Amaliy mashg`ulot № 4
DURADGORLIK POLIROVKASI VA UNI BAJARISH
TEXNOLOGIYASI.
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog’ochga mehanik ishlov berishda texnika
xavfsizligi qoidalari. Yog’ochga mexanik ishlov berish texnologiyasi. Mexanik
ishlov berishda ishlatiladigan yog’ochlarni turlari.
Ishdan maqsad: Yog`ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning konstruktiv va
texnologik alomatlariga ko’ra tasnifi. Dastgohlar tizimining shartli belgilari,
konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari: stanina, support, shpindel,
stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik
yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash sharoiti.
Jihozlar, asbob va moslamalar: Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan
dastgohlar va asbob-uskunalar Millimetrli chizgichi, qalam, sirkul, duradgorlik
guniyasi, arralash, parmalash, randalash, elektr charx oyuvchi,dastgohlar.
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Yog’ochga mehanik ishlov berishda
ishlatiladigan o’lchov va nazorat asboblari yordamida buyumni rejalash va
texnologik xaritalarini o’rganish. Yog’ochga mehanik ishlov berishda
ishlatiladigan dastgohlar va asbob uskunalar yordamida buyumlarni tayyorlash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
1. Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish:
2. Yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish.
3. Bajariladigan ish turiga ko’ra arrani tanlash.
4. Arrani dastgoh valiga o’rnatish va mahkamlash.
5.Dastgoxda yog`och materiallarini tilish.
6.Yasaladigan buyumlarni texnologik xaritasini tuzish.
Tayyorlanadigan buyumlar: Yumaloq arrali dastgohni yurgizish va to’xtatish. Arra
tishini tekshirish. Mahsulotni (zagotovka) uzatishda qo’l harakatini o’rganish.
Tilinadigan taxtani dastgoh yo’naltiruvchi chizig`iga siqish va stol boylab yog`och
tirgak bilan siljitib (surib) tilish.
Nazorat uchun savollar:
1. Yog’ochlarni arralash,randalash va oyishda qaysi dastgohlar qo’llaniladi va
ularni tuzilishi qandayq ?
2. Dastgohlarda va mexanizmlarda amalga oshiriladigan ish usullari
duradgorlik qo’l asboblarida bajariladigan ish usullaridan qanchalik
farqliroq ekanini aniqlang.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: Mehanik ishlov berishda ishlatiladigan
nazorat o’lchov asboblarini texnik ma’lumotlari haqida. Hozirgi zamonda
yog’ochga mehanik ishlov berish usullari. Yog’ochga mehanik ishlov beruvchi
dastgohlarni ish usullari va buyum tayyorlash texnologiyasi. Qishloq xo’jaligida
yog’ochga mehanik ishlov berish ahamiyati. Yog’ochga mehanik ishlov berish
sohasidagi xalq xunarmandchiligi kasblari haqida referat tayyorlash.
YOG‘OCH ISHLASH STANOKLARI
Uquv ustaxonalarida o‘quvchilar qo‘l mehnatini yengillashtiradigan yoki
qo‘l mehnatidan ozod qiladigan, kam vaqt, oz mehnat va mablag‘ sarflab ko‘plab
mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini arzrnlashtirish imkonini beradigan
yog‘och ishlash stanoklarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ular-ni ishga sozlash, ish
vaqtida rioya qilinadigan xavfeizlik texnikasi qoidalari bilan ham tanishtiriladi va
bu stanoklar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularda stanoklarni boshqarish
va ishlash bo‘yicha mehnat malakalari xosil qilinadi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarkda yog‘och ishlash tokarlik, arralash,
randalash, frezalash, parmalash, o‘yuvchi |va. boshqa turdagi yog‘och ishlash
staioklari o‘rnatiladi.
yog‘och ishlash staioklari o‘quv ustaxonalarining sahni va xonalarning soniga
qarab, xavfeizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, turlicha joylashtiriladi
Stanoklarda ishlash vaqtida rioya qilinadigan umumiy xavfsizlik texnikasi
qoidalari:
1. Ish boshlashdan oldin stanokning ishga yaroqliligini, uning mexanizmlarini qo‘l
bilan harakatlantirib, so‘ngra salt yurgizib ko‘zdan kechirib olish kerak.
2. Stanokdagi ihota vositalarining yetarligi va ularni yaxshi o‘rganilganligini
tekshirib olish kerak. Stanokning yoki mexanizmlarning yaroqsizligi, ihota
vositalarining yo‘qligi va puxta o‘rnatilmaganligi sezilsa, ishga tushmasdan bu
haqda o‘qituvchiga yoki ustaga murojaat qilish kerak.
3. Hech qachon usta yoki o‘qituvchisiz mustaqil ravishda stanokni yoki uning
mexanizmlarini tuzatishga harakat qilmaslik kerak.
4. Stanok yonidan ketishda, elektr energiyasi bo‘lmay qolganda yoki zarur
hollarda albatta stanok to‘xtatilishi kerak.
5. Ishdan so‘ng stanokni to‘xtatib, tozalab, artib, asbob va moslamalarni
yig‘ishtirib qo‘yish kerak.
6. Stanok ishlab turgan vaqtda unga qarov berish, tozalash, moylash, unga
suyanish, o‘lchov olish, stanokni qo‘l bilan to‘xtatish qat’iy man qilinadi.
7. Stanokning metall qismlariga qo‘l tekkan vaqtda tok ursa darhol stanokni
to‘xtatib, buni o‘qituvchi yoki ustaga aytish kerak.
Dostları ilə paylaş: |