Diqqatning rivojlanishida neyrofiziologik xususiyatlar va ontogenezda o`zgarishi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#44216
DIQQATNING NEYROFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ONTOGENEZDA O`ZGARISHI.



DIQQATNING NEYROFIZIOLOGIK 

XUSUSIYATLARI VA ONTOGENEZDA 

O`ZGARISHI. 




Diqqatning rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshadi : 



Bola hayotining birinchi hafta va oylarida mo’ljal olish refleksi namoyon bo’lib, u 



ihtiyorsiz diqqatni obyektiv tug’ma belgisi bo’lib, diqqatning jamlanishi juda past 

darajada bo’ladi. 



Birinchi yil ohiriga kelib mo’ljal olish – tadqiq etish faoliyati kuzatilib, ihtiyoriy diqqatni 



kelajakdagi rivojlanish vositasi hisoblanadi.   



Bola hayotining ikkinchi yilida ihtiyoriy diqqat negizlari namoyon bo’ladi: kattalar 



ta’siri asosida bola diqqatini nomi aytilgan predmetga qaratadi. 



Bola hayotining ikkinchi yilini ohiri va uchinchi yilida ihtiyoriy diqqatni boshlang’ich 



shakli rivojlanadi. Bu yoshda bola ikki predmet yoki harakatga nisbatan diqqatini 

taqsimlay olmaydi. 

 


Diqqat buzilishlariga quyidagilar xos : 

• - Diqqatni saqlay olmaslik : bola topshiriqni yakuniga 

etkaza olmaydi; 

• - Diqqat ko’chuvchanligini buzilishi, ma’lum predmet 

yoki hodisada diqqatni yig’a olmaslik ; 

• Chalg’ishni o’sishi : topshiriqni bajarishda bola tinch 

o’tirmaydi, ko’pincha bir ishdan ikkinchisiga o’taveradi 

• - Noodatiy sharoitda diqqatni pasayishi. 

• Diqqat buzilish turlari : chalg’uvchanlik, 

giperharakatchanlik, inertlik, turg’unsizlik va h.z. 

 



• Diqqat - psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun 

ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan ob’ekt ustida 

to’planishidan (barqaror yoki situatsiyali to’planishidan) 

iboratdir. Yo’naltirilishi deganda psixik faoliyatning 

tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor 

tanlash tushuniladi. Masalan maktab o’quvchisining biron 

boshqa narsaga chalg’imasdan, o’quv materialining 

mazmuniga zehn qo’yib o’tirishda uning psixik 

faoliyatning yo’nalishi ifodalanadi.  

 



• Psixik faoliyatning yo’nalishi deganda, faqat 

ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib 

qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab 

qolish va qo’llab-quvvatlash ham tushuniladi.  

 



• Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan 

birga, uning TO’PLANIShINI ham taqozo qiladi. 

Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi - mazkur 

faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan hamma 

boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan 

diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga 

to’plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay 

berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish 

tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o’quv 

materialini o’qish va tushunish diqqatni 

to’plashsiz amalga oshmaydi.  

 



• Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo 

mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va 

zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va 

mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta 

talablar qo`yadi. 



• Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida,  

turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga 

kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat 

e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli 

tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim 

olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus 

pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday 

bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib 

keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik 

orqali kiradi» - deb yozgan edi. 

 



• Diqqat individning hissiy, aqliy eki ha 

rakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini 

taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi 

va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib 

aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir 

nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga 

aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz 

jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir 

narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va 

fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat 

paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong 

idrokning torayishidan iboratdir.  




• Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning 

markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan 

barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan 

predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin 

holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, 

xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida 

namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy 

jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki 

aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning 

muhim shartidir. 



 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin