Fan: Ona tili Sinf: 8 Mavzu: Mumtoz matn va lug'atlar bilan ishlash



Yüklə 19 Kb.
tarix13.06.2022
ölçüsü19 Kb.
#61311
Key study


Fan: Ona tili
Sinf: 8
Mavzu: Mumtoz matn va lug'atlar bilan ishlash
O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirgach o‘quvchilarga 168-mashqni diqqat bilan o'qib chiqib o'zlariga yangilik bo'lgan ma'lumotlarni daftarga qayt qilib qo'yishlarini, matn ichida ajratilib ko'rsatilgan so'zlarning izohi 169-mashqda keltirilganligini aytdi. Ibrat mashqdagi tosh tuz so'ziga ko'proq qiziqib qoldi. Uning izohi 169-mashqda keltirilmagan edi. Odil tosh tuz deganida hajmi kattaroq bo'lgan toshni tushunganini aytsa Ibrat esa hozir ham uyda foydalanadigan achchiq toshni tushunganini aytdi. Odil ko'proq tosh so'ziga e'tibor berayotgan bo'lsa, Ibrat tuz so'ziga e'tibor berayotgandi. Bu munozaraga o'qituvchi qanday qaraydi? Siz qay o'quvchining fikrini ma'qullardingiz?
Ko‘rilgan choralar: O'qituvchi o‘quvchilarning nima sababdan bunday o‘ylayotganini avval so'rab bilib oldi.Keyin matnda keltirilgan jumlani diqqat bilan o'qishni va qay birining tanlovi bu jumlaga mos tushishini bilib olishga harakat qilishlarini ta'kidladi.
-Yavvoyi rayhon yoxud yalpizni suvda ivitib, ozgina tosh tuzdan qo'shib yuvish kerak,-javob qildi bola.
Takliflar: Izohli lug'atdan foydalangan holda tosh tuz so'zining ma'nosini topishga va bu so'z avval qo'llangan bo'lsa hozir uning ma'nosini ifodalovchi so'z qaysi so'z orqali berilishini ko'rib chiqish taklif qilindi.Hamda matndan kelib chiqqan holda tibbiyotda qaysi tosh tuz tosh so'ziga sinonim bo'lishi haqida ham fikr yuritish kerakligi taklif qilindi.
Yechim: O'qituvchi etimologik, sinonim va izohli lug‘atlardan foydalangan holda o‘quvchilarga tosh tuz so'zining ma'nosini tushuntirdi.
Achchiqtosh- Alyuminiy, xrom, temir singari metallarning sulfat kislota bilan oʻzaro taʼsiridan hosil boʻlgan tuzlar (koʻn sanoatida va tibbiyotda qoʻllanadi).
Misol: Bir kuni doshqozonda achchiqtosh suviga kahraboni solib qaynatayotgan edi, saroydan far rosh kelib: Zoti oliylari sizni chorlayotirlar, — dedi. M. Osim, Karvon yoʻllarida.Alyuminiyli Achchiqtosh tibbiyotda qoʻllaniladi.
Yüklə 19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin