Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday Dori



Yüklə 16,42 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü16,42 Kb.
#34879
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Dori

Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday Dori.ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. Dori.lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim Dori.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi Dori lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.

Taʼsiriga koʻra, yurak Dori.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa Dori.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan Dori.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa Dori.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dori.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha Dori.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun Dori.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.



Dori.lar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi Dori.lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (qarang Kumulyasiya). Dori ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz D.larni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan Dori.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi.

Dori.lar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir Dori.ni yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan Dori .lar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Yüklə 16,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin