Faoliyat maqsadlari va ularni o’zlahstirish, faoliyatning turlari.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.

FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Agar hayvonlarning hatti - harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Hatti - harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart - sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi.
FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA EKSTERIORIZATSIYALASHUVI
Tashqi, real harakatdan ichki, ichki timsoliy harakatga o`tish jarayonini INTERIORIZATSIYA (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida uning nazari e`tiborida bo`lmagan narsalarning obrazi(timsoli)dan foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi.
Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, anik faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, anik faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin ("eksternus" - "tashqi" degan ma`noni anglatadi).