Fan nomi: Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashtirish Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi



Yüklə 465,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.12.2021
ölçüsü465,61 Kb.
#49967
  1   2
2 5321556353389433775



Fan nomi: Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashtirish 

Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi: PhD, dots. R.Ch.Karimov 

Ma‘lumotlari: TDTUOF “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi dotsenti 

Telefon raqami: +998998115138 

 

E-mail: 

raxmatillo82@mail.ru

 

 



MA'RUZA №1 

O’ZBEKISTONDA ENERGETIKANING RIVOJLANISH TARIXI, 

BUGUNGI HOLATI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI 

Reja: 

1.1 O„zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi. 

1.2 Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi. 

 

1.1.  O‘zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi 

Turkiston energetika xo„jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming o.k. dan 

ozgina  oshgan  bo„lib,  51  elektr  stansiyalardagi  elektr  motorlarning  umumiy  soni 

500 tadan oshmas edi. 

1917-yilgacha hozirgi O„zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3 

ming  kVt  ni  tashkil  qilib,  bir  yilda  3,3  mln.kVt 

soat  elektr  energiyasi  ishlab 



chiqarilgan edi. 

Turkiston  o„lkasini  elektrlashtirish  rejasini  tuzilishi  katta  ahamiyatga  ega 

bo„ldi.  1923-yil  Toshkent  chekkasidagi  Bo`zsuv  kanalida  suv  elektr  stansiyasi 

(GES)  qurilishi  boshlandi.  1926-yil  O„zbekiston  energetikasini  birinchisi,  o„sha 

vaqtda O„rta Osiyoda eng katta bo„lgan 2 ming kVt quvvatli Bo„zsuv GES i ishga 

tushdi. 


Respublikada  quvvat  o`sishini  asosini  O`zbekiston  energetika  sistemasi 

tuzilgan  paytda  (1934-yil)  Chirchiq-Bo„zsuv  yo„nalishida  180  ming  kVt  quvvatli 

ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi. 

1939-yilda  Qizilqiya  ko„mir  havzasi  negizida  Quvasoy  issiqlik  elektr 

stansiyasi  (IES)  ni  12  MVt  quvvatli  kondensatsiyali  turbina  agregati  va  Toshkent 



to„qimachilik  kombinati  issiqlik  elektr  stansiyasini  6  MVt  quvvatli  ikki  turbinasi 

ishga tushirildi. 

Elektr  stansiyalarni  qurilishi  va  sanoat  korxonalarini  rivojlanishi,  magistral 

elektr  tarmoqlarini  qurish  zarurligini  keltirib  chiqardi.  Qodir  GES  ini  ishga 

tushirilishi  bilan  bir  vaqtning  o„zida  Respublikada  birinchi  bo„lib,  bu  GES  dan 

Toshkentga  elektr  uzatuvchi  35  kV  kuchlanishli  ikki  tizimli  liniya  foydalanishga 

topshirildi. 

1939-1940-yillarda  110  kV  kuchlanishli  havo  liniyalari  Quvasoy  IES  ni 

Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan bog„ladi. 

Vatan  urushi  yillarida  Toshkent  atrofini  bog„lovchi  35  kV  kuchlanishli 

halqasimon  havo  liniyasi  qurib  bitkazildi,  shimoliy  sanoat  rayonini  elektr  bilan 

ta‟minlash uchun katta quvvatli «Северная» podstansiya qurildi. 

1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming kVt quvvatli Farhod 

GES  i  kimyo  sanoatini  rivojlantirish  va  sug„oriladigan  yerlarni  suv  bilan 

ta‟minlash  imkonini  berdi.  O„zbekiston  va  qo„shni  respublikalari  yerlarini 

o„zlashtirishga imkon beruvchi suv to„g„onlari quriladi. 

Angren ko„mir havzasini o„zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr stansiyasini 600 

ming  kVt  quvvatli  Angren  IES  ini  va  Olmaliq  issiqlik  elektr  quvvati 

markazini(IEM) qurishga asos bo„ldi. 

1972-yil  Sirdaryo  IES  ida  O`.rta  Osiyoda  birinchi  katta  kritik  parametrlari: 

bug„  bosimi  240  atm.,  harorati  54  C°  da  ishlovchi  300  MVt  quvvatli  energetika 

bloki ishga tushdi. Hozirgi paytda Sirdaryo IES ida 10 ta shunday quvvatli bloklari 

ishlamoqda. 

O„rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig„indisi 12 mln.kVt dan ortiq  bo`lgan, 

38 ta issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o„z ichiga olgan O`zbekiston energetika 

sistemasi  asosini  yirik  elektr  stansiyalar,  shu  jumladan  Sirdaryo  IES  (3  mln.kVt), 

Toshkent  (1,86  mln.kVt),  Yangi-Angren  (1,8  mln.kVt)  va  Navoiy  IES  i  (1,25 

mln.kVt) tashkil etadi. 

Ko„rsatilgan  elektr  stansiyalarda  yagona  quvvati  150  dan  800  ming  kVt 

bo„lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o„rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2 




mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O`rta Osiyoda eng 

katta bo„lgan Tolimarjon issiqlik IES ini qurilishi davom etmoqda. 

Suv 

energetikasi 



O`zbekiston 

Respublikasini 

energetika 

vazirligi 

sistemasidagi  bir  necha  suv  elektr  stansiya  kaskadlar  bilan  belgilangan.  Bulardan 

O„rta-Chirchiq  GES  lar  kaskadi  suv  havzasiga  ega  va  shu  sababli  600  ming  kVt 

quvvatli  Chorvoq  GES  i  va  165  ming  kVt  quvvatli  Xodjikent  GESi  quvvatni 

rostlash tartibida ishlaydi. 

O„zbekiston  energetika  sistemasi  O„rta  Osiyo  Birlashgan  energetika 

sistemasini  tarkibiy  qismi  bo`lib, bunga undan  tashqari  Turkmaniston, Tojikiston, 

Qirg„iziston va Janubiy Qozog„iston energetika sistemalari kiradi. Hozirga vaqtda 

O„rta  Osiyo  birlashgan  energetika  sistemasi  (BES)  amalda  mustaqil  mamlakatlar 

hamkorligidan  ajralgan  holda  ishlamoqda.  Faqat  Agadir-Olmata  orasida  Shimoliy 

Qozog„iston BES bilan bog„laydigan va o`tkazuv quvvati katta bo„lmagan 500 kV 

kuchlanishli aloqa liniyasi bor. 

O„zbekiston  Respublikasidagi  hamma  kuchlanishli  elektr  tarmoqlarini 

uzunligi  220  ming  km.ni  tashkil  etib, bunda  500  kV  kuchlanishligi  1,6  ming  km, 

220 kV li 4,6 ming km, 0,4-10 kV li 170 ming km.  

 


Yüklə 465,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin