Registon nashriyoti Biologiya: Masala va ularning yechimlari (Yangi nashr)
Barcha kitoblar→ -1- @ABTbooks kanalida
DNK MOLEKULASI UZUNLIGINI TOPISH
- DNK molekulasi tarkibidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo‘ladi.
Yoki buni bitta nukleotid uzunligi deb tushunsangiz, misollar ishlayotgan vaqtda ortiqcha
qiyinchiligiz bo‘lmaydi. Bundan foydalangan holda DNK molekulasi uzunligini topish mumkin.
DNK molekulasi uzunligi topilayotganda DNK dagi faqat bitta zanjir nukleotidlaridan
foydalanamiz va ularni 0,34 soniga ko‘paytiramiz.
Agar masala shartida ikkita zanjirdagi nukleotidlar soni berilgan bo‘lsa, oldin
nukleotidlar sonini 2 ga bo‘lib olamiz, keyin chiqqan sonni 0,34 soniga ko‘paytiramiz.
Agar masala shartida DNK molekulasi uzunligi berilib, nukleotidlar soni
topilishi so‘ralgan bo‘lsa, bunda berilgan uzunlikni 0,34 soniga bo‘lamiz,
chiqqan son bitta zanjirdagi nukleotidlar soni bo‘ladi, jami nukleotidlar sonini
(qo‘sh zanjir) topmoqchi bo‘lsangiz chiqqan sonni ikkiga ko‘paytirib qo‘yasiz.
[B – tip] Masala: DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 820 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK
molekulasi uzunligi necha nm?
1) Jami nukleotidlar sonidan bitta zanjirdagi nukleotidlar soniga o’tib olamiz.
820 nukleotid
→
2 ta zanjirda
410 nukleotid = x
→
1 ta zanjirda
2) Bitta zanjirdagi nukleotidlar sonidan foydalanib DNK molekulasi uzunligini topib qo’yamiz.
1 nukleotid
→
0,34 nm
410 nukleotid
→
x = 139,4 nm
DEMAK, DNK molekulasi uzunligi 139,4 nm
1) DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 320 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK molekulasi
uzunligi necha nm____________________
2) DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 1320 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK molekulasi
uzunligi necha nm____________________
3) DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 620 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK molekulasi
uzunligi necha nm____________________
4) DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 880 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK molekulasi
uzunligi necha nm____________________
5) DNK molekulasi qo‘sh zanjirida nukleotidlar soni 180 ga teng bo‘lsa, ushbu DNK molekulasi
uzunligi necha nm____________________
Dostları ilə paylaş: |