Farmatsevtlarning huquq va vazifalari
Dorixona xodimlari aholi va DPMlarni dori vositalari yetkazib berishdek asosiy vazifalarini bajarishlarida ular o'z faoliyatlarida ichki mehnat tartibqoidalariga amal qiladilar.
Bu qoidalar farmatsevtlarni mehnat intizomini mustahkamlaydi, dorixonada xavfsiz mehnat sharoitlarini to'g'ri tashkil qilish, ish vaqtidan to'liq va unumli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatli tovar ishlab chiqarish, aholi va davolash muassasalariga madaniy xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi.
Dorixona xodimlarining ichki mehnat tartibqoidalari quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
• xodimlarni ishga qabul qilish va bo'shatish tartibi;
• xodimlarning asosiy vazifalari;
• ma'muriyatning asosiy vazifalari;
• ish vaqti va undan foydalanish;
• dam olish vaqti va uning turlari;
• ishdagi muvaffaqiyatlar uchun taqdirlash;
• mehnat intizomini buzganlik uchun ko'riladigan chora tadbirlar (jazolar).
Dorixona ma'muriyati bu ichki mehnat tartibqoidalarini ko'zga tashlanadigan joyga osib qo'yishlari lozim. Bundan tashqari, lavozim yo'riqnomalari va maxsus texnik qoidalar va yo'riq nomalar ham bo'lib, ular ayrim xizmatchilarning mehnat vazi falarini mustahkamlaydi.
Turli farmatsevt lavozimlarida ishlaydiganlar uchun lavozim yo'riqnoma (instruksiya)larda ularning huquq va vazifalari aniqlab berilgan.
O'zbekiston Respublikasidagi fuqarolarning mehnat huquq lari 1992yil 8dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra, asoslangan mehnat qonunchligida o'z aksini topgan. Uning huquq manbalari Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, vazirlikning qaror va buyruqlari hisoblanadi. Bir korxona doirasida esa mehnat munosabatlariga ichki tartib-qoidalari tarif shartnomasi, jamoa shartnomalari va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda respublikamizning har bir fuqarosi mehnat shartnomalarini yozma ravishda rasmiylashtirish orqali ishga qabul qilinadi. Mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 72-moddasiga muvofiq, ish beruvchi o'rtasida tuzilgan bitim bo'lib, bunga ichki va tashqi sharoitni hamda mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan qoidalarga bo'ysungan holda muayyan mutaxassislik, malaka va mansabga oid ishni bajarishni o'z zimmasiga oladi.
Xodimlarni ishga qabul qilish va bo'shatish tartibi
Dorixona ma'muriyati ishga kiruvchilardan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlarini talab qiladilar: pasport yoki tug'ilganlik guvohnomasi, mehnat daftarchasi, harbiy bilet yoki guvohnoma hamda diplom yoki mutaxassisligini tasdiqlovchi guvohnoma. Bu hujjatlar ichida asosiylaridan biri mehnat daftarchasi bo'lib, unda xodimning mehnat faoliyatining hisobi olib boriladi. Xodim birinchi marotaba ishga kirayotgan bo'lsa, u holda u mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi lozim. Mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dorixona rahbari xodimni ishga qabul qilinganligini buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Dorixona xizmatchilariga ham boshqa soha mutaxassislari singari, ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov muddatlari belgilangan bo'lib, uni o'tkazishdan maqsad ish beruvchi uchun qabul qilinayotgan xodim shu lavozimga loyiq yoki noloyiqligini, xodim uchun esa tanlangan ishi o'zini qoniqtiradimi yoki yo'qmi, aniqlash imkoniyatini beradi.
Sinov muddatlari 3 oygacha muddatga belgilanishi mumkin va hamma xodimlar uchun bir xil. Agar shu muddat ichida xodim o'zini oqlamasa, u holda ish beruvchi sinov muddatidan so'ng uni bo'shatib yuborishi mumkin. Sinov muddatini o'tash davrida xodim kasal bo'lib qolsa, u holda kasal bo'lgan kunlar miqdorida sinov muddati cho'ziladi.
Mehnat kodeksining 99-moddasiga ko'ra, xodim mehnat shartnomasini o'z xohishi bilan bekor qilishi uchun, ish beruvchiga 2 hafta oldin yozma ravishda ishdan ozod qilish to'g'risida ogohlantirishi kerak. Bu muddat ichida ish beruvchi shu xodim o'rniga boshqa mutaxassisni topishi kerak, bo'shayotgan xodim esa o'ylab ko'rish va boshqa joydan ish topish uchun ketadi. Shu bilan birga, ikki hafta ichida u o'z arizasini qaytarib olish huquqiga ega. Agarda tomonlar rozi bo'lsa, 2 hafta o'tgach, bu xodimni ishdan bo'shatish mumkin.
Xodim 2 hafta o'tganidan so'ng, o'z ishini to'xtatishi kerak, ammo u o'z ishini davom ettiraversa, u holatda o'z arizasini qaytarib olgan hisoblanadi.
Dorixona xodimlari o'z faoliyatlari davomida to'g'ri, sofdil va insofli ravishda ishlashlari, mehnat intizomiga amal qilishlari, aholiga dori-darmonlar bilan xizmat ko'rsatish madaniyatini va sifatini oshirishlari, dorixona amaliyotiga farmatsiya fani yutuqlarini va mehnatning ilmiy asosdagi yutuqlarini tatbiq qilish, aholi o'rtasida sanitar-gigiyena bilimlarini targ'ib qilish, mehnat unumdorligini oshirish, yuklatilgan ishlarni diqqat bilan va o'z vaqtida bajarishlari lozim.
Farmatsevt xizmatchilar texnologik jarayonlarni, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, mehnat gigiyenasi va yong'inga qarshi himoyalanish, o'z ish joylarini tartibli va ozoda saqlash, bo'lim-bo'linmalarda tozalikka va boshqalarga rioya qilishlari kerak. Ular doimiy ravishda o'zlarining ishbilarmonlik, tadbirkorlik va ishlab chiqarish malakalarini oshiradilar.
Dorixona ma'muriyati xodimlar mehnatini shunday tashkil qilishi kerakki, har bir xodim o'z mutaxassisligi va sohasi bo'yicha ishlashi hamda o'ziga biriktirilgan ish joylariga ega bo'lishi kerak.
Ma'muriyat o'z xizmatchilariga bajaradigan ishlarini berishdan avval, ularga qo'yilayotgan vazifa bilan tanishtiradi. Xavfsiz mehnat sharoiti yaratadi, yaxshi ishlashlarini ta'minlab, to'xtovsiz ishlashi uchun qo'shimcha materiallar, kerakli jihozlar va boshqa resurslar bilan ta'minlaydi. Dorixona xodimlariga aholiga yuqori saviyadagi xizmat ko'rsatishi uchun fan va texnika yutuqlarini tatbiq qilish, mehnat ilmiy asosda tashkil qilinishi, mehnat unumdorligining o'sishi, mehnatning ilg'or usul va uslublarini tatbiq qilishi uchun sharoit yaratadi.
Ular dorixonada har taraflama mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mehnat sharoitini yaxshilash, qonunchilikka amal qilish, hamma ish sharoitlarini tashkil qilishlari lozim. Mehnat, moddiy boyliklar va moliyaviy resurslarni kam miqdorda sarflab, dorixona iqtisodiyotiga qat'iy amal qilish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirishi va boshqa rejali ishlarni yaxshilanishi, dorixonaning o'z oldiga qo'ygan rejali vazifalarini bajarishi uchun kerakli sharoitlarni yaratadi.
Dorixona rahbariyati, xodimlarning doimiy ravishda o'z kasbiy malakalari va mahoratlarini, ularni iqtisodiy bilimlari darajasini oshirishlari, xodimlarning dorixonada ishlashlari bilan bir vaqtda o'quv yurtlarida o'qib, bilim olishlari uchun sharoit yaratadi.
Barcha korxonalar va tashkilotlar mehnat intizomini doimiy ravishda buzuvchilarga, sababsiz ishga kelmaslik, ishga kechikib keluvchilar va vaqtdan oldin ketuvchilarga, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmaydiganlarga qarshi keskin kurash olib bormoqda. Dorixona mudiri yoki egasi har bir ish joyida sog'lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlashi kerak. Buning uchun xizmatlarni texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, yo'riqnomalar va plakatlar bilan ta'minlashlari, barcha xodimlarning mavjud texnika xavfsizligi qoidalari va yo'riqnomalari bo'yicha bilimlarini va uni bajarishlarini nazorat qilishlari, qonunchilik bo'yicha ko'zda tutilgan ishga qabul qilishda va doimiy ravishda tibbiyot ko'rigidan o'tkazish, xodimlarni maxsus kiyimkechak, poyabzal va boshqa kerakli ashyolar bilan ta'minlashni tashkil etishlari lozim.
Dorixona rahbariyatining eng asosiy vazifalaridan biriqoidalar va uslublar bo'yicha ishga qabul qilinayotgandagi kirish, ish joyidagi birlamchi va qayta o'tkaziladigan instruktajlar hisoblanadi.
Bizning amaliyotda ish vaqti bu mehnat qonunlariga muvofiq ravishda, shartnomada ko'zda tutilgan holda xodimning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga majbur bo'lgan vaqt tushuniladi. Mehnat qonunchiligiga ko'ra, ish vaqtini quyidagi turlari belgilangan: normal ish vaqti va qisqartirilgan ish vaqti.
Normal ish vaqti Mehnat kodeksiga muvofiq, haftasiga 40 soatdan oshmasligi lozim. Bu ko'rsatkich 1996-yil l-aprelgacha 41 soatni tashkil etar edi. Normal ish vaqti 40 soat bo'lganda, har kuni 7 soatdan ishlash kerak. Shanbada esa 5 soatni tashkil etadi yoki bir xil qilib ish kuniga ko'ra, korxona ma'muriyati mehnat ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqishlari lozim.
Qisqartirilgan ish vaqti xodimning yoshiga va mehnat sharoitiga qarab belgilanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qisqartirilgan ish vaqti 14 -16 yoshgacha bo'lgan xodimlarga haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim. 16-18 yoshdagilarga esa 36 soatdan oshmasligi kerak. Qisqartirilgan ish vaqti bo'lishiga qaramay, bu xodimlar bir xil ish haqini oladilar.
Normal ish vaqti, o'z navbatida, quyidagi turlarga ajraladi:
1. To'liqsiz ish vaqti.
2. Me'yorlanmagan ish vaqti.
To'liqsiz ish vaqti homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolalari bor va ko'p bolali ayollarga, uyda bemor bo'lib unga qarab turuvchi kishida tibbiyot xulosasi bo'lganda beriladi. Bunday xodimlar barcha qatori to'liq ish haqi oladilar.
Me'yorlanmagan ish vaqti, bu normal ish vaqtiga teng bo'lib, turli lavozimdagi moddiy javobgar shaxslar, qaysiki, yakshanba, bayram kunlari va kundalik ish vaqtidan keyin ham ishni davom ettirishlari mumkin. Lekin bu ortiqcha ishlagani uchun ularga qo'shimcha ish haqi yoki kun berilmaydi, bu xodimlarga ta'tilga qo'shib beriladi va shu kunlarga ham haq to'lanadi.
Tungi ish vaqti ishlab chiqarishni to'xtatish mumkin bo'lmagan korxonalarda qo'llaniladi, jumladan, dorixonalarda ham. Tungi ish vaqti kech soat 22 dan ertalabki 6 gacha hisoblanadi. Tungi navbatchilikka homilador ayollar, nogironlar va bolalar qo'yilmaydi, biroq 16 yoshgacha bolalari bor ayollarni esa ularning roziligi bilan qo'yiladi.
Korxonalarda xodimlarni asosiy ish vaqtidan so'ng, ortiqcha vaqtga ishga jalb qilish mumkin. Ularni haftasiga 2 kundan ortiq va 4 soatdan ortiq ishga jalb qilib bo'lmaydi va bir yilda esa 120 soatdan ortiqcha ishga jalb qilish mumkin emas.
Xodim ishlab chiqarish zaruratiga ko'ra, ortiqcha ishga jalb qilinsa, u holda unga qo'shimcha haq to'lanadi yoki boshqa kuni dam olishi mumkin. Bunda xodimga har bir ortiqcha ishlagan soatiga o'rtacha ish haqining 2 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lanadi. Lekin 18 yoshgacha bo'lgan xodimlarni, homiladorlar, nogironlar va 3 yoshgacha bolalari bor ayollarni ortiqcha ishlarga jalb qilinmaydi.
Qonunchilik bo'yicha dam olish vaqtining quyidagi turlari mavjud: ish kuni davomida ovqatlanish va dam olish kunlari, bayram kunlari va ta'tillar kiradi.
Ovqatlanish va dam olish vaqti ish boshlangandan so'ng uzog'i bilan 4 soatdan keyin beriladi. Bu tanaffus vaqti 15 minutdan 2 soatgacha berilishi mumkin va u ish vaqtiga kirmaydi. Agar xodim dam olish va ovqatlanish vaqtida jarohat olsa, u holda uni ish vaqtida jarohat olgan hisoblanadi. Maishiy jarohat ishdan tashqari vaqtda olganga kiradi. Shuning uchun har qanday korxonada tushlik vaqtida ovqatlanish uchun qulay sharoit yaratib berilishi lozim.
Respublikamizda dam olish kunlari yakshanba kuni, agar 5 kunlik ish kuni bo'lsa, shanba, yakshanba yoki boshqa kuni belgilanadi. Agar korxona to'xtovsiz ishlasa, unda xodimlarga o'zgaruvchan grafik asosida belgilanadi. Agar xodim dam olish kuni ishga jalb qilinsa, unga o'rtacha ish haqining 2 barobari miqdorda haq to'lanadi yoki boshqa kuni dam olishi yoxud ta'tiliga qo'shib beriladi.
Yurtimizda bayram kunlari deb, 1-yanvarYangi yil, 8-mart Xotin-qizlar kuni, 21-mart Navro'z bayrami, 9-may Xotira va qadrlash kuni, 1 sentabr Mustaqillik kuni, 1-oktabr O'qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun, Ramazon va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari belgilangan. Shu kunlari xodimlar bayram qiladilar va ishga jalb qilinmaydilar.
Ta'tillar bir qancha turlarga bo'linadi. Jumladan, mehnat ta'tillari, o'z navbatida, asosiy va qo'shimcha bo'ladi, shuningdek, ijodiy ta'tillar, ijtimoiy ta'tillar bor. Har bir xodimga bir yilda bir marta mehnat ta'tili berilishi shart.
Hozirgi vaqtda xodimga korxonada birinchi marta 6 oy ishlagandan so'ng beriladi, ya'ni bo'nak tariqasida. Agarda bu xodim biror sababga ko'ra, ishdan bo'shamoqchi bo'lsa, u holda olgan bo'nak ta'til kunini kompensatsiya o'rnini bosish tariqasida ushlab qolinadi. Ta'til kuni eng kami bilan 15 kunga berilishi mumkin.
Ta'til vaqtida xodim kasal bo'lib qolsa, uning ta'til kunlari shuncha kunga cho'ziladi va kasallik varaqasiga esa nafaqa to'lanadi. Agar xodim 18 yoshga to'lmagan bo'lsa, unga 30 kun miqdorida ta'til kunlari beriladi, qolganlari uchun esa 24 kun miqdorida ta'tillar belgilangan.
Dorixona xizmatchilariga ijodiy ta'til o'quv yurtlarining sirtqi bo'limida o'qiydigan talabalarga, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlashda beriladi. Ijtimoiy ta'til ayollarning homiladorlik davridagi 70 kun va bola tug'ilgandan so'ngi 56 kun dekret kunlari beriladi. Agarda ikki va undan ortiq bolasi bo'lsa, u holda 70 kun beriladi.
Haq to'lanmaydigan ta'tillar oilaviy sharoitga ko'ra, mehnat ta'tilidan tashqari xodimning o'z hisobidan olinadigan ta'til tushuniladi. Bunga bolali ayollarga 2 yildan keyin yana 1 yilga beriladigan ta'til ham kiradi.
Xizmatchilarga o'z faoliyatlarida mehnat majburiyatlarini namunaviy tarzda bajarganlarida, mehnat unumdorligi o'sganda, tovar sifati yanada yaxshilanganda, ko'p yillik va a'lo darajadagi mehnatlari uchun, xizmatdagi ilg'orligi va boshqa erishgan yutuqlari inobatga olinib, quyidagi taqdirlashlar qo'llaniladi: rahmatnoma e'lon qilinishi, mukofot berilishi, qimmatbaho sovg'a bilan rag'batlantirilishi, faxriy yorliq bilan taqdirlash, hurmat taxtasiga kiritish va boshqalar.
Dorixonaning ichki mehnat tartib-qoidalariga ko'ra, yana boshqa xil turdagi taqdirlashlar ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Taqdirlashlar buyruq bilan e'lon qilinib, uni jamoaning hamma a'zolariga ma'lum qilinadi va bu haqda xizmatchining mehnat daftarchasiga yoziladi.
O'z mehnat majburiyatlarini muvaffaqiyatli va chin dildan bajaradigan xodimlar, birinchi navbatdla, ijtimoiy-madaniy va turar joy, maishiy xizmat ko'rsatishlar hamcla ishda yuqori lavozimlarga ko'tarilishlarida imtiyozga ega bo'ladilar.
Dorixona xodimlarining mehnatdagi alohida xizmatlari uchun orden va medallar bilan mukofotlash, Faxriy yorliq, «Sog'liqni saqlash a'lochisi» va boshqa xil ko'krak nishonlari, faxriy unvon va o'z sohasining eng mohir ustasi unvonlari bilan taqdirlash uchun dorixona rahbariyati taklifi yuqori organlarga yuboriladi.
Xizmatchilar ish jarayonida o'zlariga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini bajarmasa, bu mehnat intizomini buzish hisoblanadi va unga nisbatan intizomiy chora ko'riladi. Mehnat intizomi buzilganda quyidagi intizomiy chora (jazo) qo'llaniladi: hayfsan, qat'iy hayfsan, ogohlantirish, 3 oygacha kam haq to'lanadigan ishga o'tkazish yoki past lavozimga tushirish, ishdan bo'shatish.
Xizmatchi mehnat shartnomasi va ichki mehnat tartib-qoidasi bo'yicha unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek, unga ilgari ham intizomiy chora ko rilgan bo'lsa, ishga sababsiz ko'pincha kelmasa, u holda unga nisbatan intizomiy jazo sifatida ishdan bo'shatiladi.
Mehnat intizomini buzish holati aniqlangan vaqtda bir oy ichida, agar u kasal bo'lgan yoki ta'tilda bo'lsa, bu kunlar hisobga olinmaydi va korxona ma'muriyati bunday holatda intizomiy chorani qo'llamaydi.
Har qanday mehnat intizomining buzilishida faqat bitta intizomiy chora ko'riladi, bu chorani qo'llash jarayonida tartibbuzarlikning og'irligi, u qanday sharoitda sodir etildi, qilingan ish va xizmatchining xulqi ma'muriyat tomonidan intizomiy jazo qo'llashda hisobga olinadi.
Intizomiy jazo natijalari ham buyruq bilan rasmiylashtiriladi va uni tilxat olish bilan xizmatchiga ma'lum qilinadi. Agar xizmatchi bir yil davomida takror intizomiy jazo olmasa, u holda ilgari olgan intizomiy jazo berilmagan deb hisoblanadi.
Farmatsevtning urf-odat, xulqiy sifatlari uning kasbiy burchiga munosabati to'g'risidagi masalalar muhim o'rin tutmoqda va farmatsevtik axloq va deontologiya to'g'risidagi ta'limotda o'z aksini topdi. Kishilarning o'zaro munosabatlarini boshqarishda jamiyatning ma'lum bir bosqichida ma'lum qoidalarni tuzish kerakligi fe'l-atvor va axloq-odobni paydo bo'lishiga olib keldi.
Etika - bu qandaydir jamiyatning yoki kasbiy guruh kishilarining axloqi to'g'risidagi fan sifatida tushuniladi. Odamzod rivojlanishining dastlabki bosqichlarida qachonki, farmatsiya tibbiyotning ajralmas qismi bo'lib, qadimgi Sharq mamlakatlari (Xitoy, Hindiston)da tibbiyot xodimlarining axloq normalari qoidalarida o'zini to'liq aks ettirgan.
Bir necha asrlardan buyon barcha tibbiyot va farmatsevtika o'quv yurtlari bitiruvchilari o'zlarining amaliyot faoliyatlarini boshlashdan avval, tanlagan kasblari bo'yicha Gippokrat qasamyodini qabul qiladilar. Bu qasamyod Galen, Ibn Sino va boshqalarning ijodiy ishlari va faoliyatlarida o'z aksini topganligi ma'lum va hozirgi vaqtda barcha xalqaro va milliy tibbiyot kodekslari va majburiyatlari Gippokrat qasamyodiga yaqin va bir xil ohangda aks etadi.
Farmatsevtik axloq farmatsevtik faoliyatining turli xil holatlarida farmatsevtik xodimlarning o'zaro munosabatlari va o'zlarini tutish normalarini aniqlaydi. Farmatsiya rivojlanishining barcha bosqichlarida yuksak axloq normalari va odob-axloq qoidalari dorixona xodimlariga talablar qo'yib kelmoqda.
Dorixona xodimlari dorixonaga kelgan xaridorlarga diqqat- e'tiborli bo'lib, ularga dorilar yo'q bo'lgan holatda asossiz javobni bermasligi va dorilarni vaqtida berish muddatlarini buzmasliklari lozim. Xodimlar dorixonalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga qat'iy amal qilishlari hamda xaridərlar bilan har doim do'stona aloqa o'rnatish yo'lini topishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |