ETIMOLOGIK TADQIQOTLARNING TURKIY TILLAR GRAMMATIK TIZIMINI YORITISHDAGI O\'RNI
ETIMOLOGIK TADQIQOTLARNING TURKIY TILLAR GRAMMATIK TIZIMINI YORITISHDAGI O'RNI Turkiy tillarning oltoy nazariyasiga ko'ra turkiy, mo'gul, tungus-manjur tillari bilan qarindosh hisoblanib, shu tillar birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi. Bu nazariyaga ko'ra turkiy va mo'gul tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning IY-YII asrlarda Xitoyda, YII-XII asrlarda Baykal tevaragida va XIII-XIY asrlarda Turkistonda o'zaro yaqin munosabatlari natijasida paydo bo'lgan. Turkiy va manjur tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning YIl-X asrlarda Boxay davlati hukmronligi davrida o'zaro kontaktlari orqasida yuzaga kelgan. Mo’g'ul-tungus-manjur tillaridagi umumiylik X-XIIl asrlarda manjurlarning mo`g`ul yozuvini o'zlashtirishi orqasida yuzaga kelgandir.
Darhaqiqat, Turkiyadan to Yaponiyagacha tarqalgan turkiy tillar tarkibiga hozir 31 til, mo`g`ul tillari guruhida 17 til, tungus-manjur tillari guruhida esa 14 til va shevalar mavjud. Oltoy tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba'zi jihatlariga to`g`ri kelsa-day lekin turkiy, mo`g`ul va tungus-manjur tillaridagi ayni bir xil grammatik xususiyatlarga to`g`ri kelmaydi. Bu grammatik xususiyatlar mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilangina izohlanishi mumkin. Oltoy tillarining qarindoshligi B.Ya.Vladimirtsev, Ye.D.Polivanov, N.N.Poppe, GJ.Ramsted, V.I.Gipius, O.P.Sunik va boshqalar tomonidan asoslangan, Ular oltoy tillari oilasidagi o'xshashliklar azaldan bo`lganligini va u genetik birlik tufayli mavjud ekanligini ko'rsatadilar.
Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o'xshashlik sifatida izohlovchi va ularda qarindosh deb hisoblovchi olimlar ham bor. Oltoyshunoslikdagi bu yo`nalishda V.L.Kotvich, L.Ligeti, J.Klousen, A.M.Shcherbak, G.Dyorfer, G.D.Sanjeev kabilarning tadqiqotlarida o`z ifodasini topdi.
Shunga ko'ra turkiy tillarning tarixi oltoy tillarining qadimdan bir til bo'lgan-oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo'g`ul tillariga, turk-mo'g`ul tili esa turk va mo'g'ul tillariga ajralgan.
Yuqqorida aytib o'tdikki, oltoy davri turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi davr bo'lib, bu davrda turkiy tillar mo'g'ul, tungus-manjur tillaridan aytarli ajratilmagan edi. Bu haqda B,Ya.Vladimirtsev shunday yozadi: «Mo'g'ul, turk va tungus tillari o'zining umumiy o'tmishdoshiga egaki, itni shartli ravislida oltoy tili deb atash mumkin. Hozirgi oltoy tili ma'lum emas, balki oltoy tillari, ya'ni mo'g'ul, turk va tungus tillari borki, ular o'sha tilning taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgandir».
Yuqorida ta'kidlanganidek, turkiy til oilasi to`g'risida turli flkrlar mavjud. Ba'zi olimlar (Ye.D.Polivanov, G.Ramstedt) turkiy tillarni katta oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab, bu oilaga tungus-manchjur, mo'g'ul, koreys va yapon tillarini ham kiritishadi. Boshqa olimlar (O.Betling, G.Vinkler) ural-oltoy tillar oilasini ajratib, unga yuqorida qayd etilgan tillardan tashqari fin-ugor tillarini ham kiritishadi. Turkiy tillar bilan shug'ullanuvchi olimlarning fikricha turkiy, mo'g'ul, tungus-manjur tillar orasidagi genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ularni birlashtirishi mumkin bo'lgan narsa-tipologik o`xshashlik bo`lib, bu tillar agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Lekin bu qarindosh degan ma'noni anglatmaydi. Shuning uchun ham ko`p adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi. Turkiy tillar o'zaro yaqin qarindosh tillar bo`lib, bu oilaga kiruvchi birorta tilni o`zlashtirgan kishi shu oilaga kiruvchi boshqa tilni ham tushuna olishi mumkin. Yoqut va chuvash tillari bundan istisnodir, chunki ular ko'pchilik turkiy tillardan ancha uzoqlashgan.
Turkiy qabilalar mo'g`ul qabilalaridan ajralib chiqqach, ular o`zlarining Xunnlar imperiyasini tuzdi. Bu imperiya eramizdan oldingi III asrdan eramizning Y asrigacha hukmronlik qilgan. Xunnlar imperiyasi Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo'lgan katta territoriyani egallagan. Uning tarkibiga kdplab turk, mo’g’ul, tungus-manjur va boshqa qabilalar kirar edi. O'zaro urushlar natijasida Xunn imperiyasi eramizdan oldingi I asr oxirida 2 qismga bo’linadi. G'arbiy Xunn va Sharqiy Xunn davlatlariga ajralib ketdi. V.V.Bartolngdning ta'kidlashicha, Xunn imperiyasi davrining til xususiyatlarini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar yo'q. Shuning uchun ham o`sha davr turkiy tillar xarakterini aniq tasvirlash qiyin.