MEN NECHUN SEVAMAN O’ZBEKISTONNI
O’zbekiston go’zal va farovon yurt. Undan necha-necha allomalar, qancha sarkarda-yu, podshohlar yetishib chiqqan.
O’zbekiston Respublikasi o’z bayrog’iga, o’z gerbiga, o’z madhiyasiga va o’z konstitutsiyasiga ega. Unda inson huquqlari himoyalanadi
Men nechun sevaman O’zbekistonni, Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo. Nechun vatan, deya yeru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida dunyoda tanxo nima bor, Paxta o’smaydimi o’zga elda yo. Yoki quyoshmi sevgimga sabab, Ahir quyoshli-ku butun Osiyo. Men nechun sevaman O’zbekistonni, Bog’larin janat, deb ko’z-ko’z etaman Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men, O’paman, tuprog’ing bebaxo vatan. Aslida tuproqni odil tabiat, Taqsim etgan-ku yer yuziga teng Nechun tuproq, deb yig’ladi Furqat O, Qashqar tuprog’i’ qashshoqmiding sen Men nechun sevaman O’zbekistonni, Sababini aytgin desalar menga. Shoirona, go’zal so’zlardan oldin, Men tazim qilaman ona xalqimga Xalqim, tarix xukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga.
Vatnlar, Vatanlar,
Mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda xam, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Svgan farzanD bo’lsa, kechirma aslo!