Dutor bayoti



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə1/2
tarix22.05.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#119707
  1   2
DUTOR BAYOTI


DUTOR BAYOTI.
Dutor - forscha "ikkita tor" degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy cholgulardan hisoblanib hatto tanburning ibtidoiy kurinishidan darak beruvchi cholg`u degan tahminlar ham uchraydi. Hatto shunday rivoyat ham bor:
Dutor
 (forscha) — Oʻrta Osiyo, Eron va Janubiy Osiyoda tarqalgan anʼanaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan „ikki tor“ (< du — „ikki“, tār — „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirot dutori oʻn tor’tta torli boʻladi. Dutor XV asr atroflarida paydo boʻlgan.
Yasalishi:
Dutor tut, oʻrik, yongʻoq yogʻochlaridan yasaladi. Dutorning qorni oʻnga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor boʻlgan qorin dastaga ulanadi.
Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini koʻtarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun boʻladi. Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar boʻlsa, dutorda dastasiga oʻralgan 15 ga yaqin ipak parda boʻladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari baʼzan yogʻoch yoki suyakdan yasaladi.
Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdan tayyorlanar edi. Zamonaviy dutor torlari neylondan qilinadi.

Registri[tahrir]:


Dutorda bir yarim oktava atrofidagi diatonik-xromatik gamma bor.

Chalish uslablari[tahrir]


Dutorni turli zarb bilan chalish mumkin. Yakka zarb, qoʻsh zarb, piripirak, rez kabi zarblar bilan chalinadi.

Oʻzbek xalq ijodida[tahrir]


Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga „Toʻrgʻay“, „Fargʻonacha“, „Tanovar“, „Munojot“, „Rohat“, „Jigarpora“, „Dilxiroj“, „Chertmak“, „Shafoat“, „Suvora“, „Qoʻshtor“ kuylarini kiritish mumkin.

OʻzMEdan[tahrir
DUTOR (fors — ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-a. da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida «Nolish», «Choʻpon», «Andijon Kurdi», «Andijon Sayqali», «Tuya boʻzloq», «Qoʻshtor»; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida «Sharob 1, 2», «Shafoat 1, 2, 3», Toshkent Sayqali», «Toshkent Kurdi», «Rajabiy 1, 2», «Kurash», «Dutor Bayoti», «Dutor Navosi»; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida «Guluzorim», «Bebokcha», «Bozurgoniy», «Gullar vodiysi»; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida «Koradali», «Aliqambar», «Saqili Navo» singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970-y. lardan yakka Dutorda Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov «Gilos», F. Sodiqov «Dutorim», S. Yoʻldoshev «Dil kuylasin», 3. Obidov «Togʻ goʻzali», O. Qosimov «Yangra sozim» kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar;



Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin