FAKTOR HALQALAR Reja: 1. Texnologik tizimning bikirligi:
a) asosiy tushunchalar;
b) dastgoh bikirligini aniqlash usullari.
2. Texnologik tizimning haroratdan deformasiyalanishi;
3. Ichki kuchlanishning ta’siri.
1. Texnologik sistemaning bikirligi: a) asosiy tushunchalar Elastik tizim (dastgoh-moslama-asbob-detal) a’zolariga kesish kuchi ta’sir etishi natijasida, shu texnologik tizimning deformasiyalanishi sodir bo’ladi. Shu sistemani deformasiyalanishini chaqiruvchi kuch ta’siriga, aytilgan tizimni qarshilik ko’rsata olish qobiliyati, uning bikirligini tavsiflaydi.
Ishlov berish aniqligiga ko’pincha tizimning shunday deformasiyasi ta’sir ko’rsatadiki, kaysiki, asbob kesuvchi qirrasi va ishlanuvchi yuza oralig’idagi masofani o’zgartiradi, ya’ni ishlanuvchi yuzalarga normal yo’naltirilgan deformasiyalar ta’sir etadi.
Texnologik tizim bikirligi deb, ishlanuvchi yuzaga normal bo’yicha yo’naltirilgan kesish kuchini tashkil etuvchisini, tanavorning ishlanuvchi yuzasiga nisbatan shu tomon yo’nalishida asbobning kesish qirrasini siljish miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
a) b)
7.1-rasm.Texnologik tizimni elastik deformatsiyalarini aniqlash sxemasi.
Texnologik tizim bikirligi j quyidagicha ifodalanadi
(7.1)
bunda Pym = Px +Py + Pz - kesish zo’nasida koordinata o’qlari bo’ylab hosil bo’luvchi kesish kuchlarining umumiy yig’indi kesish kuchi: Px - bo’ylama x o’qi bo’ylab; Py – radial y o’qi bo’ylab va Pz – vertikal z o’qi bo’ylab yo’nalgan kuch (7.1,a-rasm). Bu kesish kuchlari vektor qiymatga ega bo’lganligi sababli vekor qiymatlarni qo’shish qoidasiga binoan kvadrat ildiz ostida qo’shiladi
, [N];[kG] . (7.2)
Ko’p holatlarda ishlanuvchi zagatovkalarga, ayniqsa ayianma detallarga radial (y-o’qi bo’ylab) yo’nalishda ta’sir etuvchi Py kuchi ko’proq tasir ko’rsatadi, u holda bikirlik
(7.3)
Elastik deformatsiya tufayli zagatovka va keskich asbobning ememiy siljishi 7.3 formula bo’yicha quyidagiga ega bo’lamiz
. (7.4)
7.1-rasmda texnologik tizimning umumiy elastik deformatsiyalanish surati berilgan. Keskich asbob D o’lchamga sozlangan (7.i, a-ras. qar.). Biroq, kesish jarayoni bosilanishi bilanoq Py kesish kuchi paydo bo’ladi, zagatovka markazi chapga y1 masofaga siljiydi, keskich esa o’ngga y2 masofaga. Shuning uchun tizim zagatovkani D1 diametr bo’yicha yo’naboshlaydi. Bunday holat ma’lum vaqtgacha davom etishi mumkin. Keyingi momentda kuchlar surati o’zgaradi, chunki kesish kuchi doyim o’zgarib turadi. Bu siljishlarni sozlash yo’li bilan kompensatsiyalab bo’lmaydi. Zagatovkalar partiyasi uchun ∆y= ymax-ymin ni kutulayotgan ishlov berish aniqligining tashkil etuvchisi kabi aniqlash zarur bo’lsin.
Kesish jarayonini boshlash uchun keskichni berrilgan tber kesish
Chuqurligiga sozlanadi (7.1,b-ras. qar.). Bu kesish kuchi ta’sirida y1 va y2 elastik siljisi sodir bo’ladi. Berilgan kesish chuqurligi (tfak) faktik miqdorgacha kichiklashadi.
Tanavorni har bir kesimi uchun hisoblash mumkin
y1 + y2 = tber – tfak.
Elastik siljishlar quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi
y1 = Py/Jzag ; y2 = Py/Jkes, bunda Jzag va Jkes – zagatovka va keskichga tegishli bo’lgan tizim zanjiri elementlarining bikirliklari.
Py kuchni ko’pincha ishlov berish sharoyitiga bog’liq holda quyidagi empirik formula bo’yicha aniqlanadi
Py = C ,
Bunda C-ishlov berish sharoitini tafsiflovchi koeffisient; S-surish; v-kesish tezligi, HB-Brinell bo’yicha ishlov beriluvchi material qattiqligi, y,x,n-tegishlicha kesish jarayoninin konkret sharoyitiga bg’liq holda tanlanuvchi daraja ko’rsatkichlar.
Belgilaymiz
.
Unda fak. O’rinlariga qo’yib quyidagini olamiz
.
Tenglamani tfak ga nisbatan x daraja ko’rsatkichning kasirli qiymatlari uchun echimi yo’q.
Daraja ko’rsatkich x ni kasirli qiymatida tfak kka nisbatan tenglamaning echimi yo’q. Ba’zi bir taxminlarga yo’l qo’yib, kesishning qoldiq chuqurligi deb ataluvchi tushuncha kiritish mumkin tqol = tber - tfak (7.1,b-ras. Qar.). Bu holda yaqinroq echimi quyidagi ko’rinishga ega
(7.5)
Qavs ichiga olingan ifoda, texnologik tizimning beriluvchanligini (moyilligini) tavsiflaydi. 7.5 formula ∆y-ni aniqlash uchun qulay bo’lar ekan.
Detallar partiyasi uchun ularning dopuski T ma’lum; qaysi, patiyadagi detallaning eng katta va eng kichik o’lchamlarning ayrimasiga teng. T dopusk tqol qoldiqning eng katta va eng kichik qiymatlari ayirmasidan kichik bo’lmasligi zarur. Agar ∆y-bu kattalikning taqsimlanish maydoni bo’lsa, una