Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr oqimini o’tkazadigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va tuzlar elektrolitlardir. Suvdagi eritmalari elektr oqimini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.
Noelektrolit moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysunadi. Elektrolitlarning eritmalari esa bu qonunga bo’ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan hamma vaqt ortiq bo’ladi.

Noelektrolit moddalarning eritmalari uchun Vant-Goff tenglamasi Р = СRT shaklida yozilar edi. Bu tenglamani elektrolit eritmalariga tatbiq etish uchun tenglamaga izotonik koeffitsient (i) ni kiritish kerak bo’ladi. bu yerda: i – Vant-Goff kiritgan izotonik koeffitsient, u tajribada topiladi.
Р = i CRT
Bu koeffitsient doimo 1 dan ortiq bo’lib, eritmaning tajribada kuzatilgan osmotik bosimi Р1 ning, muzlash temperaturasining tajribada kuzatilgan pasayishi t1МУЗ ni va qaynash temperaturasini ko’tarilishi Tqay ni Vant-Goff va Raul qonunlariga asosan hisoblab chiqilgan qiymatlaridan i marta kattaligini ko’rsatadi: