Etnografiyaga oid atamalar, tadkikot metodlari xamda asosiy muammolari



Yüklə 17,48 Kb.
tarix17.04.2017
ölçüsü17,48 Kb.
#14267

Aim.uz

Etnografiyaga oid atamalar, tadkikot metodlari xamda asosiy muammolari
R e j a:

1.Etnografiya atamalari va uning uziga xos xususiyatlari.

2.Etnografiyaning tadkikot metodlari va muammolari.
Tayanch suzlar:

Soxada kullaniladigan atamalar va ba'zi tushunchalar moxiyati. Etnografiya (etnologiya) ning arxeologiya, antropologiya, numizmatika, geografiya, xronologiya, sosiologiya va boshka fanlar bilan alokasi. Tadkikot uslublari va bugungi kun nazariy muammolari.

ADABIYOTLAR:

1.Karimov I.A. Vatan sajdogox kabi muqaddasdir. T. 1996.

2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yuk. T.1998.

3.Jabborov I.M. Jahon etnologiya asoslari. T. 2005.

4.Tursunov S.N. Etnologiya fani bo`yicha o`quv-mеtodik

qo`llanma. T. 1999.

5.Bromlеy Yu.V. Etnos i etnografiya. M. «Nauka» 1973.

6. O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «», 2001-

2003. 1-2-3-4-5-jildlar.

7.Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi.

Toshkеnt, 2001.

8..Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.

9.Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T.,

1982.


Istiklolimizning 10 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz xayotida tub uzgarishlar ruy bermokda. Xususan ma'naviy xayotda olib borilayotgan keng kulamli isloxatlar negizida mustakil xur fikrga ega bulgan komil insonni shakllantirish vazifasi turganligini yurtboshimiz xar bir chikishlarida ta'kidlab utadi. Komil insonni shakllantirishda tarixiy bilimlarning urni bekiyosdir. Xususan, etnografiya fani yosh avlodni kushni xalklarga xurmat, ularning tarixi va madaniyatini urganish asnosida uz vatani xalklari utmishi, kadriyatlarini urganishga va amaliy xulosalar chikarishga urgatib boradi.

Fanni urganish uchun avvalo, shu fanga oid bulgan muxim atamalar, ularning mazmun-moxiyati, kullanish urinlarini yaxshi uzlashtirish lozim. Tadkikot uslublarini puxta egallash esa fanni yangiliklar bilan boyitishga xizmat kiladi. Kuyida ana shu masalalarga doir ma'lumotlar bilan tanishamiz.

Biz yillar davomida metodologiya masalasiga tuxtalgan davrimizda birgina marksistik metodologiyani xukmron metodologiya deb tushundik. Bu esa boshka metodologiyalar ravnakiga salbiy ta'sir etdi, ayni vaktda esa fanni siykalashtirib kuydi. Ammo lekin xar bir fan xalk va insoniyat uchun xizmat kilishi zarur, shu sababdan xam xar bir fan avvalo xalkchil va ilmiy metodologiyaga tayanmogi lozim. Xalkchillik va ilmiylik prinsipi asosida faoliyat yuritish ayni vaktda etnografiya faniga xam taalluklidir. Lekin xar bir fan umumiy metodologiyaga ega bulishi bilan birga uzining xususiy metodologiyasiga xam ega bulmogi lozim. Zeroki, shunday ekan etnografiya fanining xam uziga xos xususiy metodologiyasi mavjud. Vaxolanki, xar bir fanni urganishga kirishishdan avval uning metodlarini bilib olmok zarur. Etnografiya fanining metodini aniklab olish uchun avvalo unga xos bulgan maxsus atamalarni bilish zarur. Oldingi ma'ruzalarda kayd etilganidek, etnografiyaning asosiy tadkikot metodi kishilikning tarixiy birligi “xalk” yoki “etnos” tushunchasi bilan boglik bulib, uning kelib chikishi, irkiy tuzilishi, xujalik tiplari, moddiy va ma'naviy madaniyatining turli tomonlari, ijtimoiy va oilaviy maishiy turmush doiralari, dunyokarashi va ijodiy faoliyatini kamrab oladi. “Xalk” tushunchasi ancha keng ma'noga ega. Bugungi kunda etnografiyada anik xudud, tili kelib chikishi moddiy va ma'naviy madaniyati, turmush tarzi va umumiy tashki xususiyatlariga ega bulgan tarixiy birlikni anglatadigan xalk ma'nosida “etnos” ishlatiladi. Xar bir etnos uzining nomiga ega bulib, uzini ma'lum bir etnik (milliy oilaga) mansub ekanligini anglashi zarur. Vaxolanki, etnik birlik ayrim shaxs va kishilarning istagi bilan emas, balki tarixiy tarakkiyotning ob'yektiv zaruriyati natijasida namoyon buladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning maxsuloti sifatida etnogenezisi (kelib chikishi) bilan xam belgilanadi. Shuning uchun xam etnoslarni urganishda bir necha maxsus tarixmy etnografik terminlar va fan soxalar bilan mulokotda buladi. Paleantologik ma'lumotlarda odamning paydo bulishi va joylashishini urganibgina kolmay, balki ayrim etnoslarning shu joyning tub axolisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshka yerdan migrasiya natijasida kuchib kelganligini aniklab beradi. Antropologiya fani esa ularning kaysi irkka mansub ekanligini aniklab beradi. Etnografiya “sof” irklarni emas, balki tarix takozosi bilan uzaro yakinlashgan irkiy birlashmalar, ya'niantropologik tiplarni urganadi. Etnoslarning moddiy, madaniyattarixi va xususiyalarini arxeologiya fani bilan xamkorlikda aniklash mumkin.

Madaniyat deyilganda inson kuli va akl-idroki bilan yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar tushuniladi. Rus tilidagi “kultura” suzi aslida lotincha suz bulib, “ishlab chikarish”, “yasash, yaratish” degan ma'noni anglatadi. Shuningdek jaxon xalklari tilida keng ishlatiladigan “genezis” suzi grekcha tugilish, kelib chikish manbai ma'nosini anglatadi. Bu atama kuprok etnoslarning kelib chikish tarixini urganayotganda ishlatiladi.Shu ma'noda “etnogenezis” atamasi xam ayrim etnoslarning kelib chikishiga oiddir.

Etnografiya fanida umumiy tushuncha va atamalardan tashkari ijtimoiy munoabatlarni aniklash va ta'riflash maksadida urug jamoasi, kishlok yoki ovul jamoasi, kabila ittifoki va kengashi kabi atamalar mxim axamiyatga ega. Urugchilik munosabatlarini tartibga solishda nikox bilan boglik bulgan maxsus tushunchalar xam mavjud. Masalan urugchilik tartiblarini urganishda “ekzogamiya” (grekcha “ekzo”-tashki, “gomos”-nikox) suzi urug yoki kabila ichida kuda-andachilikni man etishni bildiradi. “Endogamiya” (“endon” –ichki, “gomos” –nikox) esa uz urugi, kabilasi yoki ijtimoy guruxi ichida nikox tartibi, ekzogamiyaga karshi ularok, boshka urug yoki fratriyadan kuda-andachilikni man kiladigan odatlarni ifodalovchi atamlar muxim axamiyatga ega. Xuddi shuningdek, kup uchraydigan ortokuzen yoki kross-kuzen (grekcha ortos-tuppa-tugri, kross-inglizcha – tutashgan, kuzen-toga-jiyanlar) atmalari xam nikox tartibi bulib, fakat aka-ukalarning farzandlari orasidagi nikox munosabatlarini anglatadi. Yoki ibtidoiy nikox formalaridan “poligamiya” (grekcha kup nikoxlilik) poliandriya (“poli”-kup, “andre”-er , ya'ni kup erlik degan ma'noni bildiradi), masalan Tibetda saklangan Urta Osiyo kuchmanchilari, Sibir xalklri orasida yakin davrlargacha saklanib kolgan “levirat” (lotincha “levir”-aka-uka) odati buyicha beva kolgan aka yoki ukaning xotiniga uylanish, sarorat (saror – xotin singlisi) xotini vafot etsa uning singlisi yoki bir necha chingillariga uylanish odatlari xam asli ibtidoiy nikox formalaridan kolgan tartiblardir. Ibtidoiy jamiyatda xali monogam – yakka nikox tartiblari urnatilmaganda (bunday nikoxlar sinfiy jamiyatda paydo bulgan) umumiy nikox tartiblari xam saklanib kolgan va unga fanda promiskuitet deb nom berilgan.

Matriarxatdan patriarxatga utish davriga oid munosabatlarni belgilovchi ayrim atamlar xam mavjud. “Kuvada” (fransuzcha tuxum bosish) tushunchasi otaning bolaga nisbatan uz xukukini tasdiklash uchun utkaziladigan maxsus odat (masalan indeyslarda ona tugayotganda ota xam uzi tugayotgandek kurpa orasiga kirib olib, ogir kuchanib yotishi rasm bulgan) yoki “avunkulat” (lotincha amaki) tartibiga kura onaning aka-ukalari bilan urtasida maxsus munosabatlar urnatilgan, amakisi jiyanining tarbiyasi va takdiriga javobgar xisoblangan. Etnoslarning xujalik faoliyati va mashgulotlari, shuningdek, ovchilik, balikchilik, chorvachilik va dexkonchilikka oid juda kub atamalar bor. Etnoslar joylanishi, uy-joy kurilishi, ruzgor buyumlari, taomi va ovkatlanish tartibi bilan bir-birlaridan farklanadilar. Masalan, xozirgacha ba'zi joylarda chayla yoki yertulalar, chodir va kora uylardan tortib zamonaviy uylargacha uchratish mumkin. Etnografiyada mazkur turar joylar bilan boglik odatlar maxsus atamlar bilan belgilanadi. Turli tabiiy sharoitga moslangan va milliy xususiyatni ifodalovchi kiyim-kechagi (tikilish, bezagi, materiali, shakli) va taomlari (gusht, sabzavot, sut maxsulotlari, usimlik, pishirish usuli va xakozolar) xam ayrim etnoslarning uziga xos atama va tushunchalarida namoyon buladi.

Shuningdek ma'naviy-madaniy tushunchalarga oid diniy e'tikod va marosimlar bilan boglik atamalar xam juda kup ishlatiladi.

Etnografiya fanining uziga xos atama va tushunchalaridan tashkari maxsus tadkikot metodlari xam mavjud. Etnoslarni urganishda etnografiya nixoyatda xilma-xil metodlardan foydalanadi. Yozma manbalar, moddiy buyumlar, ogzaki ma'lumotlar, arxiv xujjatlari uning dikkat e'tiborida buladi. Etnograflar uchun etnoslarning xayotini bevosita kuzatish yoki joylarda tuplangan materiallar asosiy manba xisoblanib, bunga kura joylarda uzok yashab kuzatish (stasionar) ishlari olib boriladi. Shuningdek kiska muddatda utkaziladigan metod va ayrim mavsumlarda keng xudud buyicha tadkikot kilish ekspidision dala ishlari keng kullaniladi. Dala ishlarida asosan axborotchilardan savol-javob yuli bilan ma'lumotlar tuplash, muayyan marosimlarda ishtirok etish va uni suratga olish kabi kuzatish metodlari kullaniladi.



Etnograflar moddiy ashyolarni urganibgina kolmay ularning noyoblarini muzeylarga xarid kiladilar. Tuplangan turli ma'lumotlarni xakkoniyligini aniklash maksadidabir necha bor boshka manbalar bilan takkoslab kiyosiy metod asosida tekshirib kuriladi. Etnografiya fani xalklar tugrisida tularok ma'lumotga ega bulish maksadida arxeologiya, antropologiya, tarix, tilshunoslik, san'atshunoslik, folklor, sosiologiya, psixologiya, geografiya, demografiya fanining yutuklaridan foydalanadi.

Bugungi kunda etnografiya fani oldida turgan muammolar xalk turmushidagi tulik urganilmay kelayotgan tomonlarni urganish muammosi turibdi. Jumladan, ana shunday urganilishi lozim bulgan muammoli tomonlardan etnopedagogika yoki xalk pedagogikasi (yangi avlodni an'anaviy urf-odatlarva zamonaviy talablar asosida tarbiyalash), Xalk medisinasini tadkiki kilish, xar bir xalkning tradision – ma'naviy madaniyatining muxim kismi xisoblangan din- va diniy tasavvurlarni tadkik kilish milliy bayramlar va marosimlarni urganish, xozirgacha davom etib kelayotgan ibtidoiyurugchilik tuzumi va uning koldiklarini urganish, (masalan Amerika, Afrika va Avstraliyada ba'zi bir kabilalarda xanuzgacha ibtidoiy urugdoshlik tuzumi xakmron) urganish, shuningdek, xalk xunarmandchiligi, xalk badiiy ijodiyoti an'analarini urganish kabi muammolarni sanab utish mumkin. Zeroki, etnografiya xalkni urganar ekan, xalk bitmas tuganmas an'analar, ijodiyot, urf-odatlar, udumlar, ma'naviy va moddiy boyliklar yaratuvchisi xamda ularning egasidir.
Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin