Esse. Qurilishda ishlab chiqarishni tashqil qilishni o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 54 Kb.
tarix10.02.2022
ölçüsü54 Kb.
#52337
ESSE. Choriyorov Asror


ESSE. Qurilishda ishlab chiqarishni tashqil qilishni o’ziga xos xususiyatlari

Qurilish ishlab chiqarishi uchun iqtisodiyotni boshqarishga oid umumiy qonuniyatlar amal qiladi. Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatida qurilish ishlab chiqarishdan ko‘p jihatdan farq qiladi: jumladan, bu yerda o‘ziga xos xususiy, ya’ni uni tashkil qilish va boshqarish bilan belgilanuvchi, iqtisodiyotning faqat ushbu sohasi uchun xos bo‘lgan qonuniyatlari amal qilishi ham kuzatiladi. Qurilishning shu kabi ob’yektiv xususiyatlarini tushunib yetish va hisobga olish – bu qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish va boshqarish shakllari va uslublarini to‘g‘ri tanlab olishning zarur sharti hisoblanadi. Qurilish ishlab chiqarishining birinchi o‘ziga xos xususiyati – bu ishlab chiqirilgan mahsulot – ya’ni, qurilish ob’yektlarining (bino va inshootlar) bir joydan ikkinchisiga ko‘chmasligi va hududiy jihatdan muayyan o‘ringa egaligi, shu bilan birga ishlab chiqarish qurilmalari va vositalarining (ishchilar, mashinalar va boshqalar) harakatchanligi, ya’ni bitta ob’yektdan ikkinchisiga doimiy ravishda ko‘chirilishi bilan bog‘liqligi. Qurilish ob’yektlarining keng hududda (shahar, tuman va h.k.) tarqoq holda uzoq masofalarda joylashishi boshqaruv bo‘linmalarini avtonom ish olib borishga majburligini belgilab, o‘z navbatida, bu holat axborotlar almashinuvini murakkablashtiradi, o‘zaro tezkor aloqalarga kirishish va boshqaruvni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Solishtirish uchun sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalarida qurilmalar va mehnat vositalarining bir joyga mahkamlab o‘rnatilishi, ishlab 29 chiqarish mahsulotlari esa bir joydan ikkinchisiga ko‘chirilishi, harakatchanlik tavsifiga ega bo‘lishini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Qurilishning bu xususiyati ishlab chiqarish jarayonining barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va bir maromda bajarilishini ta’minlashda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bundan qurilishning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati– ya’ni, atrof-muhit, tabiiyiqlim sharoitlariga bog‘liqligi kelib chiqadi. Qurilish ishlab chiqarishi mahsuloti bevosita yer bilan bog‘liq. U bino va inshootlarining asosini, poydevor tayanadigan zamin rolini o‘ynab, uning ajralmas qismini tashkil qiladi. Tabiiy ravishda, ushbu asos murakkab geologik va gidrogeologik tavsiflarga ega bo‘lgan dinamik tizim bo‘lib, u suv, harorat, seysmik tebranishlar, mavsumiy tebranishlar va shu kabilar ta’siri ostida o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega hisoblanadi. Qurilish ishlari ochiq havo sharoitlarida amalga oshirilib odamlarga tabiiy – iqlim omillari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: jumladan, atmosfera hodisalari, yil mavsumlari almashinuvi (mavsumiy tebranishlar) va sutkaning o‘zgarishlari (harorat va yorug‘lik) ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi. Qurilish butun yil davomida amalga oshirilishiga qaramasdan, mavsumiy shart–sharoitlar qurilish uslublarini tanlashga o‘z ta’sir qiladi. Bularning barchasi qurilishni tashkil qilish va ishlarni bajarish texnologiyalariga ko‘rsatadi va ishlab chiqarish joyi va vaqtiga bog‘liq holda, qabul qilingan qaror va yechimlarning ko‘p sonli bo‘lishini belgilab beradi. Ayrim qurilish jarayonlari me’yorlashganiga qaramay ob’yektlarni barpo qilish texnologiyalari xilma-xilligi ularning bu turkumda me’yoriylashtirilishi murakkab bo‘lishi natijasida har bir loyiha uchun sharoitlarni hisobga oladigan alohida ishlarning bajarilish loyihasi (IBL) ishlab chiqilishi kerak. Bundan ko‘p sonli tashqi omillarning oldindan yetarlicha aniq bashorat qilish qiyin bo‘lgan uzluksiz tavsifdagi ta’sirlarga uchrashi sharoitida tizimni boshqarish murakkabligi kelib chiqadi. Ishlarni bajarish shart-sharoitlarining xilma-xilligi foydalanuvchi texnikaga qo‘yadigan talablarning o‘ziga xosligini belgilab, 30 tashkiliy shakllar va ishlarni bajarish uslublariga ta’sir ko‘rsatadigan odam faoliyati omiliga ham alohida talablar qo‘yilishini belgilab beradi. Ishlab chiqarishning uchinchi o‘ziga xos xususiyati material sig‘imdorligi bilan belgilanadi. Material sig‘imdorligi loyihada ko‘zda tutilgan turli hajmiy–tarh va konstruktiv yechimlar, ularni amalga oshirishda xilma-xil materiallar (yer, temirbeton, yog‘och, plastmassa, to‘kiluvchan materiallar va ko‘plab boshqalar)dan foydalanish asosida hal qilinadi. Yuklash va tushirish ishlari hamda tashish jarayonlarida ko‘p miqdorda mehnat sarflanadi va transport vositalari jalb qilinadi. Bundan tashqari qurilishda kata material sig‘imdorligi materiallarning kafolatlangan zaxiralariga ega bo‘lishni qiyinlashtiradi. Albatta, bu holat sanoat ishlab chiqarishida ham kuzatiladi. Shuningdek, materiallarning bir qismi (masalan, tovar sifatidagi qorishma, eritmalar) omborda saqlanmaydi va ular tayyorlanganidan keyin 1–2 soat davomida ish joyiga yetkazib berilishi talab qilinib, bu o‘z navbatida qurilish jarayonini transport vositalariga bog‘liqlik darajasini yanada oshiradi. Bu qonuniyatlar qurilishga va uning barcha bosqichlari uchun birday xos bo‘lib, iqtisodiy tizimga bog‘liq hisoblanmaydi. Qurilish ishlab chiqarishining to‘rtinchi o‘ziga xos xususiyati – bu oldin sanab o‘tilgan har uchta o‘ziga xos xususiyatdan kelib chiqqan holda, statsionar zavod sharoitidagi ishlab chiqarishdan qurilish maydoni ishlab chiqarishiga yetkazib berilish tendensiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z navbatida, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan salbiy omillar ta’sirining kuchsizlanishini belgilab beradi. Qurilish ishlab chiqarishi rivojlanishining asosiy yo‘nalishi– industrial uslublarning takomillashtirilishi bo‘lib, bunda qurilish yig‘ish–montaj maydoniga aylantiriladi va bu yerga zavoddan maksimal darajada tayyor holdagi yiriklashtirilgan yig‘ma elementlar olib kelinadi. Qurilishning industriallashtirilishi qurilish industriyasi sohasining (temirbeton, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodlari va boshqalar) tashkil qilinishi va takomillashtirilishini belgilab beradi. Bu holat qurilishda mehnat unumdorligi 31 ortishiga olib kelib, bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos boshqaruv qiyinchiliklarini vujudga keltiradi. Qurilish ishlab chiqarishining yakuniy ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lgan bino va inshootlarni barpo etishda turli xil sohalarga (industrial ishlab chiqarish – transport – qurilish) uzviy bog‘liq va bu boshqaruv jarayoni uchta boshqaruv markazi tomonidan amalga oshirilishini anglatadi. Uchta asosiy va ko‘p sonli boshqa qurilish ishlab chiqarish, boshqacha aytganda, konveyeri ishtirokchilarining bajarayotgan ishlarini uyg‘unlashtirish zarurati kelib chiqadi – bu esa ishlab chiqarishni tashkil qilishda nisbatan murakkab va asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Qurilishning o‘ziga xos beshinchi xususiyati –ishlab chiqarish siklining davri va qurilish mahsulotining tannarxi yuqoriligi bilan belgilanadi. Qurilish ob’yektlarining tannarxi o‘n-yuz milliard so‘mgacha yetishi mumkin. Bu tabiiy holat hisoblanadi. Qurilish davri bir necha yilni tashkil qilishi mumkin. Bu davr davomida yirik moliyaviy vositalar aylanma harakatdan chiqariladi (sarflanadi) va moddiy qimmatga ega bo‘lgan vositalar sarflanadi. Qurilishning umumiy davrida tashkiliy yoki texnologik tayyorgarlik davri kattagina vaqtni o‘z ichiga olib, bu vaqt davomida tadqiqot ishlari, loyihalash va tayyorgarlik davriga tegishli boshqa ishlar bajariladi. Ob’yektlarni qurishda uzoq davom etadigan davr rejalashtirish va boshqarish tavsiflariga ta’sir qiladi va boshqaruvning iqtisodiy funksiyasi bajarilishini qiyinlashtiradi. Qurilish, umumiy holda butun investitsiya davrini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora–tadbirlarga aniqlik kiritilishi sarflangan sarmoyaning o‘zo‘zini qoplashini tezlashtiradi va yakuniy holatda buyurtmachi, quruvchi va umumiy jamiyat manfaatlari uchun foydali ta’sirga ega hisoblanadi. Qurilishning oltinchi o‘ziga xos xususiyati – bu mehnatni tashkil qilishning brigada shakli ustuvorlik qilishi hisoblanib, bu holat faqat MDX davlatlarida qurilishni tashkil qilish tajribasi uchun xos hisoblanadi. Bu holatda barcha joyda mavjud bo‘lgan qurilishdagi brigadalardan (zvenolar) foydalanish 32 nazarda tutilmaydi, balki sobiq Ittifoq hududida va joriy Rossiya hududida mehnatni tashkil qilishning brigada shaklining o‘ziga xosliklari, inqilob davrigacha mavjud bo‘lgan artellarga xos xususiyatlarning saqlanib qolishi, mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida ish taqsimlanishi va mehnatga haq to‘lashda jiddiy farqlar kuzatilishi kabilar e’tiborga olinadi. Shakliga ko‘ra turli brigadalardan foydalanishning asosiy sababi – bu majmuaviy holatlar bilan bog‘liq, yakuniy mahsulot – materiallar va mexanizmlar bilan ta’minotda surunkali to‘xtalishlar hisoblanib, bu holat yaqqol yashirin tavsifli to‘xtalishlarga olib keladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun turli kasblarning birlashtirilishidan foydalanish tavsiya qilinadi, bunda brigada a’zolari o‘z ish joyini tashlab ketmagan holda resurslar bilan ta’minlangan boshqa turdagi ishlarni bajarish nazarda tutiladi. Ob’yekt bo‘yicha barcha qurilish ishlari majmuini bajarish uchun yiriklashtirilgan, ya’ni yakuniy mahsulotni yaratib ob’yektni to‘liq topshiradigan brigadalarni tashkil qilish qurilishda brigada uslubining takomillashtirilishiga olib keladi. Bu holda mazmun–mohiyatiga ko‘ra, o‘z–o‘zini tashkil qilish hisobiga vaqtida ta’minlanmaslik tufayli vaqt yo‘qotilishini kamaytirish imkonini beradigan mehnat jamoasi tashkil qilinadi. Shunday qilib, qurilish rahbariyati o‘z ishlab chiqarishida tashkilotchilik funksiyasini brigada va brigada boshliqlari zimmasiga yuklashi qayd qilinadi. O‘z davrida bu holat ijobiy natija berishi kuzatilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan shakllar ommaviy tarzdagi malaka talab qilmaydigan ishlarni bajarishda quyi malakali ishchilarni birlashtirishga xos hisoblanib, bu esa ishlab chiqarish va umumiy holatda jamiyatning zamonaviy rivojlanish darajasi shart–sharoitlari va talablariga nomuvofiq hisoblanadi, ya’ni zamonaviy shart–sharoitlar tor doirada ixtisoslashtirilgan yuqori malakali va unchalik katta tarkibga ega bo‘lmagan zvenolardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Qurilishning o‘ziga xos yettinchi xususiyati – bu bajaruvchilarning asosiy mehnat qurolidan begonalashtirilish bilan birga ixtisoslashtirishning 33 alohida shakli bilan belgilanadi. Faqat qurilishda asosiy qurilish mashinalari boshqa tashkilot (MB – mexanizatsiya boshqarmasi va boshqalar) ishchilari tomonidan boshqariladi, shu mashinalar yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshiruvchi brigadalar esa – boshqa tashkilotlarga mansub bo‘ladi. Vaziyatning o‘ziga xosligini ko‘rsatish maqsadida biror ishlab chiqaruvchi zavod sexlarining boshqa zavod ishchilari va mos ravishda boshqa rahbariyatga bo‘ysinadigan ishchilar tomonidan boshqarilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Qurilishning o‘ziga xos sakkizinchi xususiyati – bu kooperatsiyalarning o‘ziga xos shakli bilan belgilanadi. Qurilish ishlab chiqarishida faqat unga xos kooperatsiya shakllaridan foydalaniladi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishda bu holat asosan zavod (buyurtmachi, iste’molchi) – ta’minotchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan chegaralanadi. Muayyan mashinalarni ishlab chiqarishda qo‘shimcha bajaruvchilar o‘z mahsulotini ishlab chiqarishning tashkil qilinishi va texnologiyalardan mustaqil bo‘lishi, bunda faqat tegishli qismlar yoki mashinalarni ta’minotchilar bajarishi qayd etiladi. Qurilishda qo‘shimcha bajaruvchilar – ya’ni subpudratchilar ob’yekt qurilishi bo‘yicha qurilish maydonida o‘zlariga tegishli ishlarni bajaradilar, lekin qurilish mahsulotining asosiy yaratuvchisi hisoblangan – bosh pudratchi bir vaqtning o‘zida asosiy fondlardan (vaqtinchalik inshootlar, binolar) foydalanib, shuningdek bir xildagi mexanizatsiya vositalaridan foydalangan holatda ishlarni tashkil qilish va texnologiyasini joriy qilish huquqiga ega. Bunda bosh pudratchi maqsadiga subpudratchilarning manfaatlari to‘g‘ri kelmasligi inobatga olinib, u ishlab chiqarishning asosiy tashkilotchisi deb belgilanadi. Subpudratchi tashkilotlarning ko‘p sonliligi va murakkab tavsifga ega bo‘lgan texnologik o‘zaro bog‘liqliklar qurilish ishlab chiqarishi boshqarish jarayonining chuqur ehtimoliylik xususiyatini belgilab beradi. Yuqorida keltirilgan ikki o‘ziga xos xususiyat, qayd etish lozimki, tarixiy jihatdan qaror topgani kuzatiladi: «...taqchillik mantiqi ta’siri qayd qilinadi: ya’ni, o‘z navbatida baza va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning quvvati yetarli 34 emasligi va qurilish ishlab chiqarishida cheklanishlarni belgilab berishi kuzatilib, shu sababli ularning xususiy mezonlari bo‘yicha ishlar yakuniy hisobda shu sharoitlar va umumiy holda qurilish tizimi samaradorligi uchun maksimal holda yuzaga keltiriladi... Natijada, o‘z xususiy manfaatlari doirasida faoliyat yuritadigan mustaqil mexanizatsiya tashkilotlari, qurilish industriyasi va transportga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vujudga kelishi qayd qilinadi...»*1 . Qurilishda o‘zaro munosabatlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, subpudratchilar o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarning o‘zi bilan cheklanib qolmaydi. Jumladan, bu holatda buyurtmachi, loyihalash tashkilotlari, materiallar va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham yetarli darajada murakkabligi qayd etiladi. Ixtisoslashish markazlashtirishdan qochish xususiyatiga ega bo‘lib, turli xil kombinatsiyalash tashkiliy shakllariga, masalan uy–joylar qurilishi kombinatlari (UJQK) kabi shakllariga muvaffaqiyatli raqobat qilishi qayd qilinadi. Yaqin istiqbolda yuqori darajada yopiqlik xususiyati bilan tavsiflanadigan: ishlab chiqarish – qurilish; loyihalash – qurilish; loyihalash – ishlab chiqarish – qurilish tizimlari rivojlanishi kutiladi. Bozor munosabatlari sharoitida talab va taklif mexanizmlarining o‘zlashtirilishi bilan ixtisoslashtirilishi bo‘yicha subpudratchi tashkilotlarning miqdoridagi mutanosib uyg‘unlik yuzaga keladi, tanqislik, yetishmaslik masalasi hal qilinib, o‘z navbatida yakuniy natijaga erishish uchun qurilishda barcha ishtirokchilarning mas’uliyatni his qilish darajasi ortadi.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin