"Ёш даврлари ва педагогика психология"



Yüklə 99,42 Kb.
səhifə1/27
tarix02.06.2023
ölçüsü99,42 Kb.
#122464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Yosh davrlari psixologiyasi test savollari va javoblar


AIM.UZ

"Yosh davrlari psixologiyasi"
?Yosh davrlari psixologiyasining fan sifatida o’rganish sohasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
+ Odam psixikasining yosh davrlar dinamikasini, rivojlanayotgan odam shaxsining psixik sifatlarini va psixik jarayonlarning ontogenezini o’rganadi;
?Pedagogik psixologiya fan sifatida o’rganadigan sohasi ko’rsatilgan javobni aniqlang?
+Ta’lim va tarbiyaning psixologik konuniyatlarini va o’kituvchi psixologiyasini o’rganadi;
?Bola psixik rivojlanishining shartlari nimalardan iborat?
+Bolaning odamlar orasidagi hayoti, psixik faolligi, ijtimoiy tashqil etilgan va rag’batlantirib turuvchi faoliyati.
?Ijtimoiy muhit va ijtimoiy munosabatlar boladagi qaysi anotomik-fiziologik o’zgarishlarga bog’liq?
+Tik turib yura olish, predmetli faoliyat va nutqni egallash;
?Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar bayon etilgan javobni aniqlang?
+ Bola rivojlanishiga ta’sir etuvchi yangi ijtimoiy sharoitini kelib chikishini, bu sharoitning bola syujetli - rolli o’yinlarida ifodalanishi; o’z - o’zini tushunish va o’z - o’zini baholashning o’sishi; harakat motivlari va shaxsiy xulq - atvorini boshqalar talabiga moslashtirilishi, o’quv faoliyati elementlarini o’zlashtirilishi.
?Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi qanday xususiyatda ifodalanadi?
+ Bola hissiyot va irodasi rivojlanishidagi ma’lum darajaning shakllanganligi va shu asosida ixtiyoriy ongli o’sish ehtiyojining shakllanganligi, o’z xatti - harakatlarini ixtiyoriy boshqara olishning shakllanganligi;
?Uch yosh krizisi (inqirozi) qanday xatti - harakatlarda ifodalanadi?
+O’zini o’zgalardan farqlay (ajrata) olish, o’z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish, o’z istaqlarini katta yoshdagi odamlar xohish istagiga qarama - qarshi qo’yish va kattalarni bolaga munosabatida eski tipdagi munosabatini saqlab qolishi;

Yüklə 99,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin