3.3. Mashinani boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Dvigatelni ishga tushirishdan oldin avtogreyderdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga binoan yonilg‘i materiallari miqdori va moy sathi, sovutgich tizimidagi sovituvchi suyuqlik sathi, shuningdek akkumulyatordagi elektrolit zichligi tekshiriladi. Tekshiruvlar tugaganidan so‘ng dvigatelni ishga tushiramiz. Transmissiya richaglari (dastgohlari) holati va boshqaruv dastagi neytral xolda bo‘lishi, qo‘l tormozi esa tortilgan bo‘lishi kerak.
Dvigatel ishga tushirilgandan keyin priborlar ko‘rsatgichlari, asosan dvigatel tizimidagi, asosan moy bosimi (odatda 0,35...0,5 mPa tashkil etishi lozim) va akkumulyator batareyalarining zaryad tokining mavjudligi nazoratda bo‘ladi.
Avtogreyderning joyidan qo‘zg‘alishi uchun qo‘l tormozi bo‘shatiladi, ilashish muftasi pedali bosiladi, ilashish muftasi ulanganda keyin tormozni sekin asta qo‘yib yuboriladi va yoqilg‘i berishni qo‘shib borgan holda harakatni boshlaydi.
Avtogreyder harakatini boshqarish shundan iboratki, eng asosiysi qo‘l bilan boshqaruv va tezligining o‘zgarishidir, ya’ni harakat shartlariga mos uzatmani tanlashdadir. Qazish jarayonipda bundan tashqari ishchi jixozining holatini o‘zgartirish xam boshqarib turiladi.
Uzatmaning mexanik qutti yordamida tezliklarni o‘zgartirishda quyidagi asosiy qoidalar bajariladi. Quyi tezlikdan yuqori tezlikka o‘tish uchun uzatmani qo‘shish richagni yengilgina neytral holatda ushlab turiladi. (tishli g‘ildiraklar va karetalarning aylanish chastotalari tenglashguncha) keyin tezda kerakli holatiga o‘tiladi.
Orqa yurishni faqat to‘liq to‘xtagandan keyin boshlash mumkin. Avtogreyderlarning birinchi uzatmasini asosan eng og‘ir qiyin ishlarni bajarayotgan, yon tomonli (profilli) kirqishda (metinlash), ikkinchi uzatmani esa tuproqni kesish va ko‘chirishda, uchinchi uzatmani avtogreyderlarni yo‘llarini qordan tozalash uchun qo‘llashda ishlatiladi. Eng yuqori uzatmalar transport rejimida qo‘llaniladi va ular yo‘l holati va qoplamalariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
3.4. Loyixalanayotgan mashinani gidravlik sxemasini
tanlash va asoslash
Gidravlik tizim sxemasi alohila agregatlangan gidrotizim hisoblanib, alohida gidroelementlar mashina bo‘ylab GS-250 avtogreyder gidrotizimi boshqa mashinalar uchun ham to‘g‘ri keladi. U o‘z ichiga ikkita mustaqil gidrokonturlarni qamrab oladi.
avtogreyderning gidravlik sxemasini o‘zgarishsiz qoldiramiz. Qo‘shimcha gidravlik uskuna sifatida bitta zolotnik o‘rnatish va bu zolotnik bilan boshqarish tizimini avtogreyder kabinasiga o‘rnatish lozim.
Shuning uchun avtogreyderning gidravlik sxemasiga qo‘shimcha taqsimlagichga bitta zolotnik qo‘shish va jag‘li otvalning gidrosilindrlari bilan boshqariladigan gidravlik sxemasini ishlab chiqish lozim.
Tizimda ximoya gidroklapani ko‘zda tutilgan. Uning yordamida 6...7 MPa chegarasida bosim rostlanadi. Bosim ko‘tarilgan holda klapan bakga gidrotaqsimlagichga suyuqlik yetkazib beradi.
Ishchi uskunani boshqaruv tizimida bosim ximoya klapani yordamida,10MPa,garostlanadi (klapan gidrotaqsimlagichning bosim seksiyasida o‘rnatilgan).
Gidrobak avtogreyderning asosiy ramasining ko‘ndalang trubasiga o‘rnatilgan. Ishchi suyuqlikni bakga gorlovina orqali filtrlovchi to‘r bilan qo‘yiladi. Bakda bo‘shliqni atmosfera bilan birlashtiruvchi sapun, yoki nazorat probkasi (tig‘in) ko‘rinishidagi moy o‘lchagich va tiqin mavjud. Ishchi suyuqlikni olib kelish va olib ketish uchun bak devoriga shtutserlar yordamida metall quvurlar va shlanglar mavjud.
3.5. Loyixalanayotgan mashinaning gidravlik sxemasi.
1,2-nasoslar; 3-gidromotor; 4-bak; 5,6,7,20,21,22,23- gidrotaqsimlagichlar; 5 – gidrozamok; 6,7,9,10,12 – gidrosilindrlar; 8 – gidromotor; 14 – gidroklapan; 15 – servomexanizm; 16 – oqimni bo‘lgich; 17 – filtr; 18 – gidrosilindr.
Dostları ilə paylaş: |