Elektronika va sxemalar fanidan laboratoriya mashg’ulotlari 1-laboratoriya ishi: Universal laboratoriya stenti bilan tanishish



Yüklə 6,13 Mb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü6,13 Mb.
#162690
  1   2   3   4   5   6
1-laboratoriya


ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI
1-laboratoriya ishi: Universal laboratoriya stenti bilan tanishish.
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi komponentlardan foydalaniladi:

  • sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori;

  • kalit;

  • voltmetr va ampermetr;

  • vaqt relesi;

  • ossillograf;

  • rezistorlar;

  • tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori.

Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori (3-rasm) uchta chiqishga ega: umumiy (yer), musbat (+), manfiy (-).

1.1-rasm. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generator
Generatorning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilsa uning oynasi ochiladi (1.2-rasm).




1.2-rasm. Kuchlanishlar generatorining oynasi
Ochilgan oynaning yuqori qismida kerakli shakldagi signalning tasviri bosiladi va uning quyidagi parametrlari o‘rnatiladi:

  1. Chastota Frequency maydonida Hz, kHz yoki MHz larda o‘rnatiladi;

  2. Signal shaklining simmetrikligi Duty cycle parametri orqali beriladi;

  3. Signal o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi μV, mV, V yoki kV larda Amplitude maydonida ko‘rsatiladi;

  4. Agar zarur bo‘lsa signal o‘zgarmas tashkil etuvchisining amplitudasi Offse maydonida ko‘rsatiladi.

Kalitning tasviri 1.3-rasmda ko‘rsatilgan.



1.3-rasm. Kalit
Kalitni almashtirib ulash uchun kvadrat qavs ichida ko‘rsatilgan klavisha bosiladi, masalan [probel].
Voltmetr va ampermetr 1.4-rasmda ko‘rsatilgan. Ularning ichki qarshiliklari xossalarida beriladi.



1.4-rasm. Voltmetr va ampermetr
Vaqt relesi (1.5-rasm) ulanish vaqti (on) va uzilish vaqti (off) parametrlariga ega.



1.5-rasm. Vaqt relesi
Ossillograf (1.6-rasm) ikkita kanalga va to‘rtta kirishga ega.





1.6-rasm. Ossillograf

Uning kirishlari quyidagilar:



Ossillografning tasviri ustida sichqonchaning chap tugmasi to‘xtovsiz ikki marta bosilganda uning oynasi hosil bo‘ladi (1.7-rasm).

1.7-rasm. Ossillografning oynasi
Oynadagi Expend tugmasini bosish yo‘li ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishga o‘tkazish mumkin (1.8-rasm).



1.8-rasm. Ossillografni kattalashtirilgan ko‘rinishdagi oynasi

Ossillografning Time base qismida uning ishlash rejimini beruvchi Y/T, B/A, A/B ulab-uzgichlar joylashgan. Y/T rejimida kirishlar A va B, abssissa o‘qi vaqt bo‘ladi, vaqtning qadami beriladi. B/A yoki A/B rejimida ossillografning og‘diruvchi plastinalariga A va V kirish kanallaridan kuchlanish beriladi.


Kuchlanish bo‘yicha masshtablar Channel A va Channel V sohalarida o‘rnatiladi. Pastda kirish ulab-uzgichlari AC(o‘zgaruvchan) / 0(nol) / DC(o‘zgarmas) joylashgan.
Bir omli rezistorlar (1.9-rasm) sxema tarmoqlarida qiymati tokka teng bo‘lgan kuchlanish olish uchun ishlatiladi.


1.9-rasm. Bir omli qarshilik
Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori (1.9-rasm) qiymati tokka teng yoki proporsional bo‘lgan kuchlanish olish uchun foydalaniladi. Bunda, bir omli qarshilikdan farqli ravishda tadqiq qilinayotgan zanjirga qo‘shimcha qarshilik kiritilmaydi.



1.9-rasm. Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generator
1.2.Laboratoriyani bajarish uchun topshiriq.
1. Electronics Workbench dasturini o’rnatishni o’rganish.
2. Electronics Workbench dasturining komponentlarini o’rganish menyular qatori bilan ketma-ketlikda tanishish.
3. Electronics Workbench dasturida sodda elektr zanjirini tuzish.
4. Electronics Workbench dasturida tuzilgan elektr zanjirida natija olish va uni jadvalga kiritish.

Yüklə 6,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin