatsiyali to’planishidan)
iboratdir. Yo’naltirilishi deganda psixik faoliyatning
tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor
tanlash tushuniladi. Masalan maktab o’quvchisining biron
boshqa narsaga chalg’imasdan, o’quv materialining
mazmuniga zehn qo’yib o’tirishda uning psixik
faoliyatning yo’nalishi ifodalanadi.
• Psixik faoliyatning yo’nalishi deganda, faqat
ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib
qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab
qolish va qo’llab-quvvatlash ham tushuniladi.
• Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan
birga, uning TO’PLANIShINI ham taqozo qiladi.
Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi - mazkur
faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan hamma
boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan
diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga
to’plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay
berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish
tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o’quv
materialini o’qish va tushunish diqqatni
to’plashsiz amalga oshmaydi.
• Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo
mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va
zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va
mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta
talablar qo`yadi.
• Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida,
turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga
kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat
e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli
tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim
olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus
pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday
bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib
keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik
orqali kiradi» - deb yozgan edi.
• Diqqat individning hissiy, aqliy eki ha
rakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini
taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi
va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib
aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir
nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga
aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz
jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir
narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va
fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat
paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong
idrokning torayishidan iboratdir.
• Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning
markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan
barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan
predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin
holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira,
xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida
namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy
jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki
aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning
muhim shartidir.
Dostları ilə paylaş: |