1.MAVZU:Organizmni oz-ozini boshqarish mexanizmi.Gomeostaz.Adaptatsiya
TOPSHIRDI:Abduraxmonov Sunnat
GOMEOSTAZ
Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish xususiyati. Gomeostaz tushunchasini amerikalik fiziolog U.Kennon (1929) taklif etgan. Gomeostaz biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi.
Fiziologik Gomeostaz Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan, chunki bir hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan maxsus fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi. Evolyutsiya davomida qon aylanish, ayirish, nafas olish, hazm qilish va Gomeostazni boshqarishda zarur boʻlgan boshqa maxsus sistemalar vujudga kelgan. Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tarkibi va rN ini barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv va quruqlikda yashashga oʻtgan hayvonlarda, shuningdek, chuchuk suvdan dengizga oʻtgan umurtqalilarda osmotik faol moddalar konsentratsiyalanadi. Gomeostaz ayniqsa sut emizuvchilarda mukammal rivojlangan boʻlib, ularning atrof muhitga moslanish imkoniyatlarini oshiradi. Gomeostaz tufayli qon va toʻqima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar konsentratsiyasi, qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining doimiyligi saqlanib qoladi. Qushlar va sut emizuvchilar tana haroratining doimiyligi Gomeostaz tufayli ham boshqariladi. Qoʻshimcha fiziologik mexanizmlar alohida organlar ichki muhiti doimiyligini taʼminlaydi. Mas, gematoensefalik va gematooftalmik baryerlar miya hujayralari va koʻzlarni oʻrab turadigan suyukliklarning maxsus xossalarini belgilaydi. Gomeostazning boshqarilishida markaziy nerv sistemasi: bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi, simpatik nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va b. bezlarning holati katta ahamiyatga ega. Har xil regulyatsiya mexanizmlarini oʻz ichiga oladigan murakkab gomeostatik sistemaga misol qilib arteriya bosimining optimal darajada saqlanib turishini taʼminlaydigan sistemani koʻrsatish mumkin.
Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi "Gomeostaz kasalligi" hisoblanadi. Bu jarayonlarga shartli ravishda biologik ritmlarning qayta qurilishi va b. bilan bogʻliq boʻlgan organizmlar normal faoliyatining funksional buzilishini ham kiritish mumkin.
Oʻsimliklarda Gomeostazni hujayra darajasida boshqarishda plazmolemma va tonoplast asosiy ahamiyatga ega. Plazmolemma tashqi muhitdan hujayraga oziq moddalar, ionlar va suvning oqib kelishi, ballast moddalar va ortiqcha N+, Na+, Sa2+ ionlarini chiqarib yuborishni; tonoplast esa oziq moddalar tanqisligida vakuollardan protoplazmaga zaxira moddalarni olib kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini boshqaradi. Toʻqima darajasida Gomeostazni saqlashda uglevodlar va b. substratlarning hujayralararo oqimini boshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi.
Genetik, yaʼni populyatsion Gomeostaz oʻzgaruvchan muhit sharoitida populyatsiya genotipik strukturasining nisbiy barqarorligi va yaxlitligini saqlab turishdan iborat. Bu holatga populyatsiyadagi individlar erkin chatishganida allellar chastotasi genetik muvozanatini, geterozigotalik va podimorfizm hamda mutatsiya jarayoni muayyan tezligi va yoʻnalishini saqlab turish orqali erishiladi. Gomeostazni oʻrganish — mikroevolyutsiya qonuniyatlarini tadqiq qilishning dolzarb vazifasiga kiradi. "Gomeostaz" tushunchasidan ekologiyada ekosistemalar holati va ular turgʻunligiga tasnif berishda keng foydalaniladi. Gomeostaz tufayli biogeotsenozlarda turlarning tarkibi va individlar soni barqarorligi saqlanib turadi.
ADAPTATSIYA
Adaptatsiya (lot. adaptatio — mos-lashuv) — 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi aʼzolarining oʻziga taʼsir etadigan qoʻzgʻatuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining oʻzgarishi (mas, koʻzning yorugʻlik yoki qorongʻilikka moslashuvi). Qoʻzgʻatuvchining taʼsir kuchi oʻzgarishi bilan sezgirlik ham oʻzgaradi. Qoʻzgatuvchilar sust taʼsir etganda sezgirlik oshadi, kuchli taʼsir etganda esa kamayadi. A. hodisasi hamma tashqi sezgilar (koʻrish, eshitish, hid, taʼm, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, hid va koʻrish sezgilarida A. kuchli, eshitish va ogʻriq sezgilarida ku-cheizdir. Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan A. hosil boʻlmaydi. A. organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning oʻzgarishiga (qarang Iqlimga moslashish), balandlikka (qarang Balandlik kasalligi), koʻpgina infeksion agentlarga (qarang Immunitet) moslanishini taʼminlaydi. A. reaksiyasi moddalar almashinuvi intensivligining uzluksiz oʻzgarib turishiga asoslangan. Odam organizmining mos-lashuv reaksiyasi (A. reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin (nospesifik), tugʻma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun oʻziga xos) reaksiyalarga boʻlish mumkin. Mas, ogʻritadigan omil taʼsi-riga javoban oyoq-qoʻlni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorongʻida koʻz yorugʻlik sezish layoqatining zoʻrayishi — bularning hammasi tugʻma tez A. reaksiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sha-roitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sogʻligʻi va boshqalarga bogʻliq.