Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi.
Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning protsent mikdori 0 dan 100% gacha buladi. Masalan: N3 SO4 C2 H5 OH lar suvda chegarasiz eriydi.
Lekin juda ko’pchilik moddalarni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar eriydi. Masalan: uy temperaturasida osh tuzi suvda eriganida uning miqdori 26, 48% dan ortmaydi.
Eritmalarning fizik xossalari t, qaynash erigan modda miqdori ortuvi bilan o’zgaradi. Eritmalarning ximiyaviy xossalari eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o’zgaradi. Eritmalar ionli va jonsiz tabiat uchun muhim ahamiyatga ega, ayniqsa fan va texnika katta rol oynaydi. Hayvon va o’simlik organizmidagi fiziologik protsesslar, sanoatda olinadigan ishqorlar asosan eritmalarda sodir bo’ladi.
Kolloid eritmalar.
Kristallik tuzilishga ega bo’lgan moddalar kristalloidlar deb, amorf massa hosil qiladigan moddalar kolloidlar deb ataladi. Kolloid grekcha «kolla» so’zidan olingan bo’lib yelim demakdir. Kristalloidlar osh tuzi, shakar va boshqalar misol bo’la oladi. Kolloidlarga esa yelim, jelatina, tuxum oqi va boshqalar misol bo’la oladi. Keyingi vaqtda kolloidlar deb optik mikroskop bilan ko’rinmaydigan zarrachalarga aytilmoqda. Zarrachalar razmeri 1 panometrdan 400 ponometrgacha bo’lgan moddalar holatiga (1 ponometr = 10-2 metr = 10-7 santimetr) moddelarning kolloid holati deb aytiladi.
Bir modda ikkinchi modda ichida ma‘lum darajada mayda zarrachalar holida taqsimlangan har qanday sistema dispers sistema deb ataladi (dispers grekcha «disperg» so’zidan olingan bo’lib tarqatmoqda). Maydalangan modda sistemaning dispers fazosi deb, uni urab olgan modda esa dispertsion muhit deb ataladi. Masalan: gilning suvdagi suspenziyasida gil zarrachalari dispers fazoni, suv esa disperzitsion muhitni tashkil etadi.
Dispers sistemalar har xil bo’ladi, chunki ularning fazolari moddalarning uch agregat holatining istagan holatida bo’lishi mumkin.
Dispertsion muhit gaz bo’lgan dispers sistemalar aerozollar deb ataladi. Bulut, chang va tutunlar aerozollarga misol bo’ladi.
Kolloid eritmalar yoki zollar deb ultramikroskop yordamida paykaladigan zarrada kichik bo’lgan dispers sistemalarga aytiladi.
Kolloid eritmalar ba‘zi moddalarni, masalan, oqsil, jelatina va shunga o’xshash moddalarni suvga uzoq vaqt tegib turishi natijasida hosil qilinadi. Ba‘zi moddalarning kolloid eritmalarini hosil qilish uchun, ular suyuqlikka qo’shib ezg’ilanadi.
Ximiyaviy reaktsiyalar natijasida ham kolloid eritmalar hosil bo’ladi. Masalan: arsinat kislota eritmasiga ma‘lum vaqt vodorod sulfat yuborib turilsa.
2H3 AsO3 + 3H2S = As2S3 + 6H2O
mishyak (III) – sulfitning oltindan sariq tiniq zoli (kolloid eritmasi) hosil bo’ladi.
Ko’pchilik xollarda kolloid zarrachalar biror elektrolit bor muhitda hosil bo’ladi. Agar zarrachalar asosan bir tipdagi yoki nukul bir tipdagi ionlarni, ya‘ni yo kationlarni yoki anionlarni adsorbilash qobiliyatiga ega bo’lsa, shu bilan birga bu ionlarning zaryadini ham oladi. Masalan: mishyak (III) – sulfid arsenat kislotasining H A O eritmasiga vodorod sulfid ta‘sir etganda hosil bo’ladigan kolloid zarrachalar eritmada HS ionlarni adsorbilab, manfiy zaryadlangan juda katta anionlarga aylanadi, bu anionlarning tarkibini quyidagi shartli formula bilan ifodalash mumkin:
{[As2S3]m · X H S-}
Bundan ko’rinib turibdiki zaryadlangan kolloid zarrachalar qarshi ionlar deb ataladaigan qarama-qarshi zaryadli ionlar mavjud bo’lgandagina eritmada tura oladi. Bu misolda fodorod ionlari qarshi ionlardir.
Zaryadlangan kolloid zarrachadan va uni muvozanat holatida ushlab turadigan ionlardan iborat sistema mitsella deb ataladi. Mitsellaning struktura tuzilishi rasmda keltirilgan.
Kolloidlarni o’rganish muhim ahamiyatga ega, chunki ular sanoat va texnikaning nihoyatda xilma-xil tarmoqlarida ko’p ishlatiladi. Masalan: kun (teri oshlash) sanoati, rezina, to’qimachilik, sovungarlik, shisha, fotografiya, keramika sanoatlari, sun‘iy tola, plastik massa va boshqalar ishlab chiqarish sanoatining ana shunday tarmularidandir. Bu ishlab chiqarishlarning ko’plarida kolloid ximiya nazariyalari texnologig protsesslarni oydinlashtirish va yaxshilashga yordam beradi.