Fan nomi: Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashtirish
Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi: PhD, dots. R.Ch.Karimov
Ma‘lumotlari: TDTUOF “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi dotsenti
Telefon raqami: +998998115138
E-mail:
raxmatillo82@mail.ru
MA'RUZA №1
O’ZBEKISTONDA ENERGETIKANING RIVOJLANISH TARIXI,
BUGUNGI HOLATI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI
Reja:
1.1 O„zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi.
1.2 Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi.
1.1. O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi
Turkiston energetika xo„jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming o.k. dan
ozgina oshgan bo„lib, 51 elektr stansiyalardagi elektr motorlarning umumiy soni
500 tadan oshmas edi.
1917-yilgacha hozirgi O„zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3
ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln.kVt
soat elektr energiyasi ishlab
chiqarilgan edi.
Turkiston o„lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta ahamiyatga ega
bo„ldi. 1923-yil Toshkent chekkasidagi Bo`zsuv kanalida suv elektr stansiyasi
(GES) qurilishi boshlandi. 1926-yil O„zbekiston energetikasini birinchisi, o„sha
vaqtda O„rta Osiyoda eng katta bo„lgan 2 ming kVt quvvatli Bo„zsuv GES i ishga
tushdi.
Respublikada quvvat o`sishini asosini O`zbekiston energetika sistemasi
tuzilgan paytda (1934-yil) Chirchiq-Bo„zsuv yo„nalishida 180 ming kVt quvvatli
ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.
1939-yilda Qizilqiya ko„mir havzasi negizida Quvasoy issiqlik elektr
stansiyasi (IES) ni 12 MVt quvvatli kondensatsiyali turbina agregati va Toshkent
to„qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini 6 MVt quvvatli ikki turbinasi
ishga tushirildi.
Elektr stansiyalarni qurilishi va sanoat korxonalarini rivojlanishi, magistral
elektr tarmoqlarini qurish zarurligini keltirib chiqardi. Qodir GES ini ishga
tushirilishi bilan bir vaqtning o„zida Respublikada birinchi bo„lib, bu GES dan
Toshkentga elektr uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki tizimli liniya foydalanishga
topshirildi.
1939-1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy IES ni
Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan bog„ladi.
Vatan urushi yillarida Toshkent atrofini bog„lovchi 35 kV kuchlanishli
halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr bilan
ta‟minlash uchun katta quvvatli «Северная» podstansiya qurildi.
1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Farhod
GES i kimyo sanoatini rivojlantirish va sug„oriladigan yerlarni suv bilan
ta‟minlash imkonini berdi. O„zbekiston va qo„shni respublikalari yerlarini
o„zlashtirishga imkon beruvchi suv to„g„onlari quriladi.
Angren ko„mir havzasini o„zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr stansiyasini 600
ming kVt quvvatli Angren IES ini va Olmaliq issiqlik elektr quvvati
markazini(IEM) qurishga asos bo„ldi.
1972-yil Sirdaryo IES ida O`.rta Osiyoda birinchi katta kritik parametrlari:
bug„ bosimi 240 atm., harorati 54 C° da ishlovchi 300 MVt quvvatli energetika
bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo IES ida 10 ta shunday quvvatli bloklari
ishlamoqda.
O„rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig„indisi 12 mln.kVt dan ortiq bo`lgan,
38 ta issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o„z ichiga olgan O`zbekiston energetika
sistemasi asosini yirik elektr stansiyalar, shu jumladan Sirdaryo IES (3 mln.kVt),
Toshkent (1,86 mln.kVt), Yangi-Angren (1,8 mln.kVt) va Navoiy IES i (1,25
mln.kVt) tashkil etadi.
Ko„rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 800 ming kVt
bo„lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o„rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2
mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O`rta Osiyoda eng
katta bo„lgan Tolimarjon issiqlik IES ini qurilishi davom etmoqda.
Suv
energetikasi
O`zbekiston
Respublikasini
energetika
vazirligi
sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bulardan
O„rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt
quvvatli Chorvoq GES i va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni
rostlash tartibida ishlaydi.
O„zbekiston energetika sistemasi O„rta Osiyo Birlashgan energetika
sistemasini tarkibiy qismi bo`lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston,
Qirg„iziston va Janubiy Qozog„iston energetika sistemalari kiradi. Hozirga vaqtda
O„rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi (BES) amalda mustaqil mamlakatlar
hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda. Faqat Agadir-Olmata orasida Shimoliy
Qozog„iston BES bilan bog„laydigan va o`tkazuv quvvati katta bo„lmagan 500 kV
kuchlanishli aloqa liniyasi bor.
O„zbekiston Respublikasidagi hamma kuchlanishli elektr tarmoqlarini
uzunligi 220 ming km.ni tashkil etib, bunda 500 kV kuchlanishligi 1,6 ming km,
220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming km.