Falsafaning inson tafakkuriga ta’siri



Yüklə 12,69 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü12,69 Kb.
#200151
Falsafaning inson tafakkuriga tasiri


Falsafaning inson tafakkuriga ta’siri
ESSE.
XITOY FALSAFASI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Aytish mumkinki, falsafiy qarash qadimgi Xitoyning tabiiy va falsafiy g‘oyalariga asoslanadi. Shuningdek, bu xalqlar falsafaning muhim jihatlariga, hatto o‘z qarashlarida ham, muommolar haqidagi hukmlarida ham bevosita murojaat qilganlar. Qadimgi Xitoyni falsafiy shakllanish yo'lisiz tasavvur qilish ham qiyin. Edi. Insoniyat jamiyati atrof-muhitga shunday ta'sir qilish vositalarini yaratdiki, uning kuchi tabiat kuchlari bilan teng ekanligini va kosmik faoliyat uchun amalda etarli ekanligini ko'rish mumkin. Qadimgi Xitoy falsafasi alohida yondashuvda tasvirlangan. Shuning uchun ushbu maqola qadimgi Xitoyda falsafaning ta'sirini o'rganadi. Inson falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, moxiyati va jamiyatda tutgan o‘rni. Insonda biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlar. Inson tabiati. Inson va olam. Insonning olamda tutgun o‘rni. Insonni nazariy va amaliy faoliyati. Texnosfera va noosferani shakllanishi. Ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni va yo‘nalishi. Borliq va inson. Madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllari sifatida. Insonga xos xususiyatlar, axloqiy normalar, uning faoliyatini boshqaruvchi dasturlar. Inson o‘z xulq-atvorida ma’naviy-axloqiy motivlarga tayanishi. Inson ehtiyoji. Vital ehtiyoj (organik), ijtimoiy ehtiyoj (muloqot qilish, o‘zini tan oldirish va h.), ma’naviy ehtiyoj (ideal – ijod qilish, bilish, axloq va h). “Yo‘ldan ozdiruvchi” ehtiyojlar (masalan, chekish, spirtli ichimliklar ichish va h.)Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi.Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.

Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.


Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
Insonlarning fikrlash foaliyatidagi tafovutlar tafakkur kengligi chuqurligi, fikrning xarxilligi kabi sifatlarda ifodalanishi mumkin.
Tafakkurning shakllanishi va rivojlanishini bir necha turlarga bolib korsatish mumkin. Bular asosan dastlabki bosqich yaniy umumlashtirish bilan boĝliqlik aytib otiladi. Keyingi turi bolsa nutqni yaniy sozlarni bemalol ayta olish qobiliyatini egallab borishi lozim.
Hozirda tafakkurni rivojnantirishga alohida masala sifatida qaralgan bolib uni birnechta bosqichlarga bolsak mubolaĝa bolmaydi. Bular filogenetikyonalish, ontogenetik yonalish va tajriba yonalishi.
Tafakkurga oid mashxur iqtiboslar
Inson onggi har qanday narsaga qodir. J. Konrad
Ong oz shaxsiy ogiga ega. Eski maqollarfan biri.
Ong oz manzilida ozidan jahannam jannatini, jannat jahannamini yarata oladi. J. Milton
Siz tevarakdagi voqealar ustidan emas oz fikrlariningizni ustidan hukmronlik qila olasiz. Va vaholangki shuni anglsb yetganinggiz zahoti ozinggizda kuch topasiz
M. Aureliyus.
Qisqacha qilib aytganda biz bilamizki, tafakkur va ong bu deyarli manosi bir xil sozlar bolib, yaniy bir biriga sinonim xisoblanadi. Yuqorida keltirilgan iqtiboslardaham buni guvohi bo'lishinggiz mumkin..
Falsafaning inson tafakkuriga tasiriga yana bir marta to'qtalib otsak, albatta shubhasiz bu fan hamma fanlarni otasi deb bemalol ayta olamiz. Sababi bu fan faqat bir tarmoqni emas, xarxil tarmoqni oziga qamrab olgan, asosiy maqsadi insonni onggi, uning atrofdagi boladigan voqealarga bolgan ish harakatlarini organadigan fan majmuiyi hisoblanadi. Tarixchilar takidlaganidek hamma fanlar falsafadan paydo bo'lgan deb bejizga aytmaganlar. Yaniy bu fan insonlarni ko'proq mantiqan o'ylash-fikrlashga bizni ko'proq majbur qiladi va natijada inson ongi va tafakkuriga bo'lgan ozining katta ulushini qo'shadi.
Yüklə 12,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin