Dissertant Muhammadiyeva Lolaning magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 13,12 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü13,12 Kb.
#128990
Tashqi taqriz ЛОЛА



Termiz davlat pedagogika instituti 70110201-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti Muhammadiyeva Lola Poʻlatovnaning “Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishida elementar matematik malakalarini shakllantirish yoʻllari” mavzusidagi magistr akademik daraja olish uchun yozilgan magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Oʻzbekiston Respublikasini yangicha islohatlar tizimida yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sistemasini davom ettirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, oʻz navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining bugungi kun talab darajasida faoliyat olib borishlari uchun pedagogik-psixologik yoʻnalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachilarning pedagogik-psixologik kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, hamda Oliy taʼlim muassasalari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻzaro hamkorligini ta’minlash, ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqazo qiladi.
Dissertant Muhammadiyeva Lolaning magistrlik dissertatsiyasi kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning oʻrganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, obyekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga mosligini koʻrsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda bilish jarayonining barqarorligini shakllantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida, maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan oʻyinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari oʻyinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning koʻzga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Shu maqsadda, avvalo 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovini keskin oshirish, shu bilan bir qatorda ularga sifatli ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratildi. Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda oʻrganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerakligi haqida fikrlar bildirilgan
Muhammadiyeva Lolaning 2-bobi “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishda elementar matematik malakalarni shakllantirish metodlari” deb nomlangan bobida maktabgacha yoshdagi bolalarda elementak matematik malakalarini rivojlantirishda turli kichik, oʻrta, katta va tayyorlov guruhlarda qoʻllaniladigan metod va usullar yoritilgan
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlanishini shakillantirishda bir qancha metodlar va usullardan foydalanish hamda bolalarda matematik tasavvurni tarkib toptirish yoʻllari yoritib berilgan. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni predmetlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum oʻrinni egallaydi. Ta’kidlash mumkinki, magistr Lola Poʻlatovnaning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga toʻla javob beradi, oʻzining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Muhammadiyeva Lola Poʻlatovna oʻz ishining “Tajriba sinov ishlari va natijalar”deb nomlanuvchi 3 bobida olib borgan tajriba sinov ishlari, olingan natijalari tahlili hamda muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar keltirib oʻtilgan. Ushbu magistrlik ishida maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi va elementar matematik malakalarini shakllantirish yoʻllarini diagnostika qilishda bir qancha savolnomalar, metodikalar va oʻyinlardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga koʻra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir. Muallif tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakillantirishda tarbiyachi pedagoglarga, qolaversa ota onalarga pedagogik-psixologik seminarlar va suhbatlar olib borish koʻnikma va malakalarini shakllantirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslaganligidir. Ishning alohida yutuqlari kabi quyidagilarni qayd etish mumkin: bolalarda bilish jarayonlarini rivojlanish muammosi yahlit tarzda ilmiy tadqiq etilgan. Bolalarda elementar bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizm va aniqlangan. Bolalarda elementar matematik malakalarni Rivojlantirish modeli ishlab chiqarilgan va uni amaliyotga tatbiq etish texnologiyasi yaratilgan.
Muhammadiyeva Lola Poʻlatovnananing 70110201 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi boʻyicha magistr akademik daraja olishga loyiq deb hisoblayman va mazkur ishni ijobiy baholayman.
TerDU, Ijtimoiy fanlar fakulteti
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta oʻqituvchisi,
Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa
doktori (PhD): H.M.Jumayeva.


Yüklə 13,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin