Ekspluatatsiyasida texnik talablar



Yüklə 19,37 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü19,37 Kb.
#111277
  1   2
Rele himoyasi, elektravtomatikasi, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni


Rele himoyasi, elektravtomatikasi, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni
ekspluatatsiyasida texnik talablar.

Reja :

1 Rele himoyasi.
2 Elektravtomatikasi, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni
ekspluatatsiyasida texnik talablar.

Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi.


Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining barqarorligiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Shuning qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak. Nonormal holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va nonormal holatlardan saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta. Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi.
Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli himoya deb nomlanadi. 6 Releli himoya elektr avtamatikaniig asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz xozirgi zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar. U energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi. Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan kuch uzgichlariga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida nonormal sharoit yoki holat bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va bu holatning harakteriga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi. Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr avtamatika bilan ta’minlangan. Elektr avtamatikaning qurilmalariga qayta ulash avtamatika (AQU), chastota asosida signallash avtamatika (ACHT) va zaxiradagi manbani ulash avtamatika (ZAU) kiradi. 1.2 Qisqa tutashuv turlari. Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyixalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak. Qisqa tutshuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutshuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi.
Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari: a), b), d) uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutshuv; e va f - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi. Qisqa tutshuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, Ya`ni manbadan qisqa tutshuv nuqtasigacha bo‘lgan uchastkaning qarshiligi. Qisqa tutshuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi: a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutshuv toki qarshilikda va t – vaqt mobaynida issiqlik ajralishiga olib keladi. Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalari qisqa tutshuv tokiga qt.. I va t vaqtga bog‘liq.
Qisqa tutshuv tokining qt.. I miqdori nominal tokdan nom I shu qadar katta bo‘lishi mumkinki, izolyasiyalar va tok o‘tkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi; 8 b) qisqa tutshuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng ishlashiga xavfli tasir qiladi. Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proporsional Shuning uchun asinxroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bu ularni to‘xtashiga olib keladi. 1.2.-rasm. Qisqa tutshuvning kuchlanish tushuviga ta’siri: a) iste’molchilarga; b) energetika tizimiga; c) to‘g‘ri, teskari va nol ketmaketlik diagrammasi. Kuchlanishning tushuvi EXM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir qiladi: v) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va og‘ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg‘un parallel ishlashlariga zarar yetishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishga olib keladi.
Buni 1.2-b rasmda izoxlash mumkin. Normal holatda turbinaning mexanik aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi o‘zgarmas va sinxrondir. E K Istemolchi nuqtada qisqa tutashish sodir bo‘lganda A elektrostansiyasining shinasidagi kuchlanish nolga yaqin bo‘ladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog‘liq generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng bo‘ladi. Bu vaqtda turbinaga oldingi miqdordagi bug‘ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti o‘zgarmaydi. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki turbinaniig aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stansiya generatorlari aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi. B stansiya generatorlari boshqa sharoitda bo‘ladilar, ular K nuqtadan uzoqdalar, Shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A stansiya generatorlarini yuklari engillashgani sababli barcha yuk B stansiya generatorlariga tushadi. Buning natijasida ular ko‘proq yuklanadilar va aylanish tezliklarini kamaytiradilar Shuning qilib qisqa tutshuv natijasida A va B stansiyalariniig generatorlarini aylanish tezliklari har xil bo‘ladi va bu ularning sinxron ishlashlarini buzilishiga olib keladi.
Elektr tizimidagi qisqa tutshuvda shikastlangan qismlarni tanlab o‘chirilishi. Uzoq vaqt davom etgan qisqa tutshuv asinxron elektromotorlarning turg‘un In-qurilmaning nominal toki. 10 ishlashlarini ham buzadi. Kuchlanishning qiymati pasayganda asinxron elektr motorning aylanish tezligi kamayadi. Agar sirpanish kritik nuqtadan o‘tib ketsa, motor noturg‘un ishlash oblastiga o‘tadi va to‘liq to‘xtash yuz beradi.
Sirpanishning ortishi bilan asinxron elektr motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ortadi va bu qisqa tutshuv tugagandan so‘ng tizimda reaktiv quvvat etishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida tizimda kuchlanishning shiddatli kamayishi sodir bo‘ladi. Elektr tizimining turg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanish isrof bo‘yicha eng katta va og‘ir shikastlanishlardan hisoblanadi.
Neytrali izolyasiyalangan elektr liniyasini yer bilan ulanishi. 1.2-rasmda ko‘rsatilgandek ulanish qisqa tugashuvga kirmaydi, undan farq qiladi, chunki shikastlangan C faza e.yu.k. si K nuqtada yerga ulangani bilan manba bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi, yani bunda hosil bo‘lgan shikastlanish toki o‘tkazgich bilan yer orasidagi sig‘im orqali manba bilan tutashadi, shuning uchun u kam miqdorga ega. Bunda chiziqli kuchlanish o‘zgarmasdan qoladi. Bu izolyasiyani buzilishiga, qisqa tutshuvlarga olib keladi


Yüklə 19,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin