Erkin va ochiq kodli lms dasturlar Reja: lms tizimi haqida



Yüklə 19,75 Kb.
səhifə1/4
tarix26.09.2023
ölçüsü19,75 Kb.
#149008
  1   2   3   4
LMS TIZIMI HAQIDA

Erkin va ochiq kodli LMS dasturlar

Reja:

1. LMS tizimi haqida

2. Boshqa o`quv tizimlari

3. Moodle tizimi haqida



LMS INTERFEYSI

Masofaviy o‘qish – bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi.

U o‘quvchiga o‘qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi.

O‘qituvchi uchun esa internetda o‘z o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.

DIQQAT

Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS – Learning management systems) – bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.

Learning

Learning – o‘qitish.

LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.

Management

Management – boshqaruv.

Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.

System

System – elektron tizim.

LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.

LMSNING AFZALLIKLARI:

Foydalanishning erkinligi – o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi mumkin.

Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari mumkin.

LMSNING AFZALLIKLARI:


Yüklə 19,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin