TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
192
MUQIMIY, FURQAT VA AVAZ O‘TAR ASARLARIDAGI KELISHIK,
SIFATDOSH VA RAVISHDOSH QO‘SHIMCHALARINING
O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLARI
Qurbonova Marjona Samarovna
Chirchiq davlat pedagogika Universiteti talabasi.
Muratova Nafisa Baxtiyarovna
Chirchiq davlat pedagogika Universiteti ona tili
va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
ANNOTATSIYA
Maqola Muqimiy, Furqat,Zavqiy va Avaz O‘tar asarlaridagi kelishik, sifatdosh
va ravishdosh qo‘shimchalarining o‘xshash va farqli jihatlariga bag‘ishlandi.
Kalit so‘zlar: Ma’rifatparvarlik, Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar, kelishik
shakllari, o‘xshash va farqli jihatlar.
Kirish
XIX asrning ikkinchi yarmida Ma’rifatparvarlik adabiyoti vujudga keldi. Bu
davr adabiyoti vakillari sifatida Muqimiy, Furqat, Zavqiy,Avaz O‘tar kabi adiblarni
bilamiz. Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya Imperiyasi O‘rta Osiyoni
istilo qilishi natijasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davr
o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida o‘ziga xos bosqichni tashkil etdi. Bu bosqichda paydo
bo‘lgan asarlar tilida so‘zlashuv
nutqiga xos xususiyatlar,mumtoz adabiyotga xos
badiiy uslub va grammatik shakllar hamda rus tiliga xos unsurlar uchrashi ahamiyatli
tomoni hisoblanadi.
Bu davrda ijod qilgan Muqimiy, Furqat va Avaz O‘tar asarlari
xalqqa tushunarli tilda yozildi. E’tiborli tomoni xalq tili,folklari hisobiga boyidi.
Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar asarlarida ham eski o‘zbek
adabiy tiliga xos
bo‘lgan affikslar va ularning turli shakllarda qo‘llanilishini kuzatamiz. Muqimiy
TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
194
Kelmay kishi qoshig‘a,
Aqrobu mehribonlar.
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa har uchala adibda ham bir xilda: -ing,-ning
holatida uchraydi.
Bulut qatra fishonu,ruhafzo sabzalar xandon,
Arig‘larning labida sabzakori bir chaman bo‘lsa.
O‘rin-payt kelishigi esa hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi holida qo‘llanilgan.
Hajring boshima tushgach, ey la’li labi gulgun,
Bori alam ostida qaddim dog‘i bo‘lmish nun.
Muqimiy va Furqatning asarlarida kelishik qo‘shimchalari
deyarli farqsiz
ishlatilgan. Ammo Avaz O‘tarzda esa ba’zi shakllar o‘zgarganligi ko‘zga tashlanadi.
Bunga sabab qilib geografik joylashuvini asos qilib olsak bo‘ladi. Muqimiy va Furqat
Qo‘qon xonligida yashab ijod qilgan, Avaz O‘tar esa Xiva xonligi madaniy muhitida
ijod etgan shoir hisoblanadi.Shuning uchun ham ular o‘rtasida biroz farqni
uchratishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
.U. Tursunov, B. O‘rinboyev, A. Aliyev. O‘zbek adabiy tili tarixi.Toshkent
"O‘qituvchi,, 1995
2.
.Muqimiy. Tanlangan asarlar. Toshkent. 2011
3.
.Furqat. Tanlagan asarlar. Toshkent 1980
4.
."Ma’naviyat yulduzlari". Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti.
Toshkent 1999