Elektron paramagnit rezonans hodisasi



Yüklə 18,08 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü18,08 Kb.
#196257
  1   2   3   4
Elektron paramagnit rezonans hodisasi-fayllar.org


Elektron paramagnit rezonans hodisasi

1.1 Elektron paramagnit rezonans hodisasi.
Oldin qayd qilinganidek magnit rezonansi bu magnit maydon ta‟sirida spin orientatsiyasining rezonans o„zgarishi va natijada energetik sathlarning ajralishi xodisasi hisoblanadi. Energiya sathlarining bu ajralishi elektronlar va yadrolar spinlarining magnit maydon bilan o„zaro ta‟siri natijasida sodir bo„ladi. Shuningdek bunday ajralish shu zarralar momentlarining elektr kavadrupol ta‟sirida ham sodir bo„lshi mumkin.


Elektron – paramagnet rezonans. Elektron spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalaladi, ular orasida o„tishlar imkoni bor.
Magnit maydon yo„qligida elektronlar spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalanadi, ular orasida o„tishlar imkoni bor.
Magnit maydon yo„lidagi elektronlar spinlari fazoda tartibsiz yo„nalgan va yig„indi magnit moment nolga teng. Modda namunasi doimiy magnit maydonda joylashganda spinlar maydon bo„ylab yoki maydonga qarshi yo„nalgan bo„ladi. Spinning magnit maydoniga parallel yo„nalishi energiya jihatidan antiparallel yo„nalishga nisbatan qulay bo„lganligi sababli elektronlar spinlarining ko„p qismi magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi. Oqibatda induksiyalangan magnitlanish vujudga keladi, magnitlanish vektori magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi, yani Pauli paramagnetizmi paydo bo„ladi. Qo„shimcha yuqori takroriylikli maydon, muayyan takroriylikda, maydonga parallel spinli elektronlarni antiparallel yo„nalishli holatga o„tkazadi, demak, yuqori takroriylikli elektromagnit maydon energiyasi kuchli yutiladi elektron paramagnet rezonans hodisasi yuz beradi.
Elektron – paramagnet rezonans yuz berishi uchun kristalda spinlari juftlanmagan elektronlar bo„lishi shart. Masalan, temir atomida elektronlar ichki qobig„i to„lmagan va juftlanmagan spinlar mavjud. Bunday atomlarda Elektron – paramagnit rezonansni yaxshi kuzatish mumkin. Agar yarim o„tkazgich kristalida o„tish elimentlari (Fe, Co, Ni) ning atomlari mavjud bo„lsa, Elektron – paramagnit rezonans usulida ularning 1011 – 1012 sm-3 chamasidagi miqdorini aniqlab olish mumkin.
Magnit rezonans hodisalardan yana biri tsiklotron (diamagnit) rezonans hodisasidir. Kuchli magnit maydonida erkin elektronlar yoki kovaklar maydon atrofida aylanma harakat (pretsessiya) qiladi. Agar bu harakat takroriyligi (tsiklotron takroriylik) namunadan o„tkazilgan elektromagnit nurlanish takroriyligiga teng bo„lsa, nurlanish kuchli darajada yutiladi.



Yüklə 18,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin