Til tafakkur ko’zgusi



Yüklə 32,95 Kb.
səhifə1/3
tarix19.06.2023
ölçüsü32,95 Kb.
#132682
  1   2   3
Til tafakkur ko’zgusi.


Til tafakkur ko’zgusi.
Iskandarov Nurbek Ziyodullayevich
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy
universiteti magistranti (tel. 90-092-00-89. e-mail: iskandarovn06@gmail.com)
Annotatsiya: Adabiy tildagi hamma narsa to’g’ri va maromlidir. Shu sababli adabiy tilni kodifikasiyalangan til deb atashadi. Adabiy tilda mavjud vositalarga nisbatan “yaxshi” va “yomon”, “to’g’ri” va “noto’g’ri”, “aniq” va “noaniq”, “oson va qiyin” tarzida baholash sifatlarni qo’llab bo’lmaydi. Bunday baholash birikmalari nutq uchun dahldordir, chunki yozma, ayniqsa, og’zaki nutqda til qoidalari va maromlaridan chekinish holatlarining yuz berishi tabiiy, til xatolari emas nutq xatolari haqida gapirish lozim.
Kalit so’zlaradabiy til, milliy til, me’yor, me’yoriy ko’rinishlar, imlo, urg’u, talaffuz, tinish belgilari, leksik, grammatik, uslubiy, so’z turkumlarida me’yor, so’zlarning bog’lanish qonuniyatlari, boshqaruv, moslashuv, bitishuv, so’z tartibi, nutqiy kamchiliklar – og’zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar, varvarizmlar, dialektizmlar, vulgarizmlar, jargonizmlar, orfografik va puntktuasion me’yorlar buzilishi.
Mavzuning dolzarbligi: Adabiy til-Har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, lekin, fonetik va grammatik jihatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib, sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir. Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib, takomillashib boradi.
Masalan: Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi. Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda.
XXI asrga kelib, dunyoning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qiyofasi tubdan o’zgardi. Shu bilan bir qatorda, rivojlangan mustaqil davlatlarda demokratik tamoyillar chuqurlashgan sari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ham tezlashdi. Axborot olamining globallashuvi va axborot-komunnikatsiya sohasining jadallik bilan rivojlanib, taraqqiyotning oldingi o’rinlaridan joy olishi mavjud ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Bugun har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni OAVlarining ko’magisiz tasavvur etish qiyin.
Bugungi kunda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari (bundan keyin OAV) eng samarali uzatish va muloqot vositasi, zamonaviy jamiyatning muhim ijtimoiy institutlaridan biriga aylandi. Aynan OAV zimmasiga ijtimoiy ong shakllanishi va taraqqiyotiga oid eng muhim vazifalar yuklatiladiki, ularni amalga oshirishda muttasil takomillashuv jarayon alohida o’rin tutadi. OAV tilining maqomi ikki omilga, ya’ni biz til istilohini qaysi ma’noda tushunishimiz va OAV tili milliy tilning funksional turlari orasida qanday o’rin egallab turganligiga bog’liq bo’ladi. Hozirda OAV tili milliy tilning barcha funksional turlari orasida hukmron o’rinni egalladiki, unda barcha funksional uslublarning resusrlari mujassamlangan.
Hozirgi kunda OAV nutqining eng ta’sirchan va maqbul shakli, jamoatchilik fikri, qarashlari va kayfiyatlarini shakllantirishning samarali mexanizmi sifatida namoyon bo’layotganligi e’tirof etilmoqda. OAV ko’payib borgani sari adabiy tilda ham ma’lum o’zgarishlar, aniqrog’i, tilda so’zlashuv uslubi ta’siri ustunlik qilayotgani kuzatilmoqda. OAV ta’sirida yuzaga kelgan tildagi bunday “o’zgarish” lar ham tilshunoslik, ham jurnalistika ilmi nutqi nazaridan diqqatga molik.

Yüklə 32,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin