Duodenal zondlash



Yüklə 131,33 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü131,33 Kb.
#46025
Duodenal zondlash

Duodenal zondlash

O 'n ikki barmoqli ichak va o't tarkibini o'rganish,

o 't yo'llari hamda o 't pufagi o'tkazuvchanligi zararlanishlari hamda oshqozon osti bezi faoliyatini baholash maqsadida duodenal zondlash o'tkaziladi

Duodenal zondlash va uni o'tkazish uslubi

O 'n ikki barmoqli ichakdagi suyuqlik 3-5 mm diametrdagi elastik rezina – zond yordamida olinadi.

Zond oxirida yonlarida teshigi bor oval metall yoki plastmassa oliva biriktirilgan.

Zondning uzunligi 1,5 m atrofida bo'lib, olivadan 45 sm (oshqozongacha bo'lgan masofa)

hamda 70 va 80 sm masofada belgi qo'yilgan.

Tekshirish och qoringa nahorda o'tkaziladi. Bemor o'tirgan holatda, og'iz biroz ochiq. Zond og'izga kiritilganda oliva til ildiziga yetadi va bemorga yutish harakatlarini bajarish taklif etiladi hamda zondning erkin harakatiga yordam beriladi.

Juda kam hollarda (qayt qilish reflekslari kuchli bo'lib, bemor zondni yuta olmaganda) halqum va qizilo'ngachni kirish qismi anesteziya qilinadi. Belgilarga qarab zondning oshqozonda ekanligi aniqlanadi va uning tashqi tomoniga kiritilgan shprits bilan aspiratsiya qilinadi

Aspiratsiyada biroz xira nordon muhitli suyuqlik oshqozon shirasi kelishi kerak. Ba’zan suyuqlik sariq bo'lsa ham (oshqozonga o'n ikki barmoqli ichakdagi suyuqlikning tushishi natijasida), biroq muhiti nordon bo'lib qoladi. Zondning oshqozondagi holati tasdiqlangandan so'ng oliva o'z og'irligi bilan o'n ikki barmoqli ichakning boshlang'ich qismiga o'tishi uchun bemor o'ng yonboshiga yotqiziladi va tosi ostiga yumshoq yostiqcha qo'yiladi.

Shundan so'ng bemorga nafas olish buyuriladi va zond sekin - asta 70 sm dagi belgigacha kiritilib, keyin olivani o'n ikki barmoqli ichakdan o'tishi kutiladi. Bu odatda 1-1,5 soat vaqt ichida yoki undan kechroq yuz beradi. Undan so'ng zondning tashqi uchi probirkaga tushiriladi va ular solingan shtativ bemoming bosh tomonidan pastroqqa qo'yiladi. Agar bemor xonada 15-20 daqiqa yurib sekin – asta zondni 70 sm dagi belgigacha yutsa keyin o'ng yonboshiga yotsa zond pilorik kanaldan ichakka tezroq o'tishi mumkin. Agar “oliva” o'n ikki barmoqli ichakka o'tgan bo'lsa zonddan ishqoriy muhitli sarg'ish suyuqlik kela boshlaydi. Umumiy o 't yo'lida tiqilish (mexanik) bo'lganda ichakdan kelayotgan suyuqlik rangsiz va muhiti ishqoriy bo'lishini nazarda tutish kerak.

U holatni tekshirib ko'rish uchun (agar shira chiqmasa) zondga shprits bilan havo yuborish mumkin. Agar u oshqozonda bo'lsa, bemor havo kiritilganligini sezadi va g'uldirash eshitiladi, o'n ikki barmoqli ichakda bo'lsa bunday hoi sezilmaydi va tovushlar eshitilishi kuzatilmaydi. “Oliva” ning aniq joylashgan joyini rentgenoskopiya yordamida aniqlash mumkin. “Oliva” o'n ikki barmoqli ichakning pastga tushuvchi va pastki gorizontal qismlari orasida joylashishi kerak.


Yüklə 131,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin