Davlat va huquq asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/6
tarix13.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129427
  1   2   3   4   5   6
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti



SAMARQAND VILOYATI ISHTIXON TUMANI
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 53-MAKTAB

“DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI” FANI O’QITUVCHISI


OCHILOV TOLIBNING
8-SINFLAR UCHUN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI.


Fan : Davlat va huquq asoslari
Sinf: 8 – A sinf
Sana : 29.11.2022
Mavzu : O’zbekiston Respublikasi Prezidenti


Darsning maqsadi, vazifasi va darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar

Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: o`quvchilarga Prezident institutining joriy etilishi , Prezident lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablar, Prezident vakolatlari, Prezidentni saylash tartibi haqida ma’lumot berish.
b)tarbiyaviy: o`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat uyg`otish, mamlakat ichki va tashqi siyosatini ongli ravishda tushunish va huquqiy madaniyatli bo’lish ruhida tarbiyalash.
c)rivojlantiruvchi: o`quvchilarda mustaqil fikrlash va o’z fikrini erkin bayon etish ko’nikmasini rivojlantirish.
Darsda sahkllantiriladigan kompetensiyalar:
a)tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya: o’quvchilarda muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish ,jamoa bilan hamkorlikda ishlash, suhbatdoshni fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qilish ko’nikmasini shakllantirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (internet,televizor,gazeta-jurnal,radio,kompyuter , elektron pochta va boshqalar) foydalanish, media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topish,saralash va ulardan samarali foydalanish, media madaniyatga ega bo’lish ko’nikmasini shakllantirish.
Shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish kompentensiyasi: doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy ,ruhiy va intellektual rivojlantirish,hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish,o’z harakatlarini baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmasini shakllantirish.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin