Elektron didaktik materiallarni yaratishda pedagogik dasturiy vositalarni qo’llash kurbonova Mahtuna Bakhtiyor qizi



Yüklə 22,04 Kb.
səhifə1/4
tarix02.05.2023
ölçüsü22,04 Kb.
#105707
  1   2   3   4
Qurbonova M


ELEKTRON DIDAKTIK MATERIALLARNI YARATISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNI QO’LLASH


Kurbonova Mahtuna Bakhtiyor qizi-Nizami TDPU,
Faculty of Vocational Education, 4th year student of
Computer Graphics and Design


Abstract: Mazkur maqolada kompyuter grafikasi tarixiga nazar, o‘rgatuvchi dasturiy vositalar Articulate Storyline Adobe Captivate 5 dasturi, CourseLab dasturi, iSpring dasturi, AutoPlay Media Studio dasturi imkoniyatlari pedagogik dasturiy vositalar yordamida turli xil electron didaktik materiallar yaratish keltirib o’tilgan.

Keywords: Kompyuter grafikasi, geometrik jismlar, model, axborot, texnologiya, kesmalar, kompyuter grafikasi, vektorli grafika, rastrli grafika, uch o'lchovli.


Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to'g'risidagi fan sifatida qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo'lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma'lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo’lib. ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo'nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko’rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu vo'nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga, ya'ni chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo'naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o'rganishga qaratildi. Bu yo'nalish uch o'lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’liq masalalarning paydo bo'lishi uch o’lchovli grafikaga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo ilan ish sohalari ancha kengaydi, ya'ni uni keng tatbiq qilish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bagishlangan. Bu tamoyillarga ko'ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro'yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo'ldi. EHMlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi.
Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarining ta’lim tizimlarida turli o‘rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O‘rgatuvchi ko‘rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida yaratiladi. Ta’lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, chunki talaba bir vaqtni o‘zida eshitadi, ko‘radi, bajaradi. Quyida avvalgi rejada keltirilgan mualliflik dasturiy vositalarning imknoiyatlarini keltiramiz.

Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin